• Tarbiyalash texnologiyasi
  • Yaxlit yondashuv va tarbiyaviy ish




    Download 5,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/122
    Sana05.07.2024
    Hajmi5,19 Mb.
    #266712
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

    Yaxlit yondashuv va tarbiyaviy ish
    Tarbiyalash texnologiyasi — nisbatan yangi atama bo'lishiga qaramay
    rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi pedagogikada
    yangi yo'nalish hisoblangan «ijtimoiy pedagogika» bilan birgalikda fuqarolik
    g'ururi, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyat hissi va boshqa shaxsiy
    sifatlarni shakllantirishga jiddiy ta ’sir qilmoqda. Ta’kidlash joizki, tarbiyalash
    texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g'oyasi, mazmuni va tarkibini
    emas, balki bu sohadagi respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqilgan
    maqsad va vazifalarni samaraii amalga oshirish bilan shug'ullanadi.
    Tarbiyalash
    texnologiyasi
    mo'ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi
    vositalar majmuasini ko'rib chiqadi. O`qituvchi (pedagog)larning o ‘zida muloqot,
    bahs olib borish madaniyatini shakllantirish maqsadida pedagogik ta ’lim
    mazmuniga qo'yiladigan talablar, ayniqsa, muhimdir. O'zaro hamkorlik
    pedagogikasi — o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talaba o'rtasida hamfikrlilik.
    bir-biriga ishonch, o'zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa. o'z
    navbatida, yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlaming anglab olinishi va
    e’tirof etilishini kafolatlaydi.
    Milliy o'zlikni anglashni butun olam insonparvarlik g'oya va madaniyati,
    umuminsoniy qadriyatlar, ko'p millatli xalqimiz an ’analaridan ayrim holda tiklab
    bo'lmaydi. Yoshlaming iqtidori va bilimga chanqoqligi aynan shulardan quw at oladi,
    m a’naviyatga erishish va uning rivojlanishi shular bilan chambarchas bog'liqdir.
    Milliy mafkura, psixologik va pedagogik fanlardan foydalanib, maqsadlar
    ketma-ketligini to 'g 'ri «texnologik» tanlay bilish o'ta muhim. Nazariya nuqtai
    nazaridan tarbiya uslubiyotini ta’riflash yetarli.
    Lekin texnologik jihatdan barcha tarbiya maqsadlarining qismlarini aniqlash va
    ularni ro'yobga chiqarish yo'llarini belgilash zarur bo'ladi. «Oliy va o'rta maxsus
    o'quv yurtlarida bo'lg'usi mutaxassislarning umumiy va kasbiy madaniyatini
    shakllantirish bo'yicha jamlama tarbiyaviy ishlar rejasi»-tarbiyaviy ishlami
    dasturlashga misol bo'la oladi. Ushbu dastur Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
    tasarrufidagi oliy o'quv yurtlari olimlari va pedagoglarining mehnati mahsulidir.
    Uning asosi etib, O'zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I.A.Karimovning
    O'zbekistonning daxlsizligini mustahkamlash, uning buyuk kelajagini barpo etish,
    har bir talabani ko'p qirrali, barkamol va Vatanning yuksak g'oyalariga sodiq


    136
    shaxs sifatida tarbiyalash haqidagi ko'rsatmalari olingan. Dasturda asosiy tarbiyaviy
    yo'nalishlar va maqsadlar keltirilgan. Jumladan, fuqaro tarbiyasi, kasb egallash,
    shaxsiy mas’uliyat, yuqori malakali bo'lish va kasbiy mahoratni egallashga
    intilishni tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, talabani shaxs sifatida rivojlantirish
    kabilarga alohida e'tibor berilgan.
    O'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish
    pedagogdan ijodiy ishlashni talab etadi. Pedagog o'zida unga yordam beruvchi
    tashqi imkoniyatlar, ya’ni, nazariy-amaliy materiallar, o'quv qurollari va
    vositalari mavjudligi haqida to'liq ma’lumotlarga ega bo'lishi kerak. Pedagog
    o'zidagi mavjud ma’lumotlar va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta'lim yo'nalishi
    bo'yicha mavjud metodika va ilg‘or o'qitish uslublarini ko'zlagan maqsadga
    yo‘naltirish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.

    Download 5,19 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




    Download 5,19 Mb.
    Pdf ko'rish