• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Ta’lim metodlari va vositalari akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li




    Download 0.86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana09.11.2023
    Hajmi0.86 Mb.
    #96476
      1   2
    Bog'liq
    Akbar To‘raqulov 503-508 JUSR
    BETLIK 2021mtm, Yaxlit pedagogik jarayon-fayllar.org, 5-mavzu didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayon-kompy.info, 5, 136683, 333, Mavzu yalpi ishchi kuchi va uni takror ishlab chiqarish, ИШЛОВЧИ ХОДИМЛАРНИ, Бирлашган дастур бандлик , 7-Jahon Shaxslar, Qo\'zg\'olonlar, Janglar


    503 
    TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI 
    Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li 
    DTPI, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi 
    Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna 
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim 
    yo‘nalishi 2-bosqich 2BT-21 guruh talabasi 
    Annotatsiya: Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois 
    pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. 
    Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning 
    nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. 
    Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil 
    etish usuli, deb hisoblashga moyildir. 
    Kalit so‘zlar: Metod, ta'lim metodi, ta’lim usuli, qoida, interfaol metod, 
    metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
    Biz bilamizki metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli 
    deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda 
    tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi 
    va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.Ta’lim 
    metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik 
    vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-
    bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi. 
    Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.Ta’lim 
    usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar 
    munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-
    biriga bog‘lanadi.Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi 
    hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. 
    Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib 
    berilishi mumkin. 
    Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra 
    amaliy metodi hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘ 
    qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining 
    namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar 
    tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) 


    504 
    yordamida amalga oshiriladi.O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining 
    o‘rniga “uslub” tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo “uslub” tushunchasi “metod” 
    atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy 
    (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, 
    aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.Pedagogik texnologiya - bu 
    muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu 
    maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir. Har 
    qanday 
    pedagogik 
    texnologiya, 
    jumladan 
    umummadaniy 
    dunyoqarashni 
    shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologiya ham o‘zaro hamkorlik, muloqot, ularning 
    bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bergan holda, o‘qituvchi ta’lim-
    tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari, umummadaniy 
    dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va uslublar, talabalar shaxsi 
    faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, 
    pedagogik faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni 
    birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy hamkorlik, ishchanlik muhitini hosil qilishga 
    doir shakl va metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim. 
    Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja 
    (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish 
    metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham 
    bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari
    tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. “Metodika” va 
    “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli 
    jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, 
    “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, 
    texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni 
    markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini 
    nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda 
    amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi. 


    505 
    An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.) 
    Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit 
    yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan 
    ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.Metodning samarasi ko‘p jihatdan 
    o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, 
    o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga 
    bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni


    506 
    Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi 
    hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p 
    vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab 
    qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil 
    o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi
    zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim.
    Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash 
    asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. 
    Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda 
    foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari 
    ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi.
    Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, 
    uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, 
    uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab 
    ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning 
    sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza 
    maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini 
    qamrab olishi mumkin. 
    Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga 
    yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda 
    qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab 
    er maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga 
    oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchitomonidan nazorat qilinadi va zarur 
    hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi 
    Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini 
    egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda 
    malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik 
    jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga 
    bo‘linadi. 
    Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin: 
    - faoliyat sub’yektiga ko‘ra; 
    - faoliyat ob’yektiga ko‘ra; 
    - o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra; 


    507 
    - o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra. 
    Ta‘ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
    • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi; 
    • o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi; 
    • o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi; 
    • o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi; 
    • dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga 
    yordam beradi; 
    • o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi; 
    • bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi. 

    Download 0.86 Mb.
      1   2




    Download 0.86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim metodlari va vositalari akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li

    Download 0.86 Mb.
    Pdf ko'rish