Fizikani o’qitishda innovatsion yondashuvlar




Download 134.8 Kb.
bet10/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
1.2. Fizikani o’qitishda innovatsion yondashuvlar.

Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchilarni tayyorlashga innovatsion yondashuv, uning usullarini mukammal egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda fan mashg’ulotlarini bosqichma-bosqich tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bosqichda, u fan haqida asosiy ma’lumotlar keltiriladi. Ikkinchi bosqichda, odatda davr talablarining eng dolzarb, munozarali masalalari muhokama qilinadi. Izlang, fikrlang ijod qiling, tarzida ish ko’riladi. Uchinchi boschiqda nazariy qoidalar ilgari surilgan chuqurlash-tirilgan darajada bayon qilinadi. Ma’lumki, mustaqil ijodiy fikrlash o’qish mabaynida paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni yengish jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. To’rtinchi bosqichda, teskari aloqa, bog’lanish uchun material beriladi. Beshinchi bosqichda, o’qituvchisi o’rgangan mavzularni to’g’ri tushunganligini nazorat qilinadi, ularda o’z-o’zini nazorat qilish uchun topshiriqlarning turli xil shakl (og’zaki savol-javob, yozma va test) lari qo’llaniladi va to’g’ri javoblar keltiriladi. Topshiriqlar o’qituvchilar aniq hatti-harakatini anglatuvchi fe’llarda ifodalanishi darkor. Bunda o’zlashtirishning fikrlash darajalariga muvofiq bo’lgan fe’llardan ko’proq foydalanishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, ular materialni yuqori intellektuallik darajalarida o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Har bir topshiriq faqat bir tushuncha yoki qonun-qoidani o’zlashtirilganligini tekshirishi hamda ixcham, tushunarli tarzda bayon qilinishi lozim. Topshiriqlar og’zaki savol-javob, yozma va test shakllarida tuzilishi mumkin. Bir maqsadga turli shakllardagi topshiriqlar tuzish ham samarali bo’ladi. Chunki, bunda bakalavr o’qituvchilarning muayyan topshiriqni o’zlashtirganligiga oid bilimini xolisona baholash imkoniyati yaratiladi. Og’zaki savol-javob, pedagogning bakalavr o’qituvchilar bilan bevosita muloqati bo’lib, bunda savollarga berilgan javoblar baholanadi. Yozma topshiriqlar tuzish, tayanch so’z va iboralar variantidan foydalanishni nazarda tutadi. Bu shakldagi topshiriqlarni tuzishda interfaol metodlarni qo’llab hal qilinadigan topshiriqlar miqdoriga ham e’tibor berish lozim. Chunki, klaster, sinkveyn, Venna diagrammasi, insert, konseptual jadval, Keys-stadi sxemasini tuzish, texnik diktant yozish kabi interfaol metodlarni qo’llash bakalavr o’qituvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, o’quv materialini yuqori intellektuallik darajalarida o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Bu metodlarni ba’zilarini keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz. Yuqorida qayd qilingan va boshqa interfaol metodlardan o’quv jarayonida foydalanish bakalavr o’qituvchilardan ijodkorlik faoliyatini, qolaversa, bu ishlarni Blum taksonomiyasi darajalarida o’zlashtirgan bo’lishini talab qiladi. Interfaol metodlarni noto’g’ri qo’llash bu metodlar samaradorligini pasaytirish yoki bu haqida noto’g’ri tushuncha paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. O’ziga ishonchni shakllantirmasdan mustaqil fikrlashni vujudga keltirish mumkin emas. Shu bilan birga o’ziga ishonchni anglash mustaqil fikrlashni taqozo qiladi. Har bir bakalavr o’qituvchisi o’z fikrining ahamiyatligiga ishonch hosil qiluvchi axborot olish uchun harakat qilishi zarur. Aks holda, u mashg’ulotlarda o’zini sust tutadi va mustaqil fikrlay olmaydi. Blum taksonomiyasi test topshiriqlari tuzuvchilar uchun mavzu materiallarini o’quv maqsadlarining qaysi toifasiga muvofiqligini aniqlashga ham qulaylik yaratadi. Uni qo’llash natijasida identifikatsiyalanuvchi o’quv maqsadlarini aniqlash mumkin bo’lmagan darajalarda, ularni nisbatan umumlashgan shaklda ifodalab, test topshiriqlari tuzish imkoniyati tug’iladi. Yoki, avval o’quv maqsadlari taksonomiya toifalari bo’yicha umumiyroq shaklda aniqlanib, so’ngra ularga mos keluvchi va yakuniy natijani yaqqolroq ifodalovchi fe’l tanlanib, so’ngra test topshiriqlari tuzish mumkin. Test topshiriqlari tuzishda ham o’zlashtirishning reproduktiv darajasidagi testlar miqdorini ortib ketmasligiga e’tibor berish zarur. Materialni ijodiy darajalarda o’zlashtirilganligini aniqlovchi – ochiq, bir necha to’g’ri javobli yopiq, muvofiqlikni aniqlovchi kabi test shakllaridan foydalanish muhimdir.

Ochiq testlar. Agar test topshirig’i matnida uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo’lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi. Bu shakldagi testlarda bakalavr o’qituvchilarning bitta, ikkita so’zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo’llanmada bayon etish kerak. Blankaning bo’sh joyida javob uchun zarur bo’lgan joy qoldiriladi. Masalan, “Test tushunchasi” ______ yilda ________ tomonidan birinchi marta ishlatilgan.

Yopiq testlar. Bunday testlar savol va bir nechta javoblardan iborat bo’ladi, bu javoblardan biri to’g’ri, qolganlari to’g’riga o’xshash, biroq noto’g’ri bo’ladi. Taklif qilinadigan javoblar soni ikkitadan beshtagacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin, masalan:

Idishdagi suyuqlik qizdirilsa, suyuqlikning ichki energiyasi:

A) ortadi; B) kamayadi; C) o’zgarmaydi.

Muvofiqlikka oid testlar. Bu testlarning mohiyati bir ko’p sonli elementlarning boshqalariga muvofiqligini aniqlash zaruratiga asoslangan. Bu topshiriqlar “muvofiqlik aniqlansin” degan ikkita so’zdan iborat konstruksiya asosida tuzilishi lozim.

Pedagogik texnologiyaning bu tamoyilida o’qituvchilarga individual holda o’zlashtirishga imkon beriladi. Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish ma’qul: kuzatishdan so’ng o’z fikrini tezda bayon etish; o’z taassurotlarini qisqa, aniq va mavzudan chetga chiqmagan holda gapirish; eng keskin suhbatlarda o’zini yaxshi his etish; suhbatni ijobiy boshlash va yakunlash; suhbat chog’ida suhbatdoshini tushunishga harakat qilish; tanqidni eshitishga tayyor bo’lish kerak va h.k. Shu bilan birga quyidagi natijalarga erishish ko’zda tutiladi: an’anaviy va noan’anaviy o’quv jarayonini bir-biridan farqlash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalash va ularning asosiy kamchiliklarini aytib berish; o’qitishga ITT asosida yondashuvni va usullarini asoslab borish; ta’lim jarayoniga yangiliklar kiritish, unda ITT lar, interfaol metod-lardan foydalanish hamda dars mashg’ulotlariga joriy etish zaruratini tushunish; yangi, zamonaviy innovatsion metodlar hamda ilmiy asoslangan tamoyillar va qonuniyatlar asosida ta’lim jarayonini shakllantirish; ta’lim jarayonini loyihalashtirish, maqsad va vazifalarni aniqlashtirish, bunda Blum toifalaridan foydalanish, elektron, mul’timedia tizimlari asosida ta’lim berish; tezkor va noan’anaviy metodlar asosida bilimlarni xaqqoniy, aniq baholash; o’qitilayotgan fandan tanlagan mavzu bo’yicha tahliliy yondashuv asosida referat yozish; o’zining o’qitadigan fani bo’yicha, o’qitishga ITT asosida yondashuvda mashg’ulot o’tkazishning uslubiy ishlanmasini loyihalash; ochiq dars o’tkazish hamda unda o’qitishga ITT asosida yondashish va metod, shakl, usullar qo’llashni ko’rsatish.

Ta’lim maqsadi mazmuni, shakllari, metod va vositalari pedagogikada ta’lim jarayonlarini tahlil qilish uchun qo’llaniladigan an’anaviy kategoriyalar hisoblanadi. Aynan o’sha kategoriyalar ma’lum bir predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo’naltiruvchi pedagogik va o’quv faoliyatining qonuniyat va mezonlari tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.

Uzoq yillar mobaynida ko’rsatilgan pedagogik kategoriyalar hajmi jamiyat talabi darajasida maqsadlarini ro’yobga chiqarish uchun yetarli bo’lib kelgan. Tan olish kerakki, pedagoglar ommasi o’z zamonasidagi pedagogik vaziyatni barcha davrlarda qoniqarsiz ahvolda deb baholab kelganlar. Bu o’rinda pedagogik tushunchalarning ta’rif va tavsiflarining noaniqligi ta’lim jarayonlarini tavsiflovchi ba’zi kategoriyalarning etishmasligi, ta’lim maqsadi, mazmun, shakl, uslub va o’qitish vositalari o’rtasidagi o’zaro uzviylikning mavjud emasligi hamma vaqt tanqid ostiga olib kelingan «metodika» tushunchasi yuqori darajadagi sub’yektivlikka ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Aytib o’tilgan fikrlar bizningcha, ikkita muammoni ochib beradi, birinchidan, kasbiy pedagogik ma’lumotga ega bakalavr o’qituvchilarning kasbiy layoqatlilik darajasi, ikkinchidan, maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lmaslik kasbiy mahorati, savodxonlik darajasining pastligi. ITTlari majmuaviy integrativ tizimlar bo’lib, ta’lim maqsadi bilan belgilangan kasbiy ko’nikma, malaka shaxs xislatlarini o’rganuvchilar tomonidan egallanishi, bilimlar o’zlashtirishga yo’naltirilgan operatsiya va harakatlarning tartiblashtirilgan to’plamini o’z ichiga qamrab oladi. Bu o’rinda ta’lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqishga joriy etish (nima?), ta’lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta’lim metod va vositalarini belgilash (nimalar yordamida?), shunindek, pedagoglar malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo’l bilan?) va boshqalarga asoslanish lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy qo’llanilishi o’quv jarayonining mohiyati va uning texnologiyasini belgilab beradi. O’qitish texnologiyasini loyihalashni pedagogik vazifaning qo’yilishi va uni etilishi asosida ko’rib chiqamiz. Pedagogik vazifaning belgilanishi quyidagilar bilan izohlanadi: ta’lim maqsadlarini tahlil qilish, shu asosida o’quv predmeti mazmunini aniqlash; o’quv predmeti mazmuni tuzilmasini ishlab chiqish va uni o’quv elementlari tizimi ko’rinishida ifodalash; o’quv elementlarini o’zlashtirilish darajalarini belgilash; bakalavr o’qituvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko’rsatkich o’quv predmetining mazmuni asoslanadigan o’quv materialini o’zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi; o’quv-moddiy bazasi hamda ta’limning tashkiliy shakllariga qo’yiladigan chegaralarni belgilash.

Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta’minlovchi o’qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan pedagog faoliyati ta’limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati uchta asosiy tashkil etuvchi turlar bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot almashinuv jarayonining turi, axborotni uzatish vositalari tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O’qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkillashtirishni quyidagi mantiqiy ketma-ketlik asosiga qurish mumkin. Dastlab o’quv materiali mazmunining tavsifi, uni o’rganishdan ko’zlangan maqsad (o’zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo’yilishi shartlari tahlil etiladi. So’ngra, o’qitishning mos ravishdagi metodlari hamda bo’lajak bakalavr o’qituvchilari bilish faoliyatini boshqarish sxemasi belgilab olinadi. Shu asosda o’qitish vositalarining ro’yxati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan ta’lim metodlari va vositalari tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg’unlashtiriladi, ya’ni texnologiya ishlab chiqiladi. O’qitish texnologiyasi - bu tizimli kategoriya bo’lib, ilmiy ta’limotning didaktik qo’llanishiga, bakalavr o’qituvchilarning innovatsion emperik yondashuvlari asosida ta’lim tizimini tashkil etish va tahlil qilishni ilmiy asoslashga, ularni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishishga yo’naltirilgan jarayondir. Ta’limning bu ko’rinishi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:



  • ta’limning maqsadi; ta’limning mazmuni; o’qitishning motivatsiyasi va vositalari;

  • o’qitish jarayonini tashkil etish; bakalavr o’qituvchilari; pedagog; faoliyat natijasi.

Ta’lim texnologiyasi o’zaro uzviy bog’langan ikki jarayonni o’z ichiga oladi:

  • o’qitiladigan shaxsning faoliyatini tashkil etish;

  • faoliyat ustidan nazoratni tashkil etish.

Ta’lim texnologiyasini o’rganishda zamonaviy elektron vositalarga to’xtalmay bo’lmaydi. Ularni ta’lim innovatsiyasining strategik elementlari deb atash mumkin. Odatiy ta’limda o’qitishning fanlararo modeli xos bo’lib unda fanlar keragidan ortiq ma’lumotlarga ega. Innovatsion o’qitish strategiyasi ta’lim-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishni ko’zda tutadiki unda avvalgiday pedagog yetakchi element hisoblanadi, faqat uning bakalavr o’qituvchilarga va o’ziga bo’lgan munosabati o’zgaradi. Shu bilan bir qatorda ularning yondashuvi ham o’zgaradi. Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishda ko’p faktorlar salbiy ta’sir etadi, ularga: ta’lim muassasalarining komp’yuterlar va elektron vositalar bilan ta’minlanganlik darajasining yetarli emasligi; ular internet va boshqa axborot tarmoqlariga ulanmaganligi; ilmiy-uslubiy manbalarning yetarli emasligi (elektron qo’llanmalar, laboratoriya va ishlar, testlarning yetarli emasligi); pedagoglarning zamonaviy komp’yuter texnikasi bo’yicha malakasining yetishmasligi; bakalavr o’qituvchilarning ham komp’yuterdan yetarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari; ta’lim muassasalari rahbariyatining ta’limni bu sohasiga jiddiy e’tibor bermasliklari va h.k.



Download 134.8 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizikani o’qitishda innovatsion yondashuvlar

Download 134.8 Kb.