TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 134.8 Kb.
bet16/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Sinkveyn metodi

Sinkveyn - fransuz tilida «5 qator» ma’nosini bildiradi. Sinkveyn - ma’lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she’r bo’lib, unda o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to’g’risidagi axborot yig’ilgan holda, so’z bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish - murakkab g’oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so’zlar bilan ifodalash uchun muhim bo’lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Sinkveyn tuzish qoidalari: 1-qator: mavzu bir so’z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi). 2-qator: mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi). 3-qator: mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so’z bilan ifodalanadi.(3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi). 4-qator: mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta so’zdan iborat bo’lgan fikr yoziladi.(4 ta so’zdan iborat jumla yoziladi). 5-qator: mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo’lgan bitta so’z yoziladi (mavzuga sinonim so’z yoziladi).

Sinkveynlar quyidagi hollarda juda foydali bo’ladi: murakkab axborotni sintezlash uchun vosita sifatida; bakalavr o’qituvchilar tushunchalarining yig’indisini baholash vositasi sifatida; ijodni taqdim etilishining vositasi sifatida. Sinkveynga quyidagi misollarni keltirish mumkin: ta’lim: uzluksiz, ixtiyoriy, majburiy. O’rgatadi, yo’l ko’rsatadi, ruhlantiradi. Hayotdagi eng yorug’ chirog’! Bilim.

Klaster metodi

Faol metodlardan biri "Klaster" metodidir. Klasterlarga ajratish – bakalavr o’qituvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi.

Klaster so’zi g’ujm, bog’lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o’rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Klaster tuzishda guruhdagi barcha bakalavr o’qituvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi.

Klaster metodi aniq ob’yektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning bo’lajak bakalavr o’qituvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan bu metod puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan bakalavr o’qituvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruxning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.

Klaster metodidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizning sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug’ilguniga qadar davom ettiring. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.

Mazkur metodni mashg’ulotlarga quyidagicha qo’llash mumkin:

Mavzu: "N’yutonning 2-qonunini o’rganish".



Download 134.8 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 134.8 Kb.