• KUZATISH
  • LONGITYUD TADQIQOT
  • METOD
  • MONOLOGIK NUTQ
  • Sotsial psixologiya




    Download 3,89 Mb.
    bet135/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    KICHIK GURUH - a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda bo‘luvchi kishilar guruhi.
    KO’NIKMA - odamning ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko‘rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil etadi.
    KOMMUNIKATIV - shaxslararo munosabatlarda ma’lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi jarayoni.
    KONTENT-ANALIZ - tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzatslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.
    KUZATISH - sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi.
    LIBERAL - sotsial munosabatlarni o‘rnatish va tashkil etishda rahbar shaxsining befarqlik munosabatlarini namoyon etishi.
    LIDERLIK - jamoa orasida turli vaziyatlar ta’sirida yuzaga keladigan rahbarlik, lekin bu rahbarda rasmiy vakolat tizimi mavjud emas.
    LONGITYUD TADQIQOT - sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rgansh.
    MALAKA - mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
    MEHNAT - inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
    METOD - bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
    METODOLOGIYA - tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir.
    MOBIL SHAXS - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
    MONOLOG - ma’ruzachi tomonidan nutq so‘zlanishi, ma’ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo‘lgan jarayon.
    MONOLOGIK NUTQ - bir odamning o‘z fikrlarini og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
    MOTIV - ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi
    sabab.
    MOTIVASIYA - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
    MULOQOT - ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
    MUTAXASSISLIK - faoliyatning aniq shakli bo‘lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143




    Download 3,89 Mb.