TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 134,8 Kb.
bet19/28
Sana29.05.2021
Hajmi134,8 Kb.
#14641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
J, g, sm

Energiya – J, kJ,m, sm

J, kJ

m, sm

Bosim – Pa, N, m/s, km

Pa

N, m/s, km

Masalan, ta’limning an’anaviy va noan’anaviy shakli haqidagi matn o’qilganidan so’ng, birinchi guruh T - sxemani chizib, uning chap tomoniga an’anaviy ta’limning afzalliklarini berilgan vaqt davomida ko’rsatib berishadi. So’ngra shuncha vaqt ichida bu fikrga qarshi bo’lgan fikrlarni, ya’ni an’anaviy ta’limning kamchiliklarini ko’rsatib o’tishadi. Ikkinchi guruh xuddi shunday sxemada noan’anaviy ta’limning afzallik va kamchiliklarini tahlil qiladi. Guruhlarning chizmalari taqqoslanib, so’ngra butun sinf bilan T- sxema tuziladi va muhokama etiladi. Buni quyidagi 2.3.6-jadvalda berish mumkin:

2.3.6-jadval.

Ta’limning an’anaviy shakli

Ta’limning noan’anaviy shakli

Afzalligi

Kamchiligi

Afzalligi

Kamchiligi

+

-

+

-

Yoki dars turlarini o’tganda har bir dars turidagi pedagog va bakalavr o’qituvchilar faoliyatini quyidagi T- sxema asosida tahlil etish mumkin:

2.3.7-jadval.


Yangi bilim berish darsi

O’quv materialini mustahkamlash darsi

Takrorlash va umumlashtirish darsi

Aralash dars

Pedagog faoliyati

Bakalavr o’qituvchi faoliyati

Pedagog faoliyati

Bakalavr o’qituvchi faoliyati

Pedagog faoliyati

Bakalavr o’qituvchi faoliyati

Pedagog faoliyati

Bakalavr o’qituvchi faoliyati


Keys-stadi metodi

O’quv muammoli vaziyat (o’quv keysi) tashkil etishning maqsadi auditoriyada aniq muammoli vaziyatni mavjud imkoniyatlar va tavakallikni hisobga olgan holda muqobil echimlarini muhokama qilish orqali qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iboratdir. Bu metodni samarali qo’llash o’quv guruhiga muammoli vaziyatni muhokama qilish imkoniyatini berish orqali bakalavr o’qituvchilarning anglash faoliyatini faollashtiradi, o’z bilimi va g’oyasini mujassamalashtirish, muhokama jarayoni va mazmunini kuzatish uchun sharoit yaratadi.

Ma’lumki, o’qitishning dastlabki bosqichlarida bakalavr o’qituvchilar juda ham faol bo’lmasdan o’z fikrlarini ochiq bayon etishga qodir bo’lmaydi. Bunday to’siq ularga ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Ko’pincha shunday hollar bo’ladiki, pedagog vaqtning tig’izligi tufayli bakalavr o’qituvchilar bilan suhbat-muloqat yoki to’liq savol-javob o’tkaza olmaydi. Ana shunday hollarda zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan biri bo’lgan keys-stadi metodidan foydalanish mumkin.

Keys stadi - bu yechilishi zarur bo’lgan muammoni qamrab olgan haqiqiy vaziyat ifodasi; bakalavr o’qituvchilar tomonidan muhokama qilinishi mumkin bo’lgan va odatda qaror qabul qiluvchi menejer nuqtai nazaridan bayon etilgan vaziyat; auditoriyada mavjud imkoniyatlar va tavakkalni hisobga olgan vaziyat bo’yicha qaror qabul qilish muhitini tashkil qilish; kelgusida aniq tadqiqotlar o’tkazish uchun manba. Bu metoddan foydalanish usullari. Yakka holda namoyish qilish. Jamoa tomonidan namoyish etish. Guruhlarda muhokama qilish va so’ngra sinfda muzokara o’tkazish. Ishbilarmonlik o’yini. Keys-stadi metodi muhokamasi tartibi. Keys-stadi muhokama qilishni quyidagi ketmaketlikda o’tkazish lozim: keys-stadi mazmuni bilan shaxsan tanishish; kichik guruhlarda muhokama qilish («Sindikat» usuli); guruhda umumiy muhokama o’tkazish. Keys-stadi muhokamasida e’tiborni quyidagilarga qaratish tavsiya etiladi: qaralayotgan keys-stadining asosiy maqsadini aniqlash; undagi vaziyatni haqiqiy holatlar bilan taqqoslash imkoniyatini ko’rib chiqish; mumkin bo’lgan tuzoqlarni aniqlash, ya’ni ikkinchi darajali masalalarni muhokama qilish, noto’g’ri qarorlar qabul qilish; auditoriya uchun tushunarsiz ma’lumotlarni aniqlash; keys stadida bayon etilgan muammoni yechishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotni aniqlash; undagi muammon echish uchun oraliq qadamlarni ilg’ab olish; muammoni hal etishning muqobil yo’llarini belgilash; keys-stadi muhokamasi vaqtini aniqlashtirish; munozarani tugatish tartibini belgilash; yakuniy izohlash va munozara natijasini xulosalash.





Download 134,8 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Download 134,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 134,8 Kb.