Ilova 1 Maktab fizika kursida tezlanish tushunchasini shakllantirish




Download 134.8 Kb.
bet23/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Ilova 1

Maktab fizika kursida tezlanish tushunchasini shakllantirish.

Davlat ta’lim standartlari asosida fizika predmeti mazmunini hozirgi zamonfan va texnikasi yutuqlari doirasida o’zgartirish lozimligini taqozo etmoqda. Mavjud fizika ta’limi dasturiga ko’ra fizika kursi mexanika bo’limi o’rta umumiy ta’limning 7-sinfida o’rganiladi. Demak, fizika kursi mazmunini har tamonlama qayta ilmiy-metodik jihatdan ishlab chiqish zarurati mavjud. Yuqoridagi fikrlarga asosan hozirgi mavjud [1, 2, 3] darsliklar asosida «tezlanish» tushunchasini metodik nuqtai nazardan bayon qilishning samarali usullari ustida to’xtalamiz. [ 2, 36-b] darslikda «tezlanish» tushunchasi quyidagi misol orqali kiritilgan: agar biror boshlang’ich paytda jismning tezligi () ga teng bo’lib, vaqt t o’tgandan keyin () ga teng bo’lsa, u holda vaqt birligi ichida tezlikning o’zgarishini t vaqt oralig’iga nisbatini topish kerak.

Bu kattalik tezlikning o’zgarish jadalligini bildiradi. U tezlanish deb ataladi. «tezlanish» tushunchasining bu usulda bayon etilishi mazmunan noto’g’ri demoqchi emasmiz, lekin hech qanday tajriba, eksperiment, kundalik turmush va texnikadan misol keltirmay turib mavzuni nihoyatda ilmiy jihatdan bayon qilish yaxshi natija bermasligi pedagogik tajriba sinov ishlarida kuzatilgan.

Darslikda [9, 36-b] tezlanishga quyidagicha ta’rif berilgan: «Tekis tezlanuvchan harakatda jismning tezlanishi deb – tezlik o’zgarishining o’sha o’zgarish yuz bergan vaqt oralig’i nisbatiga teng bo’lgan kattalikka aytiladi».

Bizningcha bu ta’rifda quyidagi kamchiliklar mavjud:

1. Ta’rif tekis o’zgaruvchan harakatning hususiy holi uchun berilgan.

2. Umumiy holda tezlanish o’zgaruvchan bo’lishi ham mumkin.

Ikkinchi darslikda [3, 30-b] tezlanish tushunchasini kiritishda qiyaligi har hil bo’lgan taxtaning ustiga tomizg’ich joylashtirilgan aravacha bilan tajriba o’tkazilib, tezlanish tushunchasi taqqoslash orqali tushuntiriladi va tezlanishning mohiyati rasm orqali tasvirlanadi.

Ushbu darslikda [3, 29-b] tezlanishga quyidagicha ta’rif beriladi: tezlanish deb vaqt birligida jism tezligining o’zgarishiga aytiladi. [1] darslikda tezlanish deb tezlik o’zgarishini xarakterlovchi vektor fizik kattalikka aytiladi. Tezlanish tekis o’zgaruvchan harakatda tezlik o’zgarishining shu tezlik o’zgarishi yuz bergan vaqt oralig’iga nisbatiga teng:

Tezlanishning birligi [2] darslikda quyidagicha bayon qilinadi: SI da tezlanish birligi sifatida shunday tekis tezlanuvchan harakatning tezlanishi olinganki, bunda tezlik 1 s ichida 1 m/s qadar o’zgaradi. Binobarin, SI da tezlanish bir sekund kvadratiga metr (m/s2) bilan ifodalanadi. Ta’rifning bu yerida tarqoq izohlashga harakat qilinmay, yagona ta’rifni berish mumkin edi. «SI» da deyilmasdan «Xalqaro birliklar sistemasi» da deyish ham mumkin. Darslikda [3, 30-b] tezlanish birligi quyidagicha bayon qilinadi. «Xalqaro birliklar sistemasida tezlanish birligi qilib, shunday birlik qabul qilinadiki, bunda jism harakatining tezligi har bir sekundda bir metr taqsim sekund qiymatiga o’zgaradi». Tezlanish birligining nomlanishini yozamiz:



Ushbu ifodadan ko’rinib turibdiki, bu ta’rif mazmunli va tushunarli tarzda bayon qilingan.

Tadqiqotlarimizdan shu narsa ayon bo’lmoqdaki, o’quv materialini bayon etishda mavzuning mazmuni, hajmi va mohiyati, tanlangan misollar kundalik turmushda qo’llaniladigan va hech qanday bahsga o’rin qoldirmaydigan bo’lishi lozim. O’quv materialini o’rganishda past abstraksiya pog’onasida ifodalangan materialdan yuqori abstraksiya pog’onasida yozilgan materiallar o’tish o’quvchilarni bu o’tishga oldindan tayyorlash kerak bo’ladi. Ta’lim mazmunini abstraksiya pog’onasi qanchalik yuqori bo’lsa, uni o’zlashtirish shunchalik murakkab bo’lishini e’tiborga olish lozim. § 11. Tezlanish. Tekis o’zgaruvchan harakat mavzusi murakkab holda bayon etilmay, balki qiziqarli va tushunarli tarzda bayon etilishi lozim. Darslik [3] da tezlanish tushunchasini quyidagi misollar bilan yanada boyitish mumkin:

1. Tezlanish lotincha «accelerate» so’zidan olingan bo’lib, tezlanmoq degan ma’noni bildiradi.

2. Tezlanish tushunchasini shakllantirish jarayonida kundalik turmushdan quyidagicha misollarni keltirish mumkin:

A) tog’dan tushayotgan chang’ichining harakat tezligi qiyalikka bog’lik ravishda o’zgaradi, ya’ni tezlanishli harakat qiladi.

B) samolyot ichida ketayotgan odam tezliklar o’zgarishini osongina juda yaxshi sezadi.

3. Abu Rayxon Beruniy (973-1050) ning tezlanish haqidagi fikrlarni berish mumkin.

4. Masalalar mazmuniga, milliy va mahalliy ruhni singdirishga e’tiborni qaratish lozim. Tezlanish tushunchasini shakllantirishda darslikni yuqoridagi misollar bilan boyitish o’qitishni yanada samaraliroq bo’lishiga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.



Download 134.8 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilova 1 Maktab fizika kursida tezlanish tushunchasini shakllantirish

Download 134.8 Kb.