Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi




Download 134.8 Kb.
bet3/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi. Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylariga” bag’ishlangan 2010 yil 30 sentyabrdagi ma’ruzasida shunday gaplarni aytgan edi: Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning“ Muallim zoti ezgulik va ma’rifat yo’lining beminnat charag’bonidir” degan hikmatli so’zlari beixtiyor esimizga tushadi. Bunday yuksak va haqqoniy baholar farzandlarimizni jismoniy va ma’naviy yetuk, barkamol insonlar etib o’stirish, voyaga yetkazishdek ezgu va ma’sulyatli ishni o’z zimmasiga olgan yurtimizdagi minglab jonkuyar ustoz va murabbiylar, hurmatli domlalarimiz sha’niga munosib ekanini barchamiz bugun chuqur anglaymiz.

Haqiqatdan ham, ko’z nuri va qalb qo’rini, butun ongli hayotini yosh avlodga va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadiryatlar ruhida kamol toptirishga bag’ishlangan bir so’z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan siz azizlar kundalik oliyjanib mehnatingiz oldida ta’zim etsak arziydi albatta.

Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, ilg’or jahon tajribasiga asoslanib hayotimiz tub yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta’lim-tarbiya sohasiga ustivor ahamiyat qaratib, bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yo’da safarbar etmoqdamiz.

Mohiyat va ahamiyatga ko’ra chindan ham noyob kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uni uzviy davomi bo’lgan ta’limni rivojlantirish dasturi bugungi kunda hayot sinovidan o’tib, o’z hosilini berayotgani, xalqaro jamiyatchilik tomonidan etirof etilayotgani barchamizga haqli ravishda g’urur iftixor bag’ishlaydi. Albatta, oldimizda turgan ezgu maqsadlarimizga erishish yo’lida yaratgan barcha keng imkoniyatlar e’tirof etilayotgan bir paytda, biz eng avvalo, bunyod etilayotgan sharoitlarga bamisoli jon va kuch berayotgan, ularni ishga solayotgan muallim va murabbiylarning og’ir va mas’ulyatli mehnatining o’rni va ahamiyatini chuqur anglab, ularni munosib qadrlash va baholash barchamizning doimiy etiborimiz markazida turishini yaxshi tushunamiz.

Biz mamlakatimizni modernizatsiya qilish, hayotizni yanada erkinlashtirish hisobidan dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirishni o’z oldimizga buyuk maqsad qilib qoygan ekanmiz, ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarini aslo bo’shaltirmasdan, yangi va yuksak bosqichga ko’tarishini zamonning o’zi talab etmoqda. Uzluksiz ta’limning poydevori hisoblangan oliy talimni rivojlantirish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini to’laqonli qondirish hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilariga zaruriy va yetarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan qator hukumat qarorlari oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan rivojlanish va o’zgarishlarga asos bo’lish bilan birgalikda mazkur sohaning o’qituvchilariga o’ziga xos talablarni belgilab beradi.

Yurtimizda boshlangan islohatlar jarayonini izchillik bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga yetkazish muammolarining asosiy yechimlaridan biri – malakali fidoiy bakalavr oquvchilarini tayyorlashdir. Bunda ularga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:



  • har bir bakalavr o’qituvchining o’z ishiga bo’lgan mas’ulyatini tubdan o’zgartirish;

  • ularda tashabbuskorlik-pedagogik faoliyatiga bo’lgan ijodiy munosabatni shakllantirish;

  • shaxsiy javobgarlikni oshirish;

  • ularni o’z sohasida kompetentli, ya’nio’z ishini ustasi bo’lishi, o’z sohasi sirlarini har tomonlama chuqur bilishi zarurligi.

Pedagogik kadrlarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish maskur jarayonning samaradorligini oshirishga zamin tayyorlaydi.

Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatni tashkillashtirish ta’lim- tarbiya jarayoniga innavatsion texnologiyalarni qo’llash quyidagi didaktik maqsadlarni ko’zda tutadi:



  • ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo’naltirish, uning Davlat ta’lim standartlari bilan belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash samaradorligini oshirish;

  • pedagogik kadrlarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini, metodik tayyorgarligini oshirish, ularni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash;

  • maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish;

  • innovatsion texnologiyalarga asoslangan mashg’ulotlatlarda faol ishtirok etishni ta’minlash;

  • innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun zarur metodik bilim, ko’nikma va malakalarni egallashiga zamin yaratish.

Yuqorida qayt etilgan didaktik maqsadlarni amalga oshirish bo’lg’usi fizika o’quvchilarni kasbiy tayyorlash, ularning metodik tayyorgarligi oshirish, maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatni tashkillashtirish innovatsion texnologiyalardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.

Bu esa bo’lg’usi fizika o’quvchilarining metodik tayyorgarligini shakllantirishda innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, ularni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashni ustuvor maqsad qilib belgilashni talab etadi.



Shu sababdan innovatsion texnologiyalar sharoitida maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatni tashkillashtirish fizika o’qituvchisining metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlariga muayyan o’zgartirishlar kiritish, uning mazmunini yangilash fizikasini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish lozim.



Download 134.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi

Download 134.8 Kb.