18-§. TOSHKENTDA «VABO ISYONI»
1892-yilning mart oyida Afg‘onistonda vabo kasalligi
tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik
Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida, 7-iyunda
esa Toshkentda ham qayd qilindi. Toshkent shahar
ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni
yopib qo‘ydi. Shu kasallikdan vafot etgan kishilar uchun shahardan chekka
joy da maxsus qabristonlar ochish va’da qilindi. Lekin amalda shahardan tash-
qarida faqat bitta qabriston ochildi. Sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib
tushuntirilmadi. Bundan tashqari shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli
bemorlarni tekshirish ko‘pincha uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi.
Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa
bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalarning qabrlardan chiqarib tash-
lanayotgani to‘g‘risidagi mish-mish gaplar tarqaldi.
Turkiston o‘lkasida 1892-yil 18-iyundan kuchga
kirgan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar
haqida Qoida» joriy etildi. Bunday vaziyat aholi
orasida sarosimalik va norozilik keltirib chiqardi.
Bu vaqtda Toshkentning Eski shahardagi xalqparvar
oqsoqoli Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev lavozimi-
dan chetlashtirildi. Uning o‘rniga tayinlangan shaxs
pora olishni kuchaytirish maqsadida boshqa kasallik
bilan og‘rib vafot etganlarni ham vabo uchun ochil-
gan shahar chekkasidagi qabristonga ko‘mishni
buyurdi. Xalq bunga keskin norozilik bildirdi. Bu
holat qo‘zg‘olon boshlanishiga sabab bo‘ldi.
1892-yildagi norozilik harakatlarini keltirib chi
qargan asosiy sabab, birinchidan, mahalliy aholiga
nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmi-
ning tobora kuchayib borayotganligi; ikkinchidan, xalq ommasining og‘ir ah
voli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi; uchinchi-
dan, iste’mol mahsulotlari narxlarining to‘xtovsiz oshib borishi, soliqlaming
ko‘pligi; to‘rtinchidan, amaldorlarning o‘z mansablarini suiiste’mol qilishi,
poraxo‘rligi kabi holatlarning ko‘payib ketishi bo‘ldi.
Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb
nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yilning 24-iyunida bosh
landi. Dastlab mahalliy aholining noinsof amaldorlar va
sudxo‘rlarga, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oq-