Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ayrim xususiyatlari




Download 134.8 Kb.
bet11/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
1.3. Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ayrim xususiyatlari.

Ta’lim islohotlarining dastlabki bosqichida mintaqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ITTning ilmiy-nazariy asoslari yaratilgan bo’lsa, bugungi kunda har bir oliy ta’lim muassasasi va pedagog dars mashg’ulotlariga tatbiq qilishga intilmoqda. Respublika mustaqilligiga qadar amalda bo’lgan ta’lim texnologiyalari u bakalavr o’qituvchilarni itoatkor, o’zgalar fikriga bo’ysinuvchan, yuqoridan berilgan vazifalarni so’zsiz bajaruvchi shaxs sifatida tarbiyalashga yo’naltirilgan edi. Hozirgi paytda Respublikada amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi ta’lim islohotlari yetuk o’qituvchini tayyorlashga qaratilgan demokratik ta’lim metodlari asosidagi milliy modelning joriy etilishiga yo’naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

Demokratik ta’lim texnologiyalari o’qitish jarayonida bakalavr o’qituvchilari fikrining hurmat qilinishi, uning har bir tushunchani o’zlashtirishda faol mushohada etishi, o’qituvchi fikrini tahlil qilishi va o’zi asosli deb topgan fikrlarnigina qabul qilish mumkinligiga asoslanadi. Bu g’oyalarni amalga oshirishdagi muammo uzluksiz ta’lim tizimida yetarli darajada avtoritar texnologiyalardan demokratik ta’lim texnologiyalariga o’tish mexanizmining ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. To’g’ri, bu borada ta’lim jarayoniga joriy etilayotgan bakalavr o’qituvchilar bilimini baholashning reyting tizimi, test nazoratlari ularni kasb tanlashga yo’llashdagi erkinliklarning kafolatlanishiga imkon yaratmoqda. Biroq, ta’lim texnologiyalarni yangilash borasida ilmiy izlanuvchan metodist va amaliyotchi pedagoglar hali ko’plab muammolarni hal etishlari lozim. ITTlar ilg’or xorijiy davlatlar tajribasini o’rganish va uzluksiz ta’lim tizimi xususiyatlari bilan omuxtalashtirish natijasida keng ommalashayotgan demokratik ta’lim texnologiyalari turkumiga kiradi. U ta’lim jarayonining pedagog va o’qituvchilar fikrining o’zaro hurmat qilinishi, ularning o’zaro munosabatlarida yuqori darajadagi muloqot ko’nikmalarining shakllantirilishi bilan ahamiyatlidir. ITTni qo’llash jarayonining o’ziga xususiyati shaxsning axborotlarni o’zlashtirishdagi barcha imkoniyat malakalar egasi sifatida qaralishidir. Ushbu o’rinda axborotlarni o’zlashtirish imkoniyatlariga eshitish va ko’rish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ijodiy mushohada qilish, so’zlab berish, mashqlar bajarish kabilar faoliyati nazarda tutiladi. Sanab o’tilgan imkoniyat va malakalar majmuasini ITTlari yordamida rivojlantirishda qisqa vaqtga mo’ljallangan ta’lim mazmuniga ko’ra strukturalangan, barcha guruh a’zolarining faolligini ta’minlovchi, sodda mashqlardan foydalaniladi Respublikamiz ta’lim tizimida ITT qo’llanishining dastlabki bosqichida barcha mashqlar yengil o’yin ko’rinishida bo’lgan bo’lsa, endilikda ushbu mashqlar mazmunan takomillashib bormoqda. ITTlarni amalga oshirishda foydalaniladigan mashqlarni quyidagicha guruhlash mumkin:

1. Bakalavr o’qituvchilarning guruh shaklida faoliyat yuritishlariga yordam beruvchi muhitni yuzaga keltiruvchi mashqlar. Mazkur mashqlardan foydalanish jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi: guruh a’zolarining o’zaro yaqindan tanishib olishlariga; ular ishining guruh shaklini qaror toptirish; o’zgalar oldida o’z fikrini erkin, istiholasiz bayon qilish.

2. Bakalavr o’qituvchilarning umumiy qiziqish va ehtiyojlarini aniqlovchi mashqlar. Ularni qo’llashda quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: guruh a’zolarining o’zaro hamkorlik, birdamlikda faoliyat yuritishlari; yangi a’zolarining guruh. faoliyatiga tezroq moslashib, o’z o’rnini topib olishlariga ko’mak berish.

3. Guruh. a’zolarida yakdillik va hamfikrlikni qaror toptirish, ularda umumiy qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantiruvchi mashqlar. Ushbu mashqlar quyidagi holatlarning namoyon bo’lishiga imkon beradi: guruh, a’zolarining boshqa fikrlardan ozod bo’lib, guruh faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlashga intilishlari; guruh. doirasida o’zaro muloqotni tashkil etish qoidalarining ishlab chiqilishi; guruh a’zolarida o’zgalar fikrini hurmat qilish va o’z fikrini bayon qilish madaniyatining tarbiyalanishi.

4. O’quv jarayonining mazmuni yoki fizika fani orasidagi o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi mashqlar. Ular yordamida quyidagi holatlar yuzaga keladi: mashg’ulot jarayonining turli bosqichlari o’rtasida o’zaro bog’liqlik va uyg’unlikning ta’minlanishi; yangi mavzuni o’rganishning dolzarbligi va qiziqarli jihatlarini ta’kidlab ko’rsatish imkonining yuzaga kelishi;

5. Guruh a’zolarini ilhomlantiruvchi, yangi bilim sohalarini o’zlashtirishga yo’naltiruvchi mashqlar. Ular yordamida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi: guruh ishini rag’batlantirish; turli murakkab, guruh a’zolari o’z imkoniyatlaridan yuqorida turadi deb hisoblaydigan masalalarning muhokama qilinishi; guruh a’zolarining yangi muammolar yechimini topishga ilhomlantirishga imkon beruvchi sharoitning yaratilishi.

6 Ijodkorlikni rag’batlantiruvchi mashqlar. Ushbu mashqlar yordamida quyidagi holatlar qaror topadi: ijtimoiy-iqtisodiy voqea, hodisalarni teran tushunish, ularning mohiyatini anglashda noan’anaviy metodlardan foydalanish; o’qituvchilarning ichki imkoniyatlarining ochib berilishi; unda yangi qobiliyat va iqtidorining yuzaga kelishi, o’qituvchilarning qaror topishiga yo’l ochish.

7. Muayyan mashg’ulot, o’rganilgan mavzu yoki dars bo’lagining yakuni xulosalovchi mashqlar. Ular yordamida quyidagi holat qaror topadi: mavzu yoki mashg’ulot bo’limini yakunlash, qo’llanilgan metod va vositalar samaradorligini baholash va navbatdagi vazifalarni belgilab olishga xizmat qiladi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishning jiddiy yo’nalishlaridan bo’lgan ta’lim standartlari, o’quv rejalari, dasturlari, darsliklar va boshqa vositalar ilm-fanning eng so’nggi yutuqlari asosida qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, ya’ni puxta bilimlar berish, yuqori sifatdagi o’zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg’ulotlarni olib boruvchi pedagogning malakasiga, ijodkorligiga, pedagogik mahoratiga, faoliyatiga bog’liq bo’lib qolaveradi. Ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi bakalavr o’qituvchilarning o’quv mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug’ullana bilishi, mustaqil fikrlay olishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Ma’lumki, har qanday ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ITTlar didaktika fani tomonidan tahlil qilinadigan o’rganish va o’rgatish jarayonlaridan hamda pirovard natijadan iborat. ITTni turli davrlarda turlicha tushunishgan, jumladan: dastlab o’quv jarayoniga audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni, texnika vositalari yordamida o’qitishni, dasturlashtirilgan ta’limni, loyihalashtirilgan ta’limni tushunishgan; keyinchalik ITT deganda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash tushunilgan. Soddaroq qilib aytganda, ITTni o’qitishga o’ziga xos ilmiy asoslangan innovatsion yondashuv deb hisoblash mumkin. ITT barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan ITT bakalavr o’qituvchilarni mustaqil mutolaa qilishga, bilim olishga, erkin fikrlay olishga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. ITTning asosiy jarayoni: tashkil etish; hamkorlikda olib borish; takomillashtirish; tahlil qilish; qiyoslash; umumlashtirish; xulosa chiqarish; boshqarish; nazorat etish; baholash kabilarni o’z ichiga oladi.

Xulosa.

Yuqorida aytilganlarga muvofiq xulosa sifatida ITTni amalda qo’llashning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: bakalavr o’qituvchilari o’qitilmaydi, u mustaqil o’qishga o’rgatiladi; ularga bilimlar tayyor holda berilmaydi, uni bilimlarni manbalardan mustaqil ravishda ola bilishga o’rgatiladi; ularning o’z qobiliyatlari darajasida albatta o’zlashtirishlari kafolatlanadi; barcha pedagoglar ITT mexanizmini o’rganib olsalar, deyarli bir xil natija olishga erishadilar. ITTlarni amalga oshirishda quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: verbal; noverbal; vizual; audio; tabiiy; o’quv anjomlari. Verbal muloqot shakllari har xil ko’rinishda: nutq so’zlash, ma’ruza suhbatlashish, savol-javob, taqdimot kabi ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Bu vositalardan foydalanish orqali mashg’ulotlar faollashgan holda tashkil etiladi. Noverbal vositalar mimika gavda harakatlari orqali biror ma’no-mazmunni ifodalash yoki ta’kidlash uchun qo’llaniladi. Vizual (ko’rgazmali) vositalar ITT jarayonida bakalavr o’qituvchilar ko’z bilan ko’rishlari uchun mo’ljallangan barcha vositalarni o’z ichiga oladi. Bularga sxema, tablitsa, fototasvir, tarqatma material, plakat, video, kino tasvirlar kiradi. Audio vositalar eshitish orqali axborotni o’rganish, o’zlashtirish imkoniyatini beruvchi, masalan, turli disklar, musiqa asboblar ovozlari qo’llanishi mumkin.





Download 134.8 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ayrim xususiyatlari

Download 134.8 Kb.