TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 134.8 Kb.
bet15/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Pinbord metodi (inglizchadan: pin - mustahkamlash, board - doska). Bu o’qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari- rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: bakalavr o’qituvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini fakat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi.

2.3.2-jadval.




Ish bosqichlari va mazmuni

Faoliyat

Pedagog

Bakalavr o’qituvchilar

1 - bosqich.

Tayyorlov.



Mavzusini aniqlaydi, maqsadni aniq ifoda etadi, natija va baholash mezonlariini aniqlaydi.

Qiziqtiruvchi (muzokarani) savol va asosiy fikrlarni shakllantiradi.






2 - bosqich.

Mavzuni ishlash.



Mavzusi tuzilishini aniqlaydi, o’z mulohazalarini bildiradi va bakalavr o’qituvchilarga o’z nuqtai nazarlarini bayon etishni taklif etadi. «Pinbord» metodini tushuntiradi. Munozara boshlanishini tezlashtirish uchun bir nechta tayyorlangan savollarni berishi mumkin.

Munozara vaqtida mavzuni ishlab chiqadilar.


3 - bosqich.

O’z xulosalarini yozma bayon etish



Kuzatadi.


Munozara davomida shakllangan fikrlarini asosiy xulosalar ko’rinishida qog’oz varag’i yoki kartochkaga yozib doskaga ilib qo’yadilar.

4 - bosqich.

Umumlashtirish.



Maslahat va tavsiya orqali majbur qilmasdan ko’mak berish.

O’quv guruhining 2-3 a’zosi o’rtoqlari bilan maslahatlashgan holda mazmuniga qarab ma’lumotni tartiblaydilar va guruhlarga bo’ladilar Strelka, chiziq va boshqa belgilar yordamida ularning o’zaro munosabatini: bir butun yoki qarama-qarshi nuqtai nazarni shakllantiradilar

5 - bosqich.

Yakun yasash, tahlil va baholash.



Аmalga oshirilgan faoliyatga yakun yasaydi, tahlil qiladi va baholaydi.

O’z-o’ziga baho berishni amalga oshirishlari mumkin.
Pinboard usulining texnologik xaritasi.

Munozara metodi

Ko’p hollarda seminar mashg’ulotlari orada pedagog monologlari bilan bo’linadigan bakalavr o’qituvchilar monologlari shaklida o’tadi, qolganlari esa shu paytda zerikib o’tiradilar. Shuning uchun darsda Munozara usulini qo’llash barcha ularning faolligini oshirib, zerikishlariga yo’l qo’ymaydi.

Munozarani o’tkazish usuli: pedagog munozara mavzusini tanlaydi va bakalavr o’qituvchilarni taklif qiladi; pedagog ularga aqliy hujum masalasini beradi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi, ular guruhlarga bo’linadi; aqliy hujum vaqtida bildirilgan g’oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlanadi. Bu bosqichda guruh a’zolarining har biri o’z fikrini bildirishlariga sharoit yaratiladi; bakalavr o’qituvchilar ikkinchi bosqichga o’tishdan avval qisqa tanaffus e’lon qiladi. Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikr va g’oyalarni umumlashtirib, ularni tahlil qilishga o’tiladi; tahlil orqali qo’yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.

Pedagog munozara paytida quyidagi savollarni berishi mumkin: Siz misol keltira olmaysizmi? Nahotki! Nima uchun? Bu fikr Aziz aytgani bilan qanday qilib moslanadi? Demak, siz Lolaning fikriga qo’shilasiz? Siz menga aytmang, Akbarni ishontirishingiz lozim! Sizning xayolingizga ______ ekanligi to’g’risidagi fikr kelmadimi?

Bakalavr o’qituvchilar fikrlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, unga munosabat bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qat’iy qoidasi bo’lib hisoblanadi. Pedagog fikrlarning mantiqsizligiga, yaqqol qarama-qarshi, asossiz fikrlarning bildirilishiga ham yo’l qo’ymasligi lozim. Odobli luqma bilan fikrlarning asosliligini, aytilgan yoki qo’llab-quvvatlangan fikrning to’g’riligini oydinlashtirib, ularda g’oyaning mantiqiy oqibati to’g’risida fikrlashga qiziqish uyg’otish zarur.



Download 134.8 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 134.8 Kb.