Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.  Darsda foydalaniladigan metodlar




Download 306,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana19.01.2024
Hajmi306,52 Kb.
#141436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-sinf-jismoniy-namuna

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi. 
Darsda foydalaniladigan metodlar: interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, sport anjomlari, qog‘oz va ruchka.
Kompetensiya: jismoniy tarbiya faniga oid adabiyotlardan foydalana olish, ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiyaga oid 
bo‘lgan ma’lumotlarni kuzatib, tushuna olish kompetensiyasi.
№ 
Darsning borishi 
Vaqt 
Uslubiy ko‘rsatma 
Tashkiliy qism 

Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi 
axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) 
o‘quvchilarni aniqlash. 

daqiqa 
O‘quvchilarning sport 
kiyimiga e’tibor berish 

Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga 
burilish, yurish. 
Gavdani tik tutishga e’tibor 
qaratish 

Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. 
Mashqlarni to‘g‘ri va 
mukammal bajarilishiga 
erishish 
O‘tilgan mavzuni takrorlash 

O‘tgan dars yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob 
o‘tkazish; 

daqiqa 
Nazariy bilimlarning to‘gri 
anglashi va mashq(lar)ni to‘liq 
va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor 
berish 

URM mavzusi yuzasidan olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi 
topshiriqlarni bajartirish. 
Asosiy qism 

Yangi mavzuni tushuntish.  Sakrash turlari: 
a)turgan joyida ikki oyoqda hakkalab baland sakrash ; 
b)oyoqdan oyoqqa gardishlar bo‘ylab sakrash; 
d) gardishdan gardishga hakkalab sakrash; 
e) turgan joyida balandlikka sakrash;
f) arg‘amchi bilan sakrash; 
g) Yugurib kelib uzunlikka sakrash
h)Yugurib kelib balandlikka sakrash kabi sakrash turlari mavjud. Тurgan joyida 
balandlikka sakrashda depsinish oyoq muskullarini yaxshi rivojlantiradi, sakrash 
qobiliyatini oshiradi, tezkorlik bilan almashinish malakasini shakllantiradi. Тurgan joyida 
balandlikka sakrash ko‘proq o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Rezina ustidan sakrash o‘yini 
.Sakrab, qo‘llarni osilgan buyumlarga tekkizish. 40–50 sm balandlikdagi gimnastika 
o‘rindig‘i ustidan pastga sakrash. Arg‘amchi bilan sakrash chidamlilikni rivojlantiradi, 
yurak-tomir va nafas olish faoliyatini hamda muskullarni mustahkamlaydi. Yugurib kelib 
uzunlikka sakrash. Odatda bu mashq qumli xandaqlarda o‘tkaziladi. Sport zalida esa 
ustma-ust qo‘yilgan 2–3 ta gimnastika to‘shaklariga sakrash ham mumkin. Yugurib kelib 
balandlikka sakrash. Sakrashning bu turi nisbatan murakkabroq bo‘lganligi uchun 
sakrashni o‘rganishdan oldin 2–3 qadam yugurish, so‘ng to‘xtamasdan o‘sha zahoti bir 
oyoq bilan depsinish va to‘siqdan o‘tishda ikkala oyoqni bukish lozim. Avval oyoq 
uchlariga, so‘ng butun oyoqqa o‘tib yumshoq qo‘nish bilan mashq tugallanadi. 
20 
daqiqa 
O‘z-o‘zining xavfsizligini 
ta’minlash qoidalariga rioya 
etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan 
shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib 
berish. 

Download 306,52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 306,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.  Darsda foydalaniladigan metodlar

Download 306,52 Kb.
Pdf ko'rish