126
tekshiruv va nazorat olib borishni yo`lga qo`yish. Guruhlarda topshiriqlarni bajarish
natijalari bo`yicha axborot berish, sinfda munozaralar o`tkazish, ish jarayonining
borishiga qo`shimcha va tuzatishlar kiritib borish. O`qituvchi tomonidan ishning
natijalari
bo`yicha
xulosalar
chiqarish
va
yakun
yasash.
Har bir guruhning ish natijalariga, sinf ishiga tahliliy baholar berish.
Guruh ishining muvaffaqiyatli chiqishi o`qituvchining o`quv faoliyatini tashkil eta
olish harakati, mahoratiga bog`liq. Ya’ni o`qituvchi guruhda ishtirok etayotgan har
bir o`quvchining shaxsiy faoliyatini tashkil eta olishi, har bir o`quvchi o`qituvchi
ko`magini olishi ishning borishi bilan pirovard natijani muvaffaqiyatli ko`rsata
olishiga bog`liq. Guruhlar ishini o`quv biluv jarayonida tashkil etishda bir kator
kamchiliklar sodir bo`lishi mumkin. Qiyinchiliklardan biri guruhlarni to`g`ri,
maqsadli
shakllantira
olish
va
unda
ishni
tashkil
eta
olishdir.
Guruhlarda ishlash jarayonida o`quvchilar ayrim qiyin topshiriqlar yechimini
mustaqil yechishga qiynaladilar. Shu sababli guruhlarda ishni tashkil qilishda
umumiy ishni tashkil etish bilan bir vaqtda individual ishlarni ham tashkil etishga
to`g`ri keladi. Bunday hollarda ko`pincha yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Umuman o`quv predmetlari bo`yicha beriladigan topshiriqlarning qiyinchilik
darajasiga qarab guruhda ijodiy muhit yaratiladi. Guruhlarda ishlash davrida
o`qituvchi, o`quvchi-o`quvchi orasida o`zaro hamkorlik, o`zaro yordam muhiti
o`rnatilsa, guruhlar ishi kutilgan natijalarni beradi.