TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 134.8 Kb.
bet2/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
M U N D A R I J A




KIRISH ………………………..………………………...

2

I BOB.

FIZIKANI O’QITISHDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKILLASHTIRISH..........................

10


1.1.

Innovatsion faoliyatni tashkil etish....................................

10

1.2.

Fizikani o’qitishda innovatsion yondashuvlar...................

19

1.3.

Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ayrim xususiyatlari ....................................

25


II BOB.

MAKTAB FIZIKASINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH METODIKASI ........

29


2.1.

Maktab fizikasini o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish. .........................................

29


2.2.

Metodik mahoratni oshirish...............................................

34

2.3.

Innovatsion usullardan foydalanish metodikasi ................

37




XOTIMA............................................................................

53




ADABIYOTLAR...............................................................

55




ILOVALAR.......................................................................

57


KIRISH

Mamlakat maktablari, kollej va akademik litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilaylik.

I.A.Karimov.

Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning g’oyaviy e’tiqodiga, kasb mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo’llash, o’quvchilarni o’zaro faollikka olib kelishiga bog’liqdir.

Har bir pedagog shuni doimo esda tutishi kerakki, dars o’quv-tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Tarbiyaning barcha jarayonlari har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash, birinchi navbatda dars jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda darsning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va o’qituvchilar oldiga birinchi darajali vazifa qilib qo’yilmoqda.

Hozirgi zamon darsi uchta maqsadni: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko’zda tutadi. Ammo, o’quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda o’zaro faollik, texnikani o’rganish va mehnatning roli tobora oshib bormoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda «shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi» e’tirof etilgan bir davrda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish shakl va usullari, mazmun va prinsiplarini o’rgatadi.

Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan eng muhim talab pedagogik va innovatsion texnologiyalarni dars jarayoniga olib kirib, har bir darsdagi mavzuni ilmiy asoslash, o’quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda material hajmini belgilash hamda uning murakkabligini aniqlash; avvalgi o’rganilgan materiallar bilan bog’lash; o’quvchilarga beriladigan topshiriqlar va ularning mustaqil ishlari tizimini aniqlash; darsning moddiy-texnik jihozini belgilash va ko’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish; qo’shimcha axborot vositalaridan (komp’yuter) foydalanish va darsda muammoli vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir.

Umumta’lim maktablarining darslariga qo’yiladigan eng muhim talablardan yana biri ta’lim usullari va innovatsion texnologiyalar bir-biri bilan mustahkam bog’lab olib borishning samaradorligini oshirishdir.

Barcha didaktik vazifalar (xarita, jadvallar, rasm, ranglar, matnlar, ko’rg’azmali qurollar) darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o’quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak. O’tilgan har bir darsning tahlil qilib borilishi ham katta samara beradi. Bunda darsning tahlil qilinishida ko’zlangan maqsadga erishildimi, o’quvchilar qanchalik bilim oldilar, qanday kamchiliklarga yo’l qo’yildi? Bunday tahlil darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etishga yordam beradi.

Ta’lim oluvchilarga bilim bеrishda zamonaviy ta’lim tехnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z borganda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prеzidеnti I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor” dеgan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir [1]. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarida “Fizika” o’quv fanidan innovatsion texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqilib, ta’lim tехnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida aхborot matеriallari, pеdagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalar, o’quv mashg’ulotining rеjasi, o’qitishning usul va vositalari mujassamlashtirilgan. Shuningdеk, zamonaviy fizika fani o’qituvchisi o’quv mashg’ulotlarining tехnologik xaritasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatining bosqichma-bosqich ta’rifini ham darsdan oldin tuzishi lozim. Mashg’ulotlar davomida o’quvchilarning faolligini, erkin fikrlashlarini yanada rivojlantirish maqsadida o’quv jarayoniga turli innovatsion texnologiyalari joriy etilgan. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rininib turibdiki, ta’lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul-vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. Pedagogik va innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish asosida aynan shu talablar yotadi.

Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodi va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan [2]. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilangan.

Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak.

Albatta ta’lim-tarbiya ong mahsuli. Lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning ravnaqini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq.

Oxirgi yillarda ta’limni tarbiya sohasida amalga oshirilgan ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi.

Ma’lumki, umumta’lim maktablari ta’limini asosiy bo’g’inini uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etadi. Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda avvalo ularning jahon talablari darajasiga javob berishi yuksak ma’naviyat zamirida qurilganiga asosiy e’tibor berish kerak. Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, ma’naviyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari, eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblangan [3].

Umumta’lim maktablari ta’limi bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, fizika va informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda, yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ma’lum sohani tubdan isloh qilish orqali rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimni yaratish maqsad qilib qo’yilgan [3].



Download 134.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 134.8 Kb.