Ilova 2 Fizika o’qituvchisining uslubiy tayyorgarligi




Download 134.8 Kb.
bet24/28
Sana29.05.2021
Hajmi134.8 Kb.
#14641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Ilova 2

Fizika o’qituvchisining uslubiy tayyorgarligi

(6-sinfda «Tovush hodisalari» mavzusi misolida).

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. «Ta’lim to’g’risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratiladi.

Ana shunday sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani bajarish uchun ta’lim tarbiyani, zamonaviy bilimlarni chuqur egallash talab etiladi. Boshqa fanlar bilan bir qatorda fizika fani o’qituvchisining zimmasida o’quvchilar dunyoqarashlarini shakllantirish bizni o’rab turgan tabiat hodisalarini to’g’ri tushuntirib berish ro’y berayotgan har bir fizik jarayonni ilmiy tarzda shu bilan birga metodik jihatdan to’g’ri tushuntira bilish kabi vazifalar yuklatiladi. Yuqoridagi vazifalarni to’g’ri talqin qilib, o’quvchilarga ravon tushuntira olish ham katta mahorat talab qiladi. Ayniqsa, o’quvchi fizika fanini endi o’qishni boshlagan 6-sinf o’quvchilarini fizika faniga qiziqtirish uchun shu yoshdagi bolalarning yosh hususiyatlarini ham hisobga olish va tabiatda ro’y berayotgan har bir hodisani mantiqiy yondashish ko’nikmasini hosil qilib borish lozim bo’ladi.

6-sinf darsligining VII-bobi «Tovush hodisalari» deb nomlangan. Bu bobda o’quvchilar tovush va uning hosil bo’lishi, tarqalishi, xarakteristikalari, qaytishi, aks-sado kabi tushunchalar bilan tanishadilar. O’qituvchidan esa ana shu murakkab hodisani o’quvchilar tafakkurida to’g’ri va ilmiy tarzda shakllantirish talab etiladi. Buning uchun o’qituvchida zamonaviy metodik uslub bo’lishi zarur.

Tovush hodisalarini o’rganishda mavzular quyidagi ketma-ketlikda o’tiladi:

1. Tovush manbalari va qabul qilgichlari.

2. Tovushning turli muhitlarda tarqalishi.

3. Tovushning tarqalish tezligi.

4. Tovushning xarakteristikalari.

5. Tovushning qaytishi.

Tovush hodisalari bobini o’qitishda tovush hodisasi, uning vujudga kelishi, qanday tarqalishi haqidagi tushunchalar beriladi. Fizika o’qituvchisini mavzuga doir darsning texnologik xaritasini tuzishga o’rgatish lozim. Biz yangi mavzu bo’yicha texnologik xarita tuzdik.



Download 134.8 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 134.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilova 2 Fizika o’qituvchisining uslubiy tayyorgarligi

Download 134.8 Kb.