II. BOB. MAKTAB FIZIKASINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH METODIKASI




Download 134.8 Kb.
bet12/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
II. BOB. MAKTAB FIZIKASINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH METODIKASI.

2.1. Maktab fizikasini o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish.
Maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchilarga axborot uzatishning eng samarali usul va vositalari hisoblangan virtual ma’ruza, tajriba stendlarini yaratish hamda ulardan dars mashg’ulotlarida foydalanishni ta’minlash lozim. Bu yangi bilimlarga ega bo’lish va turli xil masalalarni hal etishga imkon beradi. Shu bilan birga bakalavr o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasini baholaydi, o’quv maqsadiga ko’ra muammolarni tanlaydi, uni hal etishda axborot va dasturiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni amalga oshiradi, ularning javobini qabul qiladi, tahlil etadi, baholaydi.

ITTning bu tamoyilida o’qituvchilar bilish faoliyatini boshqaruvchi qurilmalar ketma-ketligi yaratiladi. Pedagog mavzuni o’zlashtirishga oid dastlabki yo’llanmalar yaratadi va zarur bo’lgan murakkab holatlarda ularga individual tartibda yordam ko’rsatib, metodist-mutaxassis bilan hamkorlikda mavzuni komp’yuter yordamida o’zlashtirish dasturini tuzadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari o’qituvchilarga axborotning noan’anaviy manbalariga kirib borishning cheksiz imkoniyatlarini ochib beradi, mustaqil ishlashning samaradorligini oshiradi, ijod qilish, yaratish va turli kasb malakalarini mustahkamlash uchun mutlaqo yangi imkonoyatlar beradi, voqealar hamda jarayonlarning kontseptual va matematik modellarini tuzish vositalarini qo’llagan holda o’qitishning yangi shakllari va usullarini amalga oshirish imkonini beradi. O’quv modelini tuzish o’rganilayotgan ob’yektni aniq tasavvur etish va bakalavr o’qituvchilarda o’qitishning bu shakliga nisbatan qiziqish orttirishga, shuningdek, o’quv materialini yanada chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. Qator fanlar uchun model tuzish o’quv maqsadi bo’lib qolar ekan, pedagoglar va bakalavr o’qituvchilarga dasturlashtirish zaruratisiz interfaol asosda o’quv modellarini ishlab chiqish va o’zgartirishga imkon beruvchi instrumental dastur vositalari ishlab chiqiladi. O’qitishning axborot texnologiyalari pedagogga o’quv ishlarining alohida turlari kabi ularning har qanday yig’indisini qo’llash, pedagogga moslangan instrumental vositalar unga yangi bilimlar va texnologiyalar paydo bo’lishi bilan muvofiq ravishda o’quv, nazorat qiluvchi dasturlar mazmunini tezkorlik bilan yangilash imkonini beradi. Pedagoglar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali turli xil axborotlarni oladilar, shuningdek amalda jahondagi o’z hamkasblari bilan muomala qilishning noyob imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Bu kasbga oid muommali, birgalikda o’quv-uslubiy va ilmiy ishlarni bajarish, o’quv ishlanmalari, komp’yuter dasturlari, ma’lumotlarni ayriboshlash uchun ham juda yaxshi sharoitlar yaratadi.

O’qitishning yangi axborot texnologiyalari (YaAT) – amaliy va laboratoriyaga oid bilimlarning samaradorligini oshirish, bakalavr o’qituvchilar bilimini tekshirishning xolisligini amalga oshirish, o’zlashtirishni ko’tarish, lug’at zahirasi to’plashni tezligini oshirish, ularning axborot saviyasini kengaytirish, mikro va makro dunyosidagi voqealar va jarayonlarni, ichki murakkab texnik, biologik tizimlarni o’rganish uchun tasavvur hosil qilish, o’quv jarayoniga qimmat turadigan, noyob asbob-uskunalarning o’rnini bosuvchi komp’yuter modellaridan foydalangan holda mashg’ulotlar, laboratoriya ishlarini joriy qilish imkonini beradi.

O’qitishning axborot va komp’yuter texnologiyalari yordamida: bakalavr o’qituvchilar tayyorlash sifatini doimiy ravishda oshirib borish; o’qitishning faol metodlarini qo’llash; bakalavr o’qituvchilarning mustaqil ishlashlari uchun metodika hamda zamonaviy avtomatlashtirilgan vositalar yaratish; ularning jamoaviy o’rganish faoliyati sharoitlarida o’qitishni individuallashtirish; ularning o’quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini integratsiyalash; komp’yuter ta’lim uslubiyotining izchilligini ta’minlash; o’quv materiali mazmuni shakli va usullarini doimiy yangilanib, boyitib borilishini ta’minlash; uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida (ma’lumotnoma, bibliografik, ekspert xizmati va h.k.) o’quv jarayonining axborot bilan ta’minlanishining turli xildagi shakllarini yaratish va rivojlantirish; o’quv axborotlari va zarur dasturiy-uslubiy vositalarning markazlashgan fondining dolzarb ahvolini, uning to’ldirilishi hamda fanlar tsikllari va ularning mukammalligi darajasi bo’yicha o’quv jarayonining uslubiy yagonaligini ta’minlash uchun nusxalashtirishni saqlash; bakalavr o’qituvchilarning avtomatlashtirilgan test sinovidan o’tishlarini tashkil etish uchun zamin yaratishga erishish mumkin.

O’quv jarayonini axborotlashtirishni dasturiy va uslubiy ta’minlash EHMni qo’llashning quyidagi yo’nalishlariga bo’linadi:


  • bilimlarni nazorat qilish;

  • vazifalarni hal etish bo’yicha trenajer;

  • o’quv materiallari to’g’risidagi axborot ma’lumotnoma tizimlarini qo’llash;

  • pedagog dasturlardan foydalanish;

  • modellashtiruvchi dasturlar, chizma o’quv-ma’lumotnoma tizimlari, o’yinlari, matnlar muharrirlari bilan ishlash;

  • o’quv-modellashtirish muhiti, mul’timedia tizimlardan foydalanish.

Mul’timedia mahsulotlari ta’lim tizimidagi o’quv faoliyatining turli shakllarini axborot bilan qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan. Ular fanlar bo’yicha ma’ruzalar o’qish (komp’yuterdan mavzuga oid sonli, chizma va boshqa ko’rgazmali materiallarni ko’rsatish uchun “E’lonlarning elektron doskasi” sifatida foydalanish); amaliy mashg’ulotlar o’tkazish. Mul’timedia-materiallar bakalavr o’qituvchilar tomonidan o’rganilayotgan darsga oid mantiqiy vazifalarni mustaqil echish malaka va qobiliyatlarni egallashning vositasi sifatida foydalaniladi. Laboratoriyalarda bakalavr o’qituvchilar qiyin namoyon bo’ladigan jarayonlar va ko’rinishlar: atom yadrosining parchalanishi, kristallarning o’sishi va shakllanishi, astronomik ko’rinishlar, konstruktorlik ishlanmalarni kuzatish imkonini beradigan komp’yuterda modellashtirish vositalaridan foydalanadilar; imtihonlar, kurs va diplom ishlarini himoya qilish kabilarda bakalavr o’qituvchilarning bilim hamda qobiliyatlarini nazorat qilish; ilmiy va kasbiy malakani oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy seminarlar, konferensiyalar va ko’rgazmalar o’tkazish; mul’timediadan masofali o’qitishda foydalanish. Mul’timedia tizimi: materiallarni o’zlashtirish tezligini mustaqil boshqarish imkonini beradi; kasbiy malaka va qobiliyatni mustahkamlovchi alohida hollarni ko’p marta takrorlash imkonini beradi; mustaqil, matn, mul’tiplikatsiya jo’rligida bakalavr o’qituvchilarga ularning bilim va intellektini rivojlantirib, boyitib kuchli ruhiy ta’sir etadigan jahon adabiyoti, me’morchilik, haykaltarosh durdonalari, shuningdek, tarixiy qadriyatlarni ommalashtiradi.

Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug’i tashkil etadi:



  1. Kinofil’mlar, magnit disklar kabilarning paydo bo’lishi;

  2. Axborotni Yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo’yicha muhim cheklashlarsiz etkazilishining ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholini aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televideniya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo’ldosh aloqa, telefon va internet tarmog’i kabilar);

  3. Axborotni komp’yuterlar yordamida berilgan algoritm bo’yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkoni (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.k.).

Hozirga zamon axborot texnologiyalarini amalga oshirishning eng muhim misollari videoteks, teleteks, elektron pochta kabi sistemadir. Komp’yuter texnikasi hozirgi vaqtda tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Bu eng avvalo operativ xotira hajmi (2 Gbtdan ortiq), vinchesterli disketlar tashqi xotirasi hajmi (500 Gbt) kabi texnik xarakteristikalarning yangilanishiga xos bo’lib, ularda tezkorlik oshmoqda. Bundan tashqari lazerli printerlar, yuqori hal etish qobiliyatiga ega o’lgan rangli monitorlar, bosma plotterlar keng tarqaldi. Video va optik disklardan foydalanish matnli grafik axborotni bir vaqtda birgalikda yozish imkonini beradi, shu bilan birga uni qayta tiklashda yuqori sifatli tasvir hosil bo’ladi. Magnit yozuvdan farqli o’laroq, optik disklardagi yozuv istalgan sondagi qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Komp’yuterlar ishining programma matematik ta’minoti yuqori texnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim yo’nalishi bo’lmoqda. Elektron pochta qog’ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bo’lib, aslida hujjatli xabarlarni to’plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari sistemasidir. Uning asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi axborot xizmati ko’rsatish amalga oshirilgan. Telekonferensiyalar zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo’la oladi. Uni o’tkazish uchun quyidagi apparaturadan foydalaniladi: terminallar, televizion kameralar, videomagnitofonlar, komp’yuterlar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Telekonferensiyalarning afzalliklari quyidagilardan iborat: dolzarb masalalarni muhokama etilishini tezkorlik bilan tashkil etish imkoniyati; muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan (grafiklar, chizmalar, matnlar va h.k.) foydalanish imkoniyati; turli masalalarni muhokama etishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini juda kengaytirish imkoniyati; xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotlardan foydalanish imkoniyati va h.k. Ma’lumki, hozirga zamon texnik vositalari masofadan turib mukammal aloqani ta’minlaydi, ya’ni og’zaki va noog’zaki kommunikatsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud. Masofadan turib ta’lim berish komp’yuter telekommunikatsiyalarini zamonaviy texnik vositalaridan foydalanishga asoslanadi. Masofadan turib ta’lim berish axborot bazasini boyitish, bakalavr o’qituvchilar bilan muassasa o’rtasidagi o’zaro munosabatni jadallashtirish, ta’limning metodik boyligini to’ldirish imkonini beradi. Masofadan turib ta’lim berishni tashkil etishning asosiy man-balari quyidagilar hisoblanadi: o’quv axborotini bakalavr o’qituvchilarga yetkazish; pedagog bilan o’zaro aloqani amalga oshirish; zaruriyatga qarab masofadan turib guruhli ishlashni ta’minlash. Masofadan turib ta’lim berishni amalga oshirish, tashkiliy, metodik o’quv, axborot-texnik, moliyaviy va ishlab chiqarish tadbirlari majmuini talab etadi. Uni samarali amalga oshirish uchun birinchi bosqichda bir yoki bir necha ta’lim muassasalari huzurida masofadan turib ta’lim berishning butun texnologiyasi ishlanadigan masofadan turib ta’lim berishning pilot markazlarini tashkil etish zarurdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik va axborot bazasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, mustahkamlash va ularni takomillashtirish, o’quv jarayonlarini darsliklar, o’quv qo’llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va zamonaviy ITT lar bilan ta’minlash masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Bularni hal etishda ta’lim sifatini oshirish va bu borada zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, raqobatbardosh bakalavr o’qituvchilarni tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish kerakli bilimlar va yetarli ko’nikma hosil qilishlarida o’quv laboratoriyalar ishini rivojlantirish, ularni yangi, eng zamonaviy qurilmalari bilan ta’minlash, virtual komp’yuter texnologiyalarini keng qo’llash lozim. Virtual stendlar tajriba qurilmalari va o’quv laboratoriyalarining imkoniyatlarini oshiradi. Bu stendlarning an’anaviylaridan asosiy farqi sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: jarayonlarni tubdan kuzatish imkoniyati bunda jarayonlarni real sharoitda kuzatishlarga ega bo’lish; o’qitishning ommaviyligi-masofaviy o’qitish texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish; ta’lim muassasalarini tadqiqot tajriba qurilmalari bilan jihozlashda talab etiladigan moliyaviy xarajatlarning kamligi. Ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari va masofaviy o’qitish markazlarini tashkil etish, malakali dasturchilar, dizaynerlar va tajribali pedagoglardan ishchi guruhlar tuzish, virtual laboratoriyalarning turi va tizimini belgilash, xorijiy va rivojlangan ta’lim muassasalaridan kerakli vositalar va dasturiy ta’minotlarni olish – virtual stendlarni keng tatbiq etishning asosiy omilidir.


Download 134.8 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB. MAKTAB FIZIKASINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Download 134.8 Kb.