Malakaviy bitiruv ishining tarkibi va hajmi




Download 134.8 Kb.
bet9/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Malakaviy bitiruv ishining tarkibi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi 68 betda bayon etilgan bo’lib: kirish, 2 ta bob, xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 9 ta jadvallardan tashkil topgan.
I BOB. FIZIKANI O’QITISHDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKILLASHTIRISH.

    1. Innovatsion faoliyatni tashkil etish.

Ijtimoiy islohotlar doirasida olib borilgan ta’limdagi tub o’zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishida ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Endilikda uzluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichi ishtimoiy maqsad etib belgilangan – bo’lajak mutaxassisni jumladan, maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirishga xizmat qilmoqda.

Kuchli ta’sirchan va mustahkam o’qituvchilarni tayyorlash jarayonini faqatgina fan o’rnatgan obyektiv asoslar va amaliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin. Bu, albatta ITT bilan bog’liqdir.

Innovatsiya pedagogik muammolar yechimini izlash, ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarning borishi, xususiyatlari, mazmuni, tarkibi va klassifikatsiyasi, tekshirish natijalarini taxlil qilish bilan bog’liq.

“Innovatsiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. XX asr boshlarida biror bilim sohasiga yangiliklarni kiritish va qo’llash fani yuzaga keldi. Olimlar yangiliklar kiritish va tekshirishni uch bosqichga ajratadilar: Birinchi bosqich – yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to’sqinlik qiluvchi omillarni o’rganish va turli xil yangiliklarning empirik ma’lumotlarini tahlil qilish. Ikkinchi bosqich – yangilik kiritish jarayonining o’zini bir soha muhitidan ikkinchi sohaga olib o’tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o’rganish. Uchinchi bosqichda – tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni tahlil qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishlariga qaratish.

Hozirgi davrga kelib ilmiy adabiyotlarda qo’yiladigan innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish tizimi mavjud: yangiliklarning yuzaga kelish bosqichi, uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar natijasida kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb aytadilar; kashf qilish bosqichi, ya’ni obyekt moddiy yoki ma’naviy mahsulot namuna ko’rinishidagi yangilik yaratishdir.

Innovatsion jarayon tuzilishi yangilikni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tib borish bilan o’zgarib boradi. Shu bilan birga, yangilikning dinamik xususiyatlari va uning natija-yakuni hamda samarasiga bog’liq bo’ladi. Yangilikning yakunlanganligi yoki uning imkoniyatlari muayyan maqsadning amalga oshirganlik darajasi innovatsion jarayinning hamma bosqichlarida qanchalik muvoffaqiyatli bo’lishiga bog’liqdir. Yangilikning samaradorligini uning natijasida belgilash kerak bo’ladi.

Innovatsion faoliyatning aniq shakli va uslublarini ishlab chiqilgan. Quyidagi ana shulardan ayrimlari namuna sifatida keltiriladi: ta’lim-tarbiya faoliyatini differensiallash; ta’lim-tarbiya jarayonlarini har xil shaxs xislatiga qarab muvofiqlashtirish; har bir tarbiyalanuvchi qobiliyati va qizishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish; gamogen sinflarni tashkil etish; ta’lim- tarbiya faoliyatining qulayligi; psixologik himoya;bakalavr o’quvchilarni qanday bo’lsa, shunday qabul qilish; ta’lim- tarbiya ishlarini muvaffaqiyatini ta’minlash; mussasaning maqsadli yo’nalishlishini o’zgartirish; pedagogning shaxsiy ichki yo’l-yo’riqlari va ularni qayta yo’naltirish.

Maktab fizikasi o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish innovatsion usullar orqali tushunchalarni shakllantirish ko’p jihatdan ta’lim-tarbiya tizimini muntazam mukammallashtirishga bog’liq bo’ladi. Ularni tayyorlash jarayonida innovatsion usullardan kam foydalanish, dastur va darsliklarda muayyan topshiriqlar, maxsus metodikaning ishlab chiqilmasligi natijasida masala yechimi ijobiy hal qilinmayotganligi aniqlangan. Demak, bugungi kunda bilimli, mahoratli o’quvchilarni tayyorlashga innovatsion ta’lim texnologiyalarning samarali yo’llarini topish, ularda bilish motivlarini rag’batlantirish hamda o’qitishning shakl va mazmunini boyitgan holda erishish mumkin.

Davrni o’ta dolzarb ushbu talabidan kelib chiqqan holda respublika miqiyosida oliy ta’lim muassalarining faoliyatiga innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish borasida bir qator quyidagi ijobiy ishlarni amalga oshirish lozim.

-o’quvchilarni tayyorlashda innovatsion ta’lim texnologiyalar mohiyatidan xabordor etish imkonini yaratuvchi o’quv manbalari (darslik, o’quv qo’llanmasi, ma’lumotnoma, metodik tavsiyanoma hamda risolalar)ning yaratishga alohida e’tibor berish;

-ularni innovatsion ta’lim texnologiyalar asoslari xususidagi bilimlardan xabordor etish maqsadida ularning kasbiy malakalarini oshirishga yo’naltirilgan qo’shimcha mashg’ulotlarni tashkil etish;

-o’qtuvchilarni tayyorlashda tashabbuskor pedagoglarning innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash borasidagi ilg’or ish uslublarini keng ommalashtirish;

Mamlakatimizda ta’lim amaliyotida hozirgi zamon innovatsion ta’lim texnologiyalari (ITT) ning kirib kelishini va ulardan keng foydalanish zaruratining paydo bo’lishini bir necha sabablari bilan ifodalab berish mimkin. Birinchidan, mustaqillkka erishgach barcha sohalar singari ta’lim sohasida ham tub o’zgarishlar amalga oshirilayotganligi, umumjahon ta’lim-axbarot tizimi sari qadam qo’yishi, ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarning tobora kuchayishi. Ikkinchidan, ta’lim-tarbiyaning an’anaviy usullari hayot talablaridan orqada qolayotganligining, ta’limga yangicha, noan’anaviy yondashish kerakligini etirof qilganligi va pedagog- novatorlikning vujudga kelishi fan-texnika taraqqiyoti tasirida, o’qitishning texnikaviy vositalari keng quloch yoyishi oqibatida “texnologiya” tushunchasining ishlab chiqarishdan ta’lim-tarbiya sohasi tomon siljishi.

ITT lar ta’lim-tarbiyaning shakllari, metodlari va vositalarining tizimidan iborat bo’lib, ularga to’la amal qilinganda bakalavr o’qituvchilarini tayyorlash, o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning berilgan aniq miqdar va sifatdagi natijalarga erishishni kafolatlaydi. Vaholanki, hech bir pedagogning metodikasi berilgan miqdordagi va sifatidagi ta’lim-tarbiya natijalariga erishishga kafolat berolmaydi.

ITT lar an’anaviy o’qitish tizimiga xos bo’lgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. An’anaviy o’qitish maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchining xotirasiga, bilimlarni, ma’lumotni qanchalik esda saqlab kelishiga tayansa, ITT ularning mustaqilligiga, tafakkurining rivojlanishiga, o’z-o’zini rivojlanishiga tayanadi. Pedagog va o’qituvchilar orasidagi munosabatining avtoritaruslubda yo’lga qo’yilganligi kabilar ITT larda silliqlanadi. ITT lar pedagogik amaliyotni ma’lum darajada yuksak rivojlangan ishlab chiqarishga, uning ish printsiplariga yaqinlashtiradi. Pedagogning faoliyati aniq mazmun bag’ishlaydi, texnologik tafakkurini shakllantiradi, uni ijodga, izlanishga chorlaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonining faol ishtirokchilariga aylanadilar, o’zlari mustaqil bilim oladilar, kollektiv ravishda ta’limiy vazifalarini hal etadilar, o’z-o’zini baholaydilar, ta’lim texnologiyalarini tuzishda ishtirok etadilar. ITT lardan foydalanish ta’limda hozirda duch kelgan muammolarni to’la-to’kis hal etadi, deb hisoblash noto’g’ri sanaladi. Negaki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tinimsiz ilgarilab borar ekan, ta’lim-tarbiyada yangi muammolar paydo bo’lishi tabiiy. ITT lardan foydalanish so’zsiz pedagoglar texnologik tafakkurini rivojlantirishni, uni ta’lim-tarbiyaga texnologik yondashuvni amalga oshirish, standartlashtirish, o’qituvchilarni ITT lardan foydalanish sharoitida o’qishga, o’rgatishga tayyorlashni talab qiladi. Pedagoglarning ko’pchiligi ITT larni zo’r quvonch, yangi ijodiy kuch bilan kutib olayotganliklari bilan bir qatorda, aksariyatlari texnologik tayyorgarlikdan o’tmaganliklarini, bu muammoga jiddiy ahamiyat qaratishni ta’kidlash kerak. Mashg’ulotlarni tashkil etishda, bakalavr o’qituvchilar faoliyatini oshiruvchi, ijodiy muhitni shakllantiruvchi, mashg’ulat mazmunini ochib berishda ilmiylik tamoyiliga tayanuvchi, ularni fanga bo’lgan qiziqishini yuksaltiruvchi, Vatanga bo’lagan muhabbat tuyg’usi, o’zlikni anglashga bo’lgan intilishni kuchaytirishga qaratigan barcha fanlarning qudratini o’zida mujassamlashtirgan ITT ni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish muhimdir.

ITT muassasalarida ta’lim berishning zamonaviy ilg’or texnologiyasidir. Bu texnologiyaning maqsadi maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatni tashkillashtirish o’qituvchilarni o’z faniga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishdan iborat bo’lib: ularning fanlarni o’rganishga ijodiy yondashuvini tarbiyalash; adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o’rgatish; fanlar o’rtasidagi bog’lanishdan foydalanishni ko’rsatish vazifalarini hal etish tarzda amalga oshiriladi. ITT nomini olgan mazkur metod asosida bir qator muammolar o’z yechimini topmoqda. Harakatli rasmlar, telekonferensiya, transliteratsiya, elektron kitob kabi yangi kompyuter axborot texnologiyalari o’quv jarayonini faollashtirish uchun xizmat qilmoqda. ITT ni faqat fanga, balki texnikani o’rganishda ham ahamiyatlidir. Texnikani o’rganishda ushbu o’quv texnologiyasidan quyidagi tartibda foydalanishni tavsiya etadi: mavzuga oid materiallarni bakalavr o’qituvchilar tomonidan o’zlashtirishi uchun pedagog tomonidan texnikaviy vazifaning qo’yilishi; texnikaviy vazifani hal qilish yo’llarini ular tomonidan amalga oshirilishi. Bunda o’qituvchilar muammoli savollar va o’zining ilmiy texnikalarini yozib boradi hamda interfaol muloqot rejasini tuzadi. Mazkur interfaol metod mashg’ulot qatnashchilarini o’zaro faolligi asosida darsni tashkil etish bo’lib, u 2000-yildan boshlab respublikamizda qo’llanila boshladi. Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatni tashkillashtirish o’qituvchilarning kerakli ma’lumotni o’qib o’rganishi mustaqil talim shakllaridan biridir. Uning samarasi ko’p jihatdan pedagog va ular o’rtasidagi muloqotning natijasiga bog’liq. Demak, interfaol maruzalar katta ahamiyatga ega.

Interfaol savollarni tuzishda uning quyidagi shakllariga alohida etibor berish kerak: tahlil qilishni talab etuvchi; baholash zaruratini paydo qiluvchi; o’xshatish asosida hal etishga moyillik; amalda foydalanish imkoniyatlarini aniqlash bilan bog’liq; turli shakldagi test savollari. Shu bilan birga B.Blum hamda pedagogning faollashtiruvchi savollardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.

1.1.1-jadval.

Blum savollari.



1. Bilish (faktli-daliliy bilish ) ga oid savollar.


A) Qayerda, qachon, nima sodir bo’ldi...?.

B) qayerda o’ylashgan....?.

C) qachon..?.


2. Tushunish (manosini anglash ) ni ko’rsatuvchi savollar.



A) o’z so’zingiz bilan bayon qiling?.

B) Tavsilotini yozing?.

C) Bulardan... qaysi biri namuna?.


3. Qo’llash (amaliy ahamiyati)ga oid savollar.

A) ...qayerda, qanday qo’llaniladi?

B) Bu nima uchun sodir bo’ladi?

C) bu qonun qanday qo’llanilishi mumkin?


4. Tahlil (yaxlitligini tarkibiy qismlarga ajratish va ular orasidagi bog’lanishlarni o’rnatish)ga oid savollar.

A) Taqqoslang?

B) eng muhim xususiyatlari nima?

C) turkumlang?


5. Sintez (alohida qismlardan mantiqiy yangi yaxlitlikni vujudga keltirish)ga oid savollar.

A).....rejani tuzing?

B) buni siz qanday yaratgan bo’lar etingiz?

C) mavzuning eng muhim jihatlarini belgilang?


6. Baholash (qaror qabul qilish,xulosa yasashga undash)ga oid savollar.


A) .....munosabat bildiring?

B) namun talabga javob beradimi?, nima uchun?

C) qaysi mezonlarga asoslanib baholash mumkin?

Qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanilishiga qarab ular mustaqil fikrlashni rivojlantirishni yoki bukib qo’yishi mumkin. O’qitish jarayonini savollar yordamida boshqarish ko’nikmasi, pedagogning metodik mahoratini muhim tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ijodiy fikrlash axbarotlarni eslab qolish va so’zlab berishga oid fantologik savollar berilishini deyarli nazarda tutmaydi. Quyidagilarni bunday savollarga misol qilib ko’rsatish mumkin: Termodinamikaning ikkinchi qonunini aytib bering? Radioning ixtirochisi kim? O’quv jarayoni bunday savollarsiz kechmaydi, lekin ular nihoyatda ko’p berilmasligi kerak. Tajribali pedagog o’zining faollashtiruvchi savollar bilan ijodiy, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bakalavr o’quvchilarni mulohaza qilishga undovchi umumlashtirish, taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni anglash, g’oya xulosa va takliflarni mukammal shakllantirish uchun muayyan sharoit yaratadi. Bunday hollarda bakalavr o’qituvchilarning fikrlash darajasi ko’tariladi. Fikr qadr- qimmatiga ega ekanligini, ular umumiy tushunish va tasavvurini rivojlanishiga o’z hissasini qo’sha olishini his etadilar. Ushbu savollarni keltiramiz:

Da’vat:

“O’tilgan mavzuga oid qanday ma’lumotlarni bilasiz?”

“Bu to’risida oldindan siz nimalani bilasiz?”

“Buni sizga nima ahamiyati bor?”

“Nimani tushunmadingiz lekin uni bilishni xoxlaysizmi?”

Berilgan matinni o’qib bo’lgandan so’ng:

“Siz nimani angladingiz?”

“Bu sizga qanday sezgilarni paydo qildi?”

“Bu materialda qaysi savollar javobsiz qolgan?”

“Sizni biror taklifingiz bormi?”

Anglash fazasida:

“Bu materialdan qanday yangi ma’lumot oldingiz?”

“Bu to’g’risida sizning fikringiz qanday?”

“Buning ahamiyati nimada?”

“Sizda nima chuqurroq taassurot qoldirdi?”

“Buni sizning tajribangizga aloqasi bormi?”

“Bu yaxshimi yoki yomonmi?”

Mulohaza qilish fazasida:

“Meni bu haqidagi fikrim qanday?”

“Bundan biz qanday xulosalarga kelishimiz mumkin?”

“Bu axbarot meni bilganlarim bilan qanday bog’lanishga ega?”

“Bu g’oyalar ta’sirida mening qarashlarim qanday o’zgaradi?”

O’z taassurotlarimni qayta qurish:

“Biz bundan qanday xulosaga kelishimiz mumkin?”

“Biz bu bilmlarni qayerda qo’llashimiz mumkin?”

“Nimani qo’shib yoki chiqarib tashlash mumkin?”

“Yutiq va kamchiliklar nimada deb bilasiz?”

“O’xshash fikrlarni ham ko’rib chiqdingizmi?”

“Qanday takliflaringiz bor?”

Olgan bilmlarni baholashda Blum taklif etgan bilim darajalariga e’tibor berish yaxshi natija beradi.

1. O’qigan ma’lumotni yodlab olish.

2. O’qigan ma’lumotni tushuntirish va tushuntirib bera olish.

3. Amalda qo’llay olish.

4. Asosiy fikrni ajrata olish.

5. Olingan bilimlarni yaxlit va o’zaro aloqada sintez qilish.

6. Olingan bilimlarni kamchilik va xatolarini topa olish, ularni tuzatish uchun takliflar kiritish.

Ushbu baholash darajalarining dastlabgi uch bosqichi hunarmand darajasidagi bilimlarga ega bakalavr o’qituvchilar guruhini anqlashga imkon beradi. Kiyingi uch bosqich esa ilmiy-ijodiy faoliyatga moyil bakalavr o’qituvchilarini topishga imkon beradi.

ITT oid izlanishlarning natijalari haqidagi turli seminar va anjumanlarda aytilgan fikr-ma’lumotlar, olimlarning ibratli hayoti va faoliyati bilan bakalavr o’qituvchilarni tanishtirish, ularni bugungi kundagi dolzarb hayotiy masalalarni professional darajada yecha olishga o’rgatish, ularda fanga bo’lgan qiziqishini shu tarzda kuchaytirish muhimdir.

ITT o’qituvchilarni ilmiy-ijodiy faoliyat va mustaqil fikrlash sari undaydi. Ulardan olingan bilimlarni amaliyot bilan bog’lay olish va yangi bilimlarni egallashda turli manbalardan foydalana olish ko’nikmalarini tarbiyalaydi. Bilimlar bazasini ixchamlashga o’rgatadi. Eng asosiysi ustoz-shogird o’rtasidagi ijodiy muloqotni shakllanishiga sabab bo’ladi.

Ta’lim tizimida innovatsion jarayonlar samaradorligi hamda kadrlash tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish innovatsialarini ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta’limning an’anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo’llashga bog’liq. Ayrim hollarda samarali bo’lgan an’anaviy usullardan voz kechish holatlari sodir bo’lmoqda. Bu innovatsiyalarni tajribada sinalgan va ijobiy natija berib kelayotgan o’qitishga qarshi qo’yishdek sezilmoqda. Shuning uchun ham an’anaviy ta’lim tizimidagi ijobiy tajribalar innovatsialarga uyg’unlashtirishi maqsadga muvofiq.

Hozirgi kunda ta’lim tizimida ITT ni qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Innovatsion yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonida mashg’ulotlarni qiziqarli va samarali bo’lishini taminlaydi. Innovatsialarni samaradorligi aniqlashda o’qituvchilarning fanlar jumladan, fizika fani asoslarini o’zlashtirish natijalariga qarab fikr yuritish zarur. Hozirgi paytda ularning bilim egallashlarida axborot kommunikatsiya vositalaridan keng ko’lamda foydalanilmoqda. Ayniqsa, kompyuterda ishlash turli tarmoqlarda kerakli malumotlarni izlab topish va o’zlashtirib olish ularning qiziqarli mashg’ulotlariga aylanib bormoqda. Faqat bunda kompyuter savodxonligi mukammal bo’lishi talab etadi. Bu ham innovatsion yondashuv bo’lib, ularda maxsus bilim, ko’nikma va malakalarning tarkib topishini taqozo etadi.

Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonidagi xilma-xillik, mustaqillik, onglilik, faollik, erkin va ijodiy fikrlash, o’zini namoyon etish, ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo’lish va yangilik yaratishga intilish bo’lajak bakalavr o’qituvchilarning turmush tarziga aylanib bormoqda. Bu muammolarni hal qilishni eng samarali usuli ITT lar ekanligi ma’lum bo’ldi.





Download 134.8 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malakaviy bitiruv ishining tarkibi va hajmi

Download 134.8 Kb.