|
RAHBARLIK - boshqaruvda rasman vakolatlarning shaxsga berilganligi.
RASMIY
|
bet | 137/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024RAHBARLIK - boshqaruvda rasman vakolatlarning shaxsga berilganligi.
RASMIY - odamlarning birgalikdagi faoliyatlarida, sotsial rollar taqsimotida mavqe, martabaning inobatga olinishi
REAL - birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.
REFERENT GURUH - shaxsning har tomonlama ishongan, o‘ziga yaqin tutgan guruhi.
REFLEKSIYA - o‘zgalarga qarab, go‘yoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qilish jarayoni.
RIGID SHAXS - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining past darajada kuzatilishi.
ROL - shaxsning aniq hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi.
ROLLARDAGI NIZOLAR - ma’lum bir rolni egallab turgan shaxsdan uning atrofidagi ma’lum bir guruh kutayotgan kutuvlarni amalga oshirilishi jarayonida sodir bo‘ladigan to‘qnashuv.
SANOAT PSIXOLOGIYASI - sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va holatlarni psixologik va sotsial omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.
SHAKLLANGANLIK - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq psixologik jarayon.
SHAKLLAR - bevosita va bavosita tur bo‘lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali amalga oshishi ko‘zda tutiladi.
SHARTLI - odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko‘ra biror guruhga taalluqli deb qarash.
SHAXS - sotsial munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi betakror odam.
SHAXS SOTSIALLASHUVI - inson tomonidan sotsial tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
SHAXSLARARO MUNOSABAT - muloqot jarayonidagi o‘zaro ta’sir etish natijasida ro‘y beradigan sotsial-psixologik hodisalar.
SIMPATIYA - bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va yoqimlilik hislarining ichki namoyon bo‘lishi.
SO’ROV - asosiy metodlardan biri bo‘lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.
|
| |