Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Mexanikada saqlanish qonunlari»




Download 134.8 Kb.
bet26/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Mexanikada saqlanish qonunlari»

mavzusini o’rganishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish

metodikasi.

Saqlanish qonunlarini maktab fizika kursida o’rganilishini bilish va dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati kattadir. Saqlanish qonunlarida materiya va harakatning yo’qolmasligi tamoyili materiya harakatining turli shakllaridagi o’zaro bog’liqlik va bir-biriga aylanuvchangligi aks etadi.

Saqlanish qonunlari tabiatning eng umumiy qonunlari jumlasiga kiradi. Faqat gaz va suyuqliklar uchun tegishli bo’lgan Paskal qonuni, ma’lum chegaralangan sohalarda qo’llash mumkin bo’lgan Om qonuni yoki shunga uxshash boshqa qonunlardan farqli ravshda, energiya va impul’sning saqlanish qonuni ma’lum bo’lgan barcha fizik jarayonlarda bajariladi. Shuning uchun ham fizika kursida saqlanish qonunlarining o’rganilishi fan ichidagi aloqadorlikning o’rnatilishiga imkon beradi.

Energiya va impul’s saqlanish qonunlarining umumiyligi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish uchun fizika kursining turli bo’limlarida bu qonunlarning har xil shakllarda namoyon bo’lishini ko’rsatib berish zarur. Shuningdek, saqlanish qonunlari nafaqat fizika, balki, butun tabiatshunoslikning umumiy qonunlaridan ekan, uning fanlararo bog’lanishni o’rnatishdagi ahamiyati ham beqiyosdir. Eng muhimi, impuls va energiyaning saqlanish qonuni zamonaviy kosmonavtika va energetikaning ilmiy asosi hisoblanadi. Demak, bu haqda o’quvchilarga tushuncha berish, bu qonunlarning amaliy tadbiqi to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish o’qituvchining muhim vazifalaridan biridir. Ushbu vazifalarni hal etish uchun o’qituvchi dars jarayonida qanday texnologiyalardan foydalansa, yuqori samaraga erishishi mumkin? Saqlanish qonunlari haqida tasavvurlarni shakllantirish uchun muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish, bizning nazarimizda, yuqori samara beradi.

Muammoli ta’limning mohiyati o’qituvchining o’quv faoliyatini muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali tashkil etish va ushbu muammo, masala va savolni hal etish orqali yangi bilimlarni egallash uchun bilish faoliyatini yo’naltirishdan iboratdir. Bu bilimlarning izlanuvchanglik yo’li bilan egallanishidir.

Polyak pedagogi V.Okon’ muammoli o’qitishni quyidagicha tushuntiradi: «Muammoli o’qitish deganda biz shunday faoliyat turini tushunamizki, bunda muammoli vaziyatlarni qanday tashkil etish, muammoni shakllantirish, muammoni hal etish uchun o’quvchilarga yordam berish, natijani tekshirish, oxirida egallagan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash va tizimlashtirishdan iboratdir».

Muammoli o’qitishning nazariy asosi bo’lib hisoblanuvchi o’quvchilarning ijodiy bilish qobiliyati muammoli vaziyatlar yaratilishi bilan boshlanishi lozim. V.Okon’ning ko’rsatishicha, muammoli o’qitishning eng muhim xususiyati savol qo’yish emas, balki muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish. Psixolog olimlar: S.L.Rubinshteyn, A.B.Brushmenskiy, A.M.Matyushkinlar muammoli tajriba ishlari, savol-topshiriqlar va muammoli vaziyatlar orasidagi farqni aniq ko’rsatib o’tishgan. Muammoli tajriba ishlari sub’ektga bog’liq bo’lmagan holda ob’yektiv mavjud bo’ladi. O’quvchilar uni hal etish uchun faqat tushunish emas, balki ular uchun ehtiyoj bo’lishi lozim.

Fizikadan tajriba ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirishda o’qituvchi o’quvchini ijodiy faoliyatga yo’llaydi. Bunga esa ularning o’rganayotgan nazariy bilimlari hayotiy faktlarga mos kelmasligi sabab bo’ladi. Bunday nazariy bilimlarning oldingi bilimlarga nomutanosibligi o’quvchilarni o’rganilayotgan hodisani hal etishga undaydi. Fizikadan tajriba ishlarini bajarishda darslarda muammoli vaziyatlar hosil qilish uchun uchraydigan qarama-qarshiliklar tipini aniqlash lozim. S.Yu.Maxmudovaning fikricha, fizikadan tajriba ishlarini bajarishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun qarama-qarshiliklarning quyidagi uch tipidan foydalanish mumkin:

1. O’quvchilarning hayotiy tajribalari bilan o’rganilayotgan bilimlar orasidagi qarama-qarshiliklar;

2. Bilish jarayonidagi qarama-qarshilik. Boshqacha aytganda, oldingi olingan bilimlari bilan yangi o’rganilayotganlari orasidagi qarama-qarshiliklar;

3. Ob’yektiv realnikning o’zidagi qarama-qarshiliklar.

Fikrimizning dalili sifatida «Saqlanish qonunlari» mavzusini o’tishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga oid bir necha misollar keltirmoqchimiz. Bunda maxsus adabiyotlarda keltirilgan quyidagi namoyishlardan foydalanish mumkin (2):

1-tajriba. Jism impul’sining saqlanish qonunini namoyish eting. Buning uchun massalari teng ikkita elastik sharni bifilyar osma bilan shtativga shunday ilingki, bunda sharlar bir-biriga tegib tursin. Sharlardan birini biror burchakka og’dirib, qo’yib yuboring. Bunda birinchi shar kelib ikkinchisiga urilib to’xtab qoladi. Ikkinchi sharning ma’lum burchakka og’ganining guvohi bo’lasiz. Hodisani tushuntirishni o’quvchilardan so’rang.

2-tajriba. Mexanik ergiyaning saqlanish qonunini ko’rsatish uchun Maksvell mayatnigidan foydalaning. Buning uchun mayatnik g’ildiragiga ipni o’rab eng yuqori nuqtaga chiqaring va qo’yib yuboring. Hodisani kuzatib, xulosa chiqarishni o’quvchilardan so’rang.

Bu tajribalar orqali o’quvchilar oldiga muammo qo’yiladi. Uni hal etish uchun sinf jamoasi kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh o’z fikrini ayon etadi va uni asoslaydi. Noto’g’ri fikrlar tanqid qilinmaydi. To’g’ri fikrlar esa rag’batlantiriladi. Eng to’g’ri deb topilgan javob tan olinadi. O’qituvchi esa xulosa qiladi va izoh beradi.

Ushbu mavzuni o’rganishning texnologik xaritasi quyida keltirilgan bo’lib, unda muammoli vaziyat, munozara va aqliy hujum kabi pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish nazarda tutilgan.





Download 134.8 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Mexanikada saqlanish qonunlari»

Download 134.8 Kb.