|
SOTSIAL PSIXOLOGIK EKSPERIMENT
|
bet | 138/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024SOTSIAL PSIXOLOGIK EKSPERIMENT - asosiy metodlardan biri bo‘lib, o‘zgaruvchan mustaqil turli holat va jarayonlarning boshqa nomustaqil holat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlariga tayanadi.
SOTSIAL PSIXOLOGIK EKSPERIMENT - asosiy metodlardan biri bo‘lib, o‘zgaruvchan mustaqil turli holat va jarayonlarning boshqa nomustaqil holat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlariga tayanadi.
SOTSIAL PSIXOLOGIYA - psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.
SOTSIAL TASAVVURLAR - shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va hodisalarning yaqqol obrazi.
SOTSIAL USTANOVKA (sotsial attitude - ingl.) - insonning boshqa kishilar, sotsial guruhlar, tashkilotlar, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga va hodisalarga bo‘lgan barqaror munosabati.
SOTSIALLASHUV - inson tomonidan sotsial tajribani egallash va hayot- faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
SOTSIOLOGIYA - jamiyatda yuz beradigan turli voqea-hodisalarni va o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan fan.
STIGMA - yunon tilidan olingan bo‘lib, stigma - «belgi», «dog‘» ma’nolarini ifodalaydi. Shaxslaro munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga tegishli yana bir xulq-atvor turidir.
SUBLIMATSIYA - hayotning yuksak sohasida jinsiy mayl energiyasi mehnat faoliyatiga, aqliy va ijodiy faoliyatga qaratilishi va sarf etilishi.
TAQLID QILISH - individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish).
TEST - sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi.
TOBE SHAXS - muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko‘nikuvchanlik, boshqa kishilarga bog‘liqlik, fikriga bo‘ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.
TOLERANTLIK - kengfe’llik ma’nosida «tolerantia» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgalarning xulq-atvori, e’tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ularini bildiradi.
TRENING - mashq qilmoq, guruhlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo‘lib, shaxsning muloqotga o‘rgatish va obro‘li bo‘lishini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
USTANOVKA - (ruscha ustanovka so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘nalish, yo‘naltirish ma’nosini anglatadi) shaxsning tevarak-atrofdagi odamlar yoki ob’yektlarga qanday munosabatda bo‘lish, ularni ma’lum darajada idrok qilish, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorligini anglatadigan holati.
UYUSHGANLIK - guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir- birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.
VERBAL - og‘zaki ifodalangan nutq.
YO’NALISH - shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
|
| |