Metodik mahoratini oshirish




Download 134.8 Kb.
bet13/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
2.2. Metodik mahoratini oshirish.

Maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchilar mahoratini oshirish avvalo ularning maxsus kasbiy salohiyatiga bog’liq. Maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qitiladigan fanlarning soati ko’pligini inobatga olgan holda ular bilimini oshirish muammosini ham har xil yo’llar bilan hal qilish zarur. Ammo, ularning metodik mahorati shunday universal komponentlarni o’z ichiga qamrab oladiki, ushbu komponentlardan turli o’quv fanlari pedagoglari foydalana oladilar va bu yo’nalishda ular tez vaqtda yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Bu fanni rivojlanishi bilan uning metodlarining rolini ortib borishi bilan belgilanadi. Metodlarsiz qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi, belgilangan mazmundagi ishni amalga oshirib, o’qitishni bilish faoliyati bilan to’ldirib bo’lmaydi. Salohiyat aniq fan yo’nalishida aniq ishni samarali bajarish uchun zarur bo’lgan o’ziga xos xususiyatni bildiradi. Salohiyat tushunchasi o’z ichiga maxsus bilimlar, o’ziga xos ko’nikmalar, fikrlash usullarini va o’z harakatlariga javobgarlikni tushunishni qamrab oladi. Yana shu ham ma’lumki, bakalavr o’qituvchilar o’tkazilayotgan mashg’ulotlardan, o’zi qilayotgan ishidan qoniqish hosil qilishi ham juda katta ahamiyatga ega. Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila olish kerak. Tarbiyalash qonunlari va tamoyillarini uning tarkibiy qismlarini bilish kerak. Ta’lim-tarbiya jarayonining samarali texnologiyalaridan foydalanishni bilish, har bir aniq holat uchun ularni tanlash, jarayonni berilgan daraja va sifatida loyihalashni bilish kerak. Bakalavr o’qituvchilarning mahorati shunda ifodalanadiki, unda eng avval u o’quv jarayonini shunday tashkil qiladiki eng qiyin barcha sharoitlarda ham o’zining talabalarining zaruriy tarbiyalanganlik darajasi, rivojlanishi va bilimlarga ega bo’lishga erishishadi. Haqiqiy o’qituvchi har qanday savolga nostandart javob topadi, talabaga alohida yo’l topa oladi, fikrini uyg’otadi, uni to’lqinlantiradi. Bunday o’qituvchi o’z fanini chuqur biladi, zamonaviy adabiyot, madaniyat, sport yaigiliklarini biladi, xalqaro voqealarni tahlil qila oladi.



O’qituvchi mahoratining ma’nosi – uning shaxsiy madaniyati, bilimi va dunyoqarashini qorishmasi, uni har tomonlama nazariy tayyorligi, o’qitish va tarbiyalash usullaridan ustalik bilan foydalanish, zamonaviy texnika va tajribani qo’llashdir. Pedagogik mahoratni ahamiyatga ega omillaridan biri – bakalavr o’qituvchilarning yuqori darajadagi pedagogik texnikasidir. Mohir o’qituvchi pedagogik usullarni aksariyatiga ega bo’lib, ulardan eng samarali va kerakligini tanlab olib maqsadga erishadi. Pedagogik texnika – pedagog alohida olingan bakalavr o’qituvchiga yoki butun guruhga ta’sir uchun kerak bo’lgan bilim, mahorat va ko’nikmalar majmuasidir. Pedagogik mahoratni asosiy qismi – bu pedagogik texnikaga ega bo’lishdir, u maxsus amaliy tayyorgarlikni, pedagogika va psixologiyadan maxsus va chuqur bilimni talab qiladi. Avvalo bakalavr o’qituvchilar talabalar bilan muloqot qilish san’atiga, ular bilan muloqot qilishda lozim bo’lgan uslub va ohang topa bilish, ya’ni ularga individual yondashuv topa olish kerak. Ular bilan munosabatda oddiylik va tabiiylik lozim. Ular bilan sun’iy ohangda gaplashish mumkin emas. Maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchining zamonaviy metodik salohiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi: u faqat boshqa fanlarni o’qish bilan cheklanmasdan, o’zini ta’limi bilan ham shug’ullanadi; uning ishi faqatgina o’quv dasturda ko’zda tutilgan ma’lumotni egallab olish bilan cheklanmaydi. Turli usullarni qo’llab, o’quv jarayonida faol qatnashishga harakat qiladi. Buning uchun u o’zining hattiharakatining an’anaviy modelini o’zgartirishi, o’zi ko’proq interaktiv bo’lishi kerak; bakalavr o’qituvchi informatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi kerak, chunki hamma yangi o’quv metodlari va shakllar ular bilan bog’liqdir; o’quv jarayonini tashkil etish ba’zi bir muomala ko’nikmalarini, kommunikabellikni, mustaqil qarorlarni qabul qilishni, o’z faoliyatini natijalarini tanqidiy baholagani talab qiladi; internet, masofaviy o’qitish rivojlanishi va ulardan foydalanuvchilarni soni ko’payishi bilan maxsus, ushbu foydalanuvchilarni o’qita oladigan mutaxassis – pedagoglar kerak bo’ladi. Kundan-kunga ma’lumot oshib borayotgani bilan tushunarli bo’ladiki, oliy ta’lim muassasalarida bakalavr o’qituvchilarga kerak bo’ladigan narsalarni hammasini o’rgatib bo’lmaydi. O’zlashtirilgan ma’lumot juda tez eskirib qolayapti, chunki har kuni yangi ma’lumotlar chiqayapti. Bu sharoitlarda mustaqil ravishda ma’lumotni o’zlashtirish va baholash va shundan kerakli xulosalar chiqarib olish xususiyati juda katta ahamiyatga ega bo’lib qolmoqda. Shuning uchun o’quv jarayonini asosiy vazifasi bo’lib, samarali o’qishga o’rgatish bo’lib qoladi deb aytsa bo’ladi. Buning yechimi fikrlashni rivojlanishini samarali strategiyalarini o’zlashtirishdir. Agar qatnashchilarni faol ishtiroki va bildiralayotgan fikrlarga hurmat bilan qarash tashkil etilsa, seminar mashg’ulotlari o’qituvchida savollarni muhokama qilish uchun eng qulay sharoit yaratadi. Albatta, kerakli ma’lumotlarni o’zlashtirish bilan bir qatorda ayni hozirgi hayotda o’z fikrini shakllantirish va uni isbotlash, o’z fikrlarini boshqalarga yetkazib berish, muzokarada ishtirok etish, boshqalarni fikrini qabul qilish va bo’ladigan voqealarni bashorat qilishni bilish ahamiyatga ega.


Download 134.8 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Download 134.8 Kb.