DEONTOLOGIYA - OILAVIY SHIFOKORNING QONI VA JONI




Download 490 Kb.
bet35/60
Sana21.03.2017
Hajmi490 Kb.
#761
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
DEONTOLOGIYA - OILAVIY SHIFOKORNING QONI VA JONI

Oilaviy tibbiyotning rivojlanishi oilangiz barcha a'zolari kasalliklarining kechishini kuzatishga imkoniyat yaratdi. Shifokorning bemor va oilaning boshqa a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarida deontologiya bilimlariga ega bo'lgan holda yondashishi muhimdir. Mashhur fransuz yozuvchisi Andre Moruaning yozishicha, shifokor doimo buyuk hakimlardek o'z kasbining mas'uliyatini his qilishi kerak.

Shifokorning faoliyati har bir bemorning betakror, murakkab, o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Bemorning har biri o'zaro munosabatlarni yangicha shakllantihshga majbur etadi. Shifokor awalo, fuqaro va qolaversa. jamoat arbobi bo'lgani sababli, undan nafaqat kasbiy, balki ijtimoiy siyosiy hayotda o'ta ziyolilik talab etiladi.

Amaliy tibbiyotga hayotini bag'ishlagan inson o'zida shu kasbga nisbatan iste'dodi bor-yo'qligini, shifokor vazifasini bajara olishini aniq bilishi kerak. Eng murakkab sharoitlarda bemor va uning oila a'zolariga tez, malakali, beminnat yordam berishi, bemor manfaatlarini o'z manfaatlaridan yuqori qo'ya olishi lozim. E'tiqodi bo'lmagan shifokorni qobiliyatsiz san'atkor yoki shoirga qiyoslash mumkin.

Oila shifokori ko'p hollaida, o'zining majburiyatlaridan tashqari, bemor hayotining mohiyatini tushungan holda, uning oilaviy tashvishlaridan (ular ko'pincha xastalikning asosiy omili bo'ladi) ham xabardor bo'lishi muhim o'rin egallaydi. Ko'pincha, shifokor faoliyatida voqelikni malakali tahlil qilish va ehtiyotkorlik bilan maslahat berishga to'g'ri keladi. Xususan, turmushning nozik muammolarini hal etishda faol ishtirok etish; turmush o'rtog'iga nisbatan qanday munosabatda bo'lish, farzandlarini, qay tarzda tarbiyalash; ish joyidan ketish yoki kasbini tamom o'zgartirish va b. Shu tariqa, shifokor oilaning do'stiga, bemorning nafaqat ijtimoiy hayot masalalarida, balki siyosat sohasida ham nufuzli maslahatchisiga aylanadi. Bugungi murakkab davrda shifokorning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni beqiyosdir.

Shifokor obro'si, avvalambor, o'z sohasidagi chuqur kasbiy bilimlari, bemor va yaqinlari bilan muloqotning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna olishi, ularning tashvishlari va kechinmalarini yurakdan his qilishi, xasta odam bilan ehtiyotkorona muloqot o'rnata bilishi va uning tezda to'la-to'kis sog'ayib ketishida muvaffaqiyatni ta'minlay olish kabi fazilatlardan shakllanadi.

Shifokor har doim o'zini tuta bilish me'yori, sabr-toqati va kasbiy burchini sezishi, bemorga g'amxo'r bo'lishi lozim.

Shifokorning bemor va yaqinlari, kasbdoshlari bilan bachkana, dimog'dor munosabatda bo'lishi uning nufuzini tushiradi.

Aytish lozimki, shifokor o'ziga nisbatan hurmat kutishga ham haqli. Bemor qavmu qarindoshlari bilan suhbat shifokordan katta san'at, odob, xushmuomalalik, jiddiylikni talab qiladi. Shifokor ularni qiziqtirayotgan savollarga javob berishi, tashxis, tekshirish, davolash rejasi haqida aytib berishi lozim.

Agar xastalikning oqibati noxush bo'lsa, bu haqda ehtiyotkorlik bilan so'zlash, bemorning qarindoshlarini qayg'uli yakunga asta-sekin tayyorlash kerak. Bu kabi holatlarning barchasida ham qisqacha «ha» yoki «yo'q» bilan chegaralanmaslik lozim. Javobning uchinchi -«ehtimol» ko'rinishi ham mavjud. Ba'zan, to'g'ridan-to'g'ri javob hamma vaqt o'rinli bo'lmaydi. Mutaxassis javobi bemorning qarindoshlariga keskin salbiy ta'sir etishi mumkin. Pirovardida qavmu qarindoshlar zaruriyati bo'lmagan tekshirish usullarini, yangi dori vositalarini qo'llashni talab etadilar. Bu vaqtda odob, sabr-toqat bilan keskinlashgan o'ta nozik sharoitni yengillashtira oladigan tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Bemorga turli maslahatlarni berish, ba'zi masalalarni konsilium usuli bilan hal etish, mutanosib ruhiy muhitni yaratishga ko'maklashadi. Shikoyatlar va ziddiyatlar zaminini bartaraf etadi.

Demak, tibbiy deontologiya oilaning ijtimoiy davo muammolarini hal etishda ko'prik boiib xizmat qiladi. Shuning uchun oila shifokori ko'p qirrali deontologik uquvga ega bo'lishi, terapiya, xirurgiya, ginekologiya, pediatriya, psixiatriya, gerontologiya kabi sohalarning nozik tomonlarini bilgan holda muloqot o'rnatishi lozim.
TALABALARNING BEMOR BILAN MULOQOTI

Shifokorlik ishi sharafli, olijanob va mas'uliyatlidir. Chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan kishigina bunga qodir. Shifokorlik kasbi tinimsiz o'qib-o'rganishni, o'z mutaxassisligini doimiy ravishda takomillashtirishni talab etadi. Talaba-shifokor uchun o'ziga nisbatan bemorning ishonchi, muhabbati va hattoki hayratini qozonishi sharaflidir. Tibbiyot oliygohiga o'qishga qabul qilingan yigit va qizlar oilasida shifokorlar bo'lsa-da, tibbiyotning va shifokorlik kasbining barcha muammolarini to'liq tasavvur eta olmaydilar. Bu mashaqqatli yo'lda talaba tajribali shifokor-muallimlarning tibbiyot ilmi, shifokorlik kasbi to'g'risidagi fikr-mulohazalariga e'tiborli bo'lishlari lozim.

Oliy tibbiy ta'lim mobaynida talaba kun bo'yi, ko'pincha tunda ham ishlaydi. Talaba juda ko'p kitoblarni mutolaa qilishi, qator fanlarni o'zlashtirishi va eng avvalo, mustaqil ravishda murakkab fikrlashni o'rganishiga to'g'ri keladi. Mashaqqatli kirish imtihonlarini topshirib, oliy o'quv yurtiga qabul qilingan talaba uzoq muddatli o'qish davomida ba'zan yo'qotishlar bilan kechadigan tushkunlik holatiga qarshi kurashga kuchi yetishi haqida jiddiy o'ylashi zarur.

Bo'lajak shifokorlar ta'limning birinchi yilida o'zida kechayotgan vaqtinchalik ruhiy depressiya natijasida emas, balki o'z imkoniyatlarining chuqur tahlilidan keyingina tanlagan kasbidan voz kechish-kechmaslik haqida tugal qaror qilishi kerak.

Talaba ayni vaqtda bemorga yordam bera olmaydi, lekin uning azob-uqubatlariga e'tibor qaratishi lozim. Har bir talaba bemor bilan uchrashuvga ilgaridan tayyorgarlik ko'rishi, doimo o'z xulq-atvori, tashqi ko'rinishini nazorat qilishi zarur. Otalig'idagi biriktirilgan bemor bilan o'zaro munosabatida talaba ohangdagi maromga e'tiborli, bosiq bo'lishi va nutq madaniyatiga amal qilishi kerak.

Ko'pincha talabalar klinikaga kelganlarida bemorlar bilan so'rashishni, ularning ahvolidan xabar olishni. bemorlarning o'rinlaridan turishlariga, eshikni ochishlariga, zinapoyadan ko'tarilishlariga yordam berishni unutadilar. Talaba - klinikada shifokorning kichik hamkasbi. Klinikadagi katta mutaxassislarga tegishli bo'lgan qoidalar talaba uchun ham taalluqlidir. Klinika - bu eng avvalo shifoxona va u qo'shimcha holda talabalar ta'lim oladigan dargoh vazifasini bajarsa-da, bu yerdagi hamma narsa asosiy maqsadni: bemorni davolashni ko'zda tutishi kerak. Buni hamma, ayniqsa talabalar yodda tutishlari lozim. Klinikada talabalar probirka va kimyoviy reaktivlar bilan emas, balki tirik, aksariyat hollarda baxtsiz odamlar bilan muomalada bo'ladilar. Ularning ba'zilari jismoniy azoblanadilar, o'tkir og'riq sezadilar, boshqalari esa o'ta holsizlikni boshdan kechiradilar. Asabiy yoki befarq bemorlar ham uchraydi, lekin ularning barchasi o'z tashvishlariga ega bo'lib, bu kechinmalarga yana qo'rquv ham qo'shiladi. Ular ko'pincha tekshirishlar natijalarini ruhiy zo'riqish bilan kutish holatlarini boshdan kechiradilar. O'zlarini otaliqqa olgan talabalardan esa qo'shimcha ma'lumot olishga harakat qiladilar.

Uzoq davom etgan tayyorgarlikdan so'ng talaba, nihoyat, bemor bilan birinchi bor uchrashadi. Bu bo'lajak shifokor hayotida muhim hodisadir. Agar shu daqiqada talabaning yurak urishi tezlashmasa, u ziyrak va yaxshi shifokor bo'lib yetishishiga ishonish mushkul.

Kasallik xususiyatidan qat'i nazar, bemor uchun xastalik bu baxtsizlik va azob-uqubatdir. Kasallik tufayli ba 'zan u o 'qishni, ish faoliyatini to 'xtatadi, ish haqini yo 'qotadi, uyi, oilasini sog 'inadi, xastalikdan, operatsiya va o 'limdan cho 'chiydi.


Download 490 Kb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Download 490 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DEONTOLOGIYA - OILAVIY SHIFOKORNING QONI VA JONI

Download 490 Kb.