YATROGENIYA, EVTANAZIYA HAQIDA
Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik muloqoti hosilasidir. Ulardan biri tibbiyot xodimi - shifokor, hamshira, ikkinchisi esa bemor. Bu o'rinda shifokor, hamshiraning shaxsi bemor ruhiyatiga ta'siri shu qadar kattaki, u hatto (ba'zi bir holatlarda) kasallikning kechishiga ta'sir qilishi ham mumkin. Shifokorlar tomonidan o'tkaziladigan ruhiy muolaja bemorga katta foyda beradi, bunda uning ishonchli so'zi juda katta ahamiyatga ega. Bu so'z shifokorning asosiy qurolidir. Demak, shifokor va hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir etishi mumkin. Shifokor yoki hamshiraning bir og'iz so'zi bemor tuzalishiga yoki uning dardini og'irlashtirib yuborishi, boshqa ikkilamchi kasalliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Yatrogen kasalliklari shifokor. hamshira va sanitarlar xatti-harakatlari va gap-so'zlarning yoki bemorga qilingan boshqa salbiy ta'sirdan kelib chiqadigan xastalikdir. Shuning uchun hamshiralar tibbiy psixologiyaning ahamiyatini boshqa xodimlarga qaraganda puxta va mukammal egallab olishlari va uni amaliyotda qo'llashlari lozim bo'ladi. Bemor yoki sog'lom odamlarning barisi ham tib xodimining noto'g'ri harakati natijasida bir xil ruhiy iztirobga yoki yatrogen kasalligiga duchor bo'lavermaydi. Yatrogeniya nevropat va psixopatlarda juda oson yuzaga keladi. Albatta, bunda ularning gavda tuzilishi va nasliy holatlari hisobga olinadi. Yatrogen kasalliklarga astenik va psixasteniklar moyil bo'lib, ular kelajakdan qo'rqadilar, uni qora tusda ko'radilar va o'zlarini ruhiy, jismoniy holatlaridan doimo hadiksiraydilar.
Tib amaliyotida yatrogen kasalliklarga sabab bo 'ladigan 4 asosiy omilni nazarda tutish kerak:
-
Bemorning anamnezini y’ig'ish.
-
Bemorning ichki holatini o'rganish.
-
Laborator tahliliga baho berish.
-
Tashxis va kasallik oqibatini aniqlash.
O'zaro muloqot chog'ida bemorning oldin boshidan kechirgan kasalliklariga ham katta ahamiyat berish zarur, shuningdek, kasallik etiologiyasini va patogenezini o'rganishda bemorni ta'sirlab qo'yishdan ehtiyot bo'lish kerak. Ayniqsa, xavfii o'sma, yurak xastaligi va uyida, yaqinlarida ruhiy kasalligi mavjud bo'lgan bemorlarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik va muloyimlik bilan muomala qilish talab etiladi.
Ba'zi yatrogen kasalliklarning paydo bo'lishi bevosita instrumental yoki laborator tekshirishlarga bog'liq. Ayniqsa bunda qon, siydik va boshqalarning noto'g'ri tahlili sabab bo'ladi.
Rentgenologik va ultratovush tekshirishlarning natijalarini ehtiyotsizlik bilan aytish ham yatrogeniyaga sabab bo'lishi mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, qishloq varchlik punkti (QVP) ambulatoriya, poliklinika, qabul bo'limlarida, shifoxonada bemorga, avvalambor, ruhiy tinchlik yaratib berish kerak, chunki bu holat davolashning samarali quroli hisoblanadi. Yatrogeniya mexanizmlari hali to'la-to'kis o'rganilmagan, chunki shu damgacha tana va run bir-biridan ajratilgan holda o'rganilmoqda. Umuman aytganda, har qaysi tibbiyot xodimi bemor bilan suhbatni to'g'ri tashkil qilishi, uning ishonchini qozonishi, o'zaro munosabat oralig'ini saqlashi, o'ziga ishontira olishi, unga hamdard bo'lib, imkon qadar aniq javob qaytara olishi darkor. Tib xodimlarining har bir xatti-harakati va gap-so'zlari bemorga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi va uni ruhan tetik qiladi.
Shifokor bemor bilan birinchi uchrashuvidanoq uning ruhiy holatiga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan muloqot qilish mahoratini takomillashtirib borish yatrogeniyaning oldini oladi.
Hozirgi kunda jahon shifokorlari orasida shov-shuvga va munozaraga sabab bo'lgan «evtanaziya» haqida ikki og'iz so'z. Evnataziya - bu og'ir, tuzalmas kasallikka, masalan, rakning oxirgi bosqichiga mubtalo bo'lgan bemorning o'limini istakka binoan tezlashtirish va qiynoq azoblaridan qutqarish va tabiiy o'limni turli dori-darmonlar yordamida yengillashtirishdir. «Evtanazis» so'zi (grekcha) baxtli, azobsiz o’lim degan ma'noni anglaladi.
Keyingi yillarda tibbiyotda erishilgan yutuqlar tufayli, bemor o'limi bilan bog'liq bo'lgan deontologik muammolarga katta e'tibor berila boshlandi. Hatto og'ir holatdagi bemorlarning o'limi ham reanimatsiya (jonlantirish) bo'limida kam uchraydigan hodisa hisoblanadi. F.Benonning yozishicha: «Shifokorning burchi -faqatgina bemorni sog'lig’ini tiklabgina qolmasdan, balki shu kasallik natijasida paydo bo'lgana zob-uqubatlarni, og'riqni yengillashtirish, bemorning o'limini yengil, tinch va azobsiz kechishiga yordam berishdan iboratdir. Hozirgi davrda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarafdorlari bu so'zni «yoqimli. yengil o'lim» deb baholasalar, qarshilar esa buni qotillik, deb izohlaydilar.
|