TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 134.8 Kb.
bet17/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Darsning maqsadi: Yangi mavzuga aloqador o’tilgan mavzuni mustahkamlash, ko’nikma hamda malakalarini shakllantirish.

Darsni tashkil etish: Yangi mavzuni o’zlashtirishning samaradorligiga erishish uchun o’tilgan mavzular yuzasidan qisqacha takrorlash mashqlari o’tkaziladi. Uni quyidagicha tashkil etish mumkin: N’yuton haqida nimalarni bilasiz? Dunyoga mashhur fizikaviy qonunlarning nomini sanang. Ularga ta’rif bering. N’yutonning 2-qonuniga misollar keltiring. Undan qayerda foydalanish mumkin? O’tilgan mavzuni takrorlash bilan bo’lajak bakalavr o’qituvchilari ongida yangi mavzuni o’zlashtirishga zamin hozirlanadi. Bu esa yangi mavzuni o’zlashtirishning samaradorligini ta’minlaydi. Klaster metodiga asosan, guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Har bir guruh a’zosi biror-bir g’oyani ilgari suradi, shundan so’ng barcha g’oyalar uyg’unlashtiriladi. Buning uchun pedagog bo’lajak bakalavr fizika o’qituvchilarini 3 yoki 4 guruhga bo’ladi. Ularga muayyan mavzuni aytadi. Mazkur mavzuni puxta o’zlashtirgunlariga qadar bosib o’tiladigan yo’lning namun04asini keltiradi. Qonunning o’rnini aniqlagunga qadar bo’lajak bakalavr fizika o’qituvchilari quyidagi muammolar yuzasidan erkin, ochiq o’ylash, fikrlash imkoniyatiga egadirlar: Qonunning o’rni qanday bo’lishi kerak? U nimaga bog’liq? Bu masalalar yoritilgan plakat yozuv taxtasiga ilib qo’yiladi.

Darsning borishi: Takrorlash uchun avvaldan tuzib qo’yilgan savollar beriladi. Bakalavr o’qituvchilar shu orqali o’tilgan mavzuni takrorlab olishadi. Pedagog yuqorida keltirilgan metoddan foydalanib, aytilgan fikrlarini o’rtaga tashlaydi. Mazkur bosqichlar bajarib bo’lingach, endi guruhdagilar o’z fikrlarini uyg’unlashtiradilar, ular o’rtasidagi aloqalarni topib bitta andozaga soladilar. Pedagog hamda boshqa guruh a’zolarining hukmiga havola etadilar. Buning uchun har bir guruhdan vakil saylanadi. Guruh tomonidan jamlangan g’oyalar turkumi o’qib eshittiriladi.

Klaster metodi bo’yicha keltirilgan ushbu bosqichlar bosib o’tilgach, bo’lajak bakalavr fizika o’qituvchilari o’z-o’zidan yangi mavzuni tushunib oladilar. Chunki, bu yerda hamma g’oyalarni pedagog emas, balki o’zlari o’ylab topadilar. Bu yerda har tomonlama qarashlar, g’oyalar o’rtaga tashlanadi va masalaning yechimi izlanadi.yechimni topish uchun izlanish davomida yangi bilim va ma’lumotlar, mavzuga tegishli muhim jihatlar ochiladi, o’zlashtiriladi. Bu metod bakalavr fizika o’qituvchilarining mustaqil, erkin fikrlash malakalarining takomillashtirish bilan birga ularning ijodiy mushohada etish salohiyatini ham rivojlantiradi. Mashg’ulot so’ngida pedagog ularning g’oyalarini ma’lum xulosaga keltiradi va e’lon qiladi. Ularning bilimi baholanadi, faol ishtirokchilar rag’batlantiriladi.



Uyga vazifa: ma’lumki, bakalavr o’qituvchilarini tayyorlash jiddiy masaladir. Buning uchun ulardan bilim, malaka, fidoiylik, o’z fikriga ega bo’lishlik, muammolarga aniq yechim topa olishlik kabilar talab etiladi. Ana shunday talablarga javob bera oladigan o’qituvchilarni tayyorlashda faol metodlardan bo’lgan klaster metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning bu faol metodini barcha ta’lim muassasalarida bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda qo’llash mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, interfaol metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va bakalavr o’qituvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.



Insert metodi.

Insert metodi tushunishni kuzatish vositasidir. U o’quv jarayonida o’z anglashini faol kuzatish uchun bakalavr o’qituvchilarga imkoniyat beradigan kuchli vositadir, chunki shunday hollar borki, odam matnni oxirigacha o’qib, u yerda nima yozilganligini eslab qololmasligi mumkin. Bu esa nima o’qiyotganini tushunmay, o’qish jarayonida faol bo’lishga qatnashmaydigan va o’z anglashini kuzatmaydigan hollarning misolidir. Insert - bu matn bilan ishlaganda faollikni qo’llab - quvvatlash uchun kuchli vositadir. Bakalavr o’qituvchilar matn bilan ishlayotganda bir qator belgilarni qo’yib boradi, ular esa quyidagi ma’nolarni bildiradi:

“V”-bilganlarimni tasdiqlaydi; “+”-yangi axborot; “-“- bilganlarimga zid keladi; “?”-meni o’ylantirib qo’ydi.

Matnni insert metodida o’rganganda quyidagi 4-jadvaldan foydalanish mumkin:

2.3.3-jadval.

«V»

« - »

« + »

« ? »

«ha» - o’qiganlaringizdan aniq bilgan yoki bilaman deb o’ylagan ma’lumot.

«manfiy» - o’qiganlaringiz, bilganlaringizga qarama-qarashi ma’lumot.

«musbat» - o’qiganlaringiz orasida siz uchun yangi bo’lgan ma’lumot.

«savol» - o’qiganlaringizdan siz uchun tushunarli bo’lmagan yoki shu haqda ko’proq narsa bilishni istagan ma’lumot.




Download 134.8 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 134.8 Kb.