TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 134.8 Kb.
bet20/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Konseptual jadval: Bu usul ikki yoki undan ko’p jihat ko’rsatkichlarni taqqoslashda juda yaxshi samarali bo’lib, bunda jadval tuziladi: gorizontal bo’yicha taqqoslanadigan tushunchalar vertikal bo’yicha esa, ularning taqqoslanadigan turli jihat va xossalari joylashtiriladi. Masalan: kasblarni psixologik turkumlanishi mavzusiga oid konseptual jadvalni quyidagi 2.3.8-jadvalda berilganidek tasvirlash mumkin:

2.3.8-jadval.

Kasblarni psixologik turkumlash.

Kasbiy

muhit


Shaxs

Tipi


R

I

S

K

T

B

Realistik (R)

+ +

+

-

- +

- -

- -

Intellektual (I)

+

+ +

-

+

- -

+

Sotsial (S)

- -

-

+ +

-

+

+

Konversion (K)

+

-

-

+ +

+

- -

Tadbirkor (T)

-

- -

+

-

+ +

-

Badiiy (B)

-

+

+

+

-

+ +

Izoh: (++) - shaxs tipi atrof-muhitga juda yaxshi moslashadi.

(+ ) - shaxs tipi atrof – muhitga yaxshi moslashadi.

(- -) - shaxs tipi atrof-muhitga umuman moslasha olmaydi.


Texnik diktant: Texnikaga oid matndagi ayrim so’zlar, formula yoki biror fikr tushirib qoldirilib aytib beriladi. Bakalavr o’qituvchilar esa, har bir bo’sh qolgan joyga oid javoblarni o’zlari topib yozib boradilar. Texnik diktantni barcha fanlardan qo’llash tavsiya etiladi, masalan: mexanikaning harakatlarni yuzaga keltiruvchi tashqi ta’sirlarga bog’lab o’rganuvchi bo’limi ________ deyiladi. Uni kuzatish va tajribalar asosida ingliz fizigi _______ochgan va________ ta qonunni yaratgan. Dinamikaning asosiy vazifasi harakatni yuzaga keltiruvchi ______larni aniqlashdan iborat. Hozirgi zamon kosmonavtikasida ________ kemalar o’rnini, ______ni aniqlashni_____qonunlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Yuqorida keltirilgan metodlar bilan bir qatorda faol o’qitish metodlari sirasiga kiruvchi ishbilarmonlik yoki boshqaruv deb yuritiluvchi o’yinlar iqtisodiy bilim va ko’nikmalar hosil qilishda o’z samarasini ko’rsatadi. Ishbilarmonlik o’yinlari - faol o’qitish metodlaridan biri bo’lib, u real o’rganilayotgan ob’yektni to’g’ri anglash maqsadida tahsil oluvchining u yoki bu vaziyatini o’yin holida talqin qilishga qaratilgan usuldir.

Komp’yuterli ishbilarmonlik o’yinlari ham o’z mohiyati bo’yicha muayyan faoliyat motivi, unda aqliy operatsiyalarning ishtiroki va hissiy ko’rinishi jihatidan muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga mo’ljallanadi. Bu o’yinlar quyidagi maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi: o’quv maqsadlariga, ya’ni o’quv jarayonida mutaxassislarni tayyorlash va iqtisodiy bilimlar tizimini o’zlashtirishga; ilmiy-izlanuv, boshqaruv tajribasini tahlil qilishga; joriy faoliyat natijasida vujudga keladigan muammolarni va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo’ljallangan real axborot materialiga tayanishga va h. k.

Yuqorida keltirilgan innovatsion metodlar orqali o’qituvchilarda asosiy tushunchalarni shakllantirish quyidagi holatlarda ijobiy kechadi: birinchidan: muammoli vaziyatlarni mashg’ulot boshlanishida bakalavr o’qituvchilarga taklif etish yoki predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berish; ikkinchidan, muammoli vaziyatlar orqali ularning qiyinchiliklarni yengish, innovatsion metod va harakatlarni izlab topishni talab qilish; uchinchidan ularning motivatsion doirasiga ta’sir o’tkazish, ya’ni ichki harakatlanuvchi kuchini yuzaga keltirish, fanga bo’lgan qiziqishini orttirish; to’rtinchidan, ularning kreativ (noyob, standartli bo’lmagan) qobiliyatlarini kamol toptirish, ularda mantiqiy o’ylash, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; beshinchidan, ularni mustaqil fikrlab, to’g’ri xulosa chiqarishga tayyorlashadi; oltinchidan, hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni tahlil etib, undan chiqib ketish darajasiga tayyorlash. Bu metodlar bakalavr o’qituvchilarda jahon andozasiga mos bilimlarni egallashlariga imkon beradi.

Innovatsion metodlar orqali bilimlarni egallashga qaratilgan darslarda pedagog bakalavr o’qituvchilarda o’z fikrlarini erkin ifodalashlari, axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga, o’z mavqeini mustahkamlashga, fikrlarini himoya qilishga o’rgatdi. Pedagog esa mavzu bo’yicha o’quv elementlarining murakkabligi va vaqt tig’izligiga qarab chag’ishtirmog’i lozim bo’ldi.



Download 134.8 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 134.8 Kb.