TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 134.8 Kb.
bet21/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
X O T I M A

Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchilar mahoratini oshirish avvalo ularning maxsus kasbiy salohiyatiga bog’liq. Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qitiladigan fanlarning soati ko’pligini inobatga olgan holda ular bilimini oshirish muammosini ham har xil yo’llar bilan hal qilish zarur. Ammo, ularning metodik mahorati shunday universal komponentlarni o’z ichiga qamrab oladiki, ushbu komponentlardan turli o’quv fanlari pedagoglari foydalana oladilar va bu yo’nalishda ular tez vaqtda yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Bu fanni rivojlanishi bilan uning metodlarining rolini ortib borishi bilan belgilanadi. Metodlarsiz qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi, belgilangan mazmundagi ishni amalga oshirib, o’qitishni bilish faoliyati bilan to’ldirib bo’lmaydi.

Salohiyat aniq fan yo’nalishida aniq ishni samarali bajarish uchun zarur bo’lgan o’ziga xos xususiyatni bildiradi. Salohiyat tushunchasi o’z ichiga maxsus bilimlar, o’ziga xos ko’nikmalar, fikrlash usullarini va o’z harakatlariga javobgarlikni tushunishni qamrab oladi. Yana shu ham ma’lumki, bakalavr o’qituvchilar o’tkazilayotgan mashg’ulotlardan, o’zi qilayotgan ishidan qoniqish hosil qilishi ham juda katta ahamiyatga ega.

Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila olish kerak.Tarbiyalash qonunlari va tamoyillarini uning tarkibiy qismlarini bilish kerak.Ta’lim-tarbiya jarayonining samarali texnologiyalaridan foydalanishni bilish, har bir aniq holat uchun ularni tanlash, jarayonni berilgan daraja va sifatida loyihalashni bilish kerak. Bakalavr o’qituvchilarning mahorati shunda ifodalanadiki, unda eng avval u o’quv jarayonini shunday tashkil qiladiki eng qiyin barcha sharoitlarda ham o’zining talabalarining zaruriy tarbiyalanganlik darajasi, rivojlanishi va bilimlarga ega bo’lishga erishishadi. Haqiqiy o’qituvchi har qanday savolga nostandart javob topadi, talabaga alohida yo’l topa oladi, fikrini uyg’otadi, uni to’lqinlantiradi. Bunday o’qituvchi o’z fanini chuqur biladi, zamonaviy adabiyot, madaniyat, sport yaigiliklarini biladi, xalqarov oqealarni tahlil qila oladi. O’qituvchi mahoratining ma’nosi - uning shaxsiy madaniyati, bilimi va dunyoqarashini qorishmasi, uni har tomonlama nazariy tayyorligi, o’qitish va tarbiyalash usullaridan ustalik bilan foydalanish, zamonaviy texnika va tajribani qo’llashdir.

Pedagogik mahoratni ahamiyatga ega omillaridan biri – bakalavr o’qituvchilarning yuqori darajadagi pedagogik texnikasidir. Mohir o’qituvchi Maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchilarni tayyorlash jarayonida innovatsion metodlar orqali tushunchalarni shakllantirish muhim ilmiy, pedagogik muammo hisoblandi. Buning uchun, yangi o’qitish metodlari, jumladan innovatsion metodlardan foydalanish zarur.

Pedagogikada o’qitish metodlarini tasnif-lashga yagona yondashuv mavjud emas. O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha tasniflash ancha oddiy bo’lib, ular amaliyotda keng tarqalgan. Bu belgi bo’yicha metodlar qo’yidagi uch guruhga bo’linadi: og’zaki, ko’rsatmali va amaliy metodlar. Bu metodlar o’zaro bog’liq bo’lganligi sababli ularni doim ham aniq chegaralab bo’lmaydi.

Maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan metodning samaradorligini belgiladi.Pedagogning roli o’qituvchilarning o’qishiga mohirona rahbarlik qilishdan iborat bo’ladi.

Shunday qilib, maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish maqsad va vazifalarini qayta ko’rib chiqish, ularni zamonaviylashtirish bugungi kun talabi. Chunki, hozirgi kunda bu ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar, chuqur bilimli, o’z qobiliyati va imkoniyatlarini to’la ishga sola biladigan o’qituvchilarni faoliyat ko’rsatishini talab qilmoqda. Shunday ekan, o’qituvchilar tayyorlash faoliyati va uning me’yoriy huquqiy asoslarini; bakalavr o’qituvchilarni tayyorlash metodlari, vositalari va shakllarini; ular faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishni, ta’lim olishga bo’lgan tashabbuskorlik-ijodiy munosabatni shakllantirishni; ularning o’z salohiyatini namoyon etishiga sharoitlar yaratib berishni innovatsion yondashuvlar asosida amalga oshirilsa albatta kelajak uchun bilimli, malakali, fidoiy, o’zkasbining ustasi bo’lgan o’qituvchilarni etishtirib chiqarish mumkin.




Download 134.8 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 134.8 Kb.