Innovatsion usullardan foydalanish metodikasi




Download 134.8 Kb.
bet14/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
2.3. Innovatsion usullardan foydalanish metodikasi.

Maktab fizikasini o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish o’qituvchilarni tayyorlash jarayonida innovatsion metodlar orqali tushunchalarni shakllantirish muhim ilmiy, pedagogik muammo hisoblanadi. Buning uchun, yangi o’qitish metodlari, jumladan innovatsion metodlardan foydalanish zarur. Pedagogikada o’qitish metodlarini tasniflashga yagona yondashuv mavjud emas. O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha tasniflash ancha oddiy bo’lib, ular amaliyotda keng tarqalgan. Bu belgi bo’yicha metodlar qo’yidagi uch guruhga bo’linadi: og’zaki, ko’rsatmali va amaliy metodlar. Bu metodlar o’zaro bog’liq bo’lganligi sababli ularni doim ham aniq chegaralab bo’lmaydi. Maktab fizikasin o’qitishda innovatsion faoliyatini tashkillashtirish faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan metodning samaradorligini belgilaydi. Pedagogning roli o’qituvchilarning o’qishiga mohirona rahbarlik qilishdan iborat bo’ladi. Tasniflashning shunday turlari ham mavjudki, ularda o’qitish metodlari o’qishning tegishli metodlariga: axborot-umumlashtirish, ijrochilik tushuntirish, reproduktiv, instruktiv-amaliy va mahsulli-amaliy, tushuntirish da’vat va qisman izlanishli, undovchi va izlanish tarziga mos keladi. Amalda o’qitish metodlarini tasniflashga bilimlar manbai manntiqan asoslar bo’yicha bilimlar manbai va bakalavr o’qituvchilarning o’quv faoliyatidagi mustaqillik darajasi bo’yicha baravar yondashish eng ko’p uchraydi. Demak, pedagog tushunchalarni o’qituvchilarda shakllantirishda har bir dars maqsadi va mazmuniga mos keladigan motivatsiya me’yorini aniqlab olishi lozim bo’ladi. Pedagogikada o’qituvchilarni darsga qiziqtirish metodlari xilma-xildir. Pedagogikaning bugungi talabiga ko’ra darsga tayyorlanish va uni yuqori saviyada o’tkazish hamda to’g’ri baholash uchun ta’limning faol metodlaridan foydalanishi muhim ahamiyat ega. Bu esa o’zlashtirilayotgan bilim samaradorligini oshiradi, o’zining amaliy natijasini namoyish etadi. Quyida ana shunday innovatsion metodlardan ayrimlari bayon etiladi.



Aqliy hujum metodi Aqliy hujum g’oyalarni generatsiya qilish usuli. Bakalavr o’qituvchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar (generatsiya qiladi). U bakalavr o’qituvchilarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga rag’batlantiradi. Aqliy hujumning vazifasi kichik guruhlar yordamida yangi-yangi g’oyalarni yaratishdan iborat. Bu metod muammoni hal qilayotgan bakalavr o’qituvchilarning ko’proq aql bovar qilmaydigan va hatto fantastik g’oyalarni yaratishga undaydi. G’oyalar qancha ko’p bo’lsa, shunchalik yaxshi hisoblanadi. Ularning hech bo’lmaganda bittasi ayni maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin. Aqliy hujum qoidalari: fikr va g’oyalar hech qanday cheklanmagan holda aytilishi lozim; bildirilgan fikr va g’oyalar takliflar berish to’xtatilmaguncha muhokama qilinmaydi, baholanmaydi; bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar hisobga olinadi; qancha ko’p g’oya va fikrlar bildirilsa shuncha yaxshi; bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin; barcha aytilgan takliflar yozib boriladi; takliflarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi. Bu metod barcha funktsiyalarni bajaradi, lekin uning asosiy vazifasi muammoni mustaqil tushunish va yechishga bakalavr o’qituvchilarning motivatsiyasini uyg’otishdan iboratdir (2.3.1-jadval).

Ish bosqichlari va mazmuni

Faoliyat

Pedagog

Bakalavr o’qituvchilar

1 - bosqich.

Tayyorlov.



Mavzusini aniqlaydi, maqsadni natijalarni, baholash mezonini shakllantiradi




2 - bosqich.

Kirish.



Mavzusining maqsad, natija va baholash mezonini e’lon qiladi. Aqliy hujum metodi maqsadni amalga oshirish metodi ekanligini tushuntiradi. Berilgan muammoni bayon qilib, tadqiqotni boshlash to’g’risida buyruq beradi.




3 - bosqich.

G’oyalarni

kiritish.


G’oyalarni magnitofon yoki videotasmaga, qog’oz varag’iga yoki doskaga yozib olishni taklif qiladi.

Bakalavr o’qituvchilar muammoni hal etish bo’yicha g’oya va takliflar haqida mulohaza yuritadilar.

4 - bosqich.

Tahlil.


Taklif qilingan baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda ilgari surilgan g’oyalarni tahlil qilishni tashkil etadi.

Bildirilgan g’oyalarni, takliflarni guruh bo’lib tahlil etadi. Eng qulay va maqsadga muvofiqlarini aniqlaydilar.

5 –bosqich.

Yakun yasash, tahlil va baholash.



Bakalavr o’qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.

O’z-o’ziga baho berishlari mumkin

2.3.1-jadval.

Aqliy hujum metodining texnologik xaritasi




Download 134.8 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion usullardan foydalanish metodikasi

Download 134.8 Kb.