KASALLIK - BU RUHIY MUAMMO
Kunda necha bor yuz beradigan kutilmagan holatlar ko'p. Masalan, yugurgilab o'ynab yurgan go'dak birdan yiqilib, achchiq-achchiq yigiaydi. Tizzasi qirilib, terining og'riq reseptorlariga ta'sir ko'rsatadi va tegishli impuls sezgir nervlar bo'ylab orqa miyaga, undan gipotalamusga, bosh miya po'stlog'iga boradi. Boladagi og'riqni qanday qilib qoldirsa bo'ladi?
Odatda, og'riqni qoldirish uchun og'riqsizlantiriladi, ya'ni anesteziya qilinadi. Markazdagi og'riqni kamaytirish uchun og'riq qoldiruvchi dori ichirish yoki shu joyga dori purkash mumkin. Ammo qizig'i shundaki, bolaning onasi farzandini dast ko'tarib, bag'riga bosadi, quchib erkalaydi, qirilgan yeriga puflaydi, yengil o'pib qo'yadi. Bolaning yig'isi shu zahoti tinadi va biror daqiqa o'tmay, u hech nima ko'rmaganday, yana o'ynoqlab ketishi mumkin. Xo'sh, bu hodisani qanday tushunish joiz? Gap shundaki, onaning erkalashi va uning har narsaga qodir himoyachisi, degan tushuncha bola yiqilgandagi qo'rquvdan xalos qiladi.
Odam biror dardga chalinsa yoki biror noxushlik (og'riq, harsillash, behuzurlik, qichima, isitma yoki et uvishishi va hokazo) his qilsa, unga xavotir, qo'rquv, umidsizlik, g'am-hasrat va yana boshqa salbiy tuyg'ular azob beradi. U o'ziga nima bo'lganini tushunmaydi, tibbiy xodimlar unga yordam berisha oladimi yoki yo'qmi, bilmaydi. Kelajakda uning holi nima kechadi, shu narsa uni tashvishlantiradi. Tibbiyotdan xabari bo'lmagani uchun bemor o'z
dardi haqida noto'g'ri tasavvurga ega bo'lganligi bois behuda tahlikaga tushadi. Masalan, boshning, terining yuza tomirlari bilan bog'liq sanchiqni falaj alomati, deb o'ylaydi, pulsining pasayishi, tushib qolishi (ekstrasistoliyada) ro'y berganda yurak butunlay to'xtab qoladi, deb qo'rqadi; ko'pchilik bemorlar uchun «infarkt» degan tashxis juda dahshatli: yuragi «tars yorilib» ketadi yoki endi hech qachon ishlamaydi, deb hadiksiraydi. Kasalning rak bo'lgandagi tahlikalarini gapirmay qo'ya qolaylik.
Agar bemorning o'zi shifokor bo'ladigan bo'lsa, ahvol qiyinroq: u bo'lishi mumkin bolgan, hatto juda kam uchraydigan oqibatiarni eslaydi, hamkasblari unga haqiqatni so'zlamayotganlaridan, ko'pincha davolashdan naf bo'lmasligidan ortiqcha xavotirlanadi. Bunday paytda, aksariyat, xavotir va qo'rquv birinchi o'ringa chiqib qoladi, shu sababli davolashni, avvalo, ruhiy-terapevtik ta'sir ko'rsatishdan boshlagan ma'qul. Lekin ba'zilar, ruhiy reaksiya, boshlangan ilk patologik jarayon olib tashlansa, kasallik hech qanday psixoterapiyasiz o'z-o'zidan yo'qoladi, deb o'ylashlari mumkin. Lekin, avvalo, ko'pincha kasallik aytarli og'ir bo'lmagan, bemorga kuchli, lekin hamma vaqt birdek bexatar bo'lmagan dori bilan davolashga ruju qilmaslik kerak: bemor tinchlantirilib, ko'nglini ko'tarib qo'yilsa, dorisiz ham tuzatish ehtimoldan xoli emas. Ikkinchidan, juda ko'p surunkali kasalliklar: ateroskleroz, diqqinafas, gipertoniyani davolashning bizda hozircha juda samarali choralari yo'q. Kasallikka bo'lgan omilni butunlay bartaraf eta olmagan taqdirimizda ham, hech bo'lmaganda, kasallikni murakkablashtirib yuboradigan, ba'zida kasallikning o'zidan ham og'irroq bo'lgan ruhiy zo'riqishlarning oldini olishga harakat qilishimiz kerak.
Surunkali va uzoq davom etadigan kasalliklar ayniqsa og'ir ekanligi ma'lum. Uning davomida yuz beradigan salbiy his-tuyg'ular klinik manzaraga ancha ta'sir korsatadi.
Ma'lumki, yangi dorilarni klinikada tekshirish borasidagi tadqiqotlar, ko'pincha, platsebo effektiga duch keladi: har qanday guruh bemorlar orasida ma'lum doridan emas, balki tekshirish uchun «dori» deb beriladigan indifferent moddadan, masalan, hatto fiziologik eritmadan yaxshi ta'sirlanadiganlari bo'ladi. Bu nodir hodisaning ko'p uchrashi haqida ko'plab tadqiqotlar umumlashtirilgan.
Bizningcha, bu kasallikning tarkibiy qismi bemorda aniq namoyon bo'lsa-da, ruhiy taassurot qat-qatlashib ketgan kishilar platseboga ta'sirchanroq boiadi. Bu holatni, ba'zida ochlik bilan davolash, ekstrasens orqali davolash va boshqa shu kabi tibbiyotdan tashqari davolash usullari beradigan g'aroyib natijalarni izohlaydi. «Garoyib davolanishlar - anglab yetilmagan psixoterapevtik faktcr natijasidir.
Odatda, ko'p o'tmay, shu «usullar»ning dong'i yo qqa chiqadi. Lekin obro'sizlantirilgan usullar o'rnida har gal yangisi avvalgisidan ham g'aroyibi paydo bo'ladi. G'aroyibotga intilish bemornmg don, operatsiya singari tibbiyotgagina emas, balki ruhiy yordam, qo'llab quvvatlashga tashnaligidan kelib chiqadi. Agar tibbiyot vakili buni anglab yetmay, faqat oddiy muolaja qilish bilangina kifoyalansa bas bemorning undan hafsalasi pir bo'lib, tabib lzlab ketadi va biz yetkarib bera olmagan ta'sirini undan topishga intiladi...
Buni Shnellerning ko'pyillik tekshirishlari tasdiqlaydi (l-jadvalga qarang).
Ruhiy davolash tog'risida atoqli nemis psixiatri Ernst Krechmer o'zining «Tibbiyot psixologiyasi» asarida shunday yozgan: «Ruhiy davolash vrach faoliyatining asosiy qismidir. Juda ko'p hodisalarda jismni davolash uchungina emas, balki xastalik bilan bog'liq boigan salbiy ta'sirlar: tahlika, tushkunlik,tashvish, mavhumlik, umidsizlikdan forig' bo'lish uchun murojaat qiladilar».
Shunday qilib, bemor tibbiyot xodimidan ruhiy muolajani ham kutadi, chunki shifokor har doim avval ruhga ta'sir qiladi.
Bemor o'z shifokori yoki hamshirasini, avvalo, inson sifatida o'rganadi: ko'ngilchanmi, e'tiborlimi, rahmdilmi, xotirjammi yoki shoshma-shosharmi? Axir har qanday kasb ustasi o'zining qat'iyatli va og'ir-bosiqligi bilan ajralib turadi. Bundan chiqdi, yosh shifokor va hamshira birinchi uchrashuvdayoq bemorda yaxshi taassurot qoldirishi mumkin. Buning uchun u sahnadagi artist yanglig' o'zini tuta bilmog'i kerak, bemor uning xatti-harakatidan, imo-ishorasidan tortib, har bir so'zigacha o'z chig'rig'idan o'tkazadi.
|