Mardikorlikka qarshi qaratilgan norozilik harakatlari
bir necha kun ichida butun oTkaga yoyildi. Qo‘zg‘o-
lonchilar mustamlakachi hukumat tomonidan kuch
bilan tarqatilib, qarshilik qilganlar qattiq jazolandi.
Toshkentda 11-iyulda ko‘p sonli aholi Beshyog‘ochdagi politsiya mahkamasi
oldiga to ‘plandilar. Q o‘zg‘olon faollaridan Rizvonbibi Ahmadjonova politsi-
yaga qarata: «Bizni oTdirsanglar ham o ‘g‘illarimizni sizlarga bermaymiz», —
deb xitob qilgan. Politsiyachilar esa o ‘q uzib, uni og‘ir yarador qilgan. No
rozilik bildirganlarga qarshi miltiqlardan o‘q otilgandan so‘ng xaloyiq mah-
kamaga bostirib kirdi. Bu vaqtda yordamga yetib kelgan harbiy kuchlar
namoyishchilami o ‘qqa tuta boshladi. Natijada 11 kishi otib oTdirildi, 15
kishi yarador boTdi. Q o‘zg‘olon harbiy kuchlar tomonidan qiyinchilik bilan
bostirildi. Shahar harbiy holatga tushib, har bir joyda qo‘riqchilar, tun-u kun
navbatchilik, nazorat va tekshiruvlar kuchaytirildi. Bu voqealardan keyin no
rozilik harakatlari Toshkent shahri atrofidagi qishloqlarga yoyildi. U yerdan
Farg‘ona vodiysiga o‘tib, vodiyda bu harakat keng tus olib ketdi. U yerda
ham mahalliy aholi m a’muriyat vakillariga bo‘ysunmay qo‘yadi.
Q o‘zg‘olon iyul oyining o ‘rtalarida Farg‘ona viloyatining Q o‘qon, Rish-
ton, M arg‘ilon, Andijon, Namangan uyezdlarida keskin tus oldi. Jumladan,
9-iyul kuni Andijonda podsho farmoni o‘qib eshittirilgandan so‘ng tayoq,
tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan qurollangan aholi mardikorlikdan
bosh tortib namoyishga chiqdilar. Ularga politsiya va harbiy kuchlar qarshi
qo‘yildi. Qo‘zg‘olonchilami tarqatish paytida ulardan 3 kishi otib oTdirildi,
12 kishi yarador boTdi.
10-iyulda Eski M arg‘ilonda taxminan 25 m ing kishi norozilik bildirib,
bozor atrofiga yig‘ildi. Q o‘zg‘olonchilar mardikorlikni bekor qilishni talab
qilib mahalliy m a’muriyat idoralariga kirdilar. Ular mustamlakachilaming
xizmatida boTgan mahalliy m a’muriyat
vakillari uylariga, m a’muriy binolarga o‘t
qo‘ydilar, 2 mirshab oTdirildi va bir necha
kishi jarohatlandi. Q o‘zg‘olonning kucha-
yib ketganligidan xavotirga tushgan viloyat
m a’muriyati zudlik bilan ularga qarshi har
biy kuch yubordi. Ular qo‘zg‘olonchilardan
63 kishini otib oTdirdi va ko‘pchilikni yara
dor qildi.
Shahrixonda ham qo‘zg‘olonchilardan
16 kishi oTdirildi, ko‘pchilik yarador