Taqsimotni boshqarish tizimlari va




Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/173
Sana17.12.2023
Hajmi8,34 Mb.
#121531
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173
Bog'liq
ARMUmarova D.M.Logistika
2 5373000144516027009, wordpress dasturida fargona shaxar 5-umumiy orta talim maktabining web saytini yaratish, RAQAMLI IQT, Betlik, Excel dasturi bilan ishlash bo\'yicha qo\'llanma. Excelda formulal, 11-mavzu Prosessorning sovutish tizimi ShK prosessor hususiyatla, PDF 1710924799969
4.4. Taqsimotni boshqarish tizimlari va 
strategiyasi
Taqsimot kanallari tanlash imkoniyatlaridagi zarur shart bo lib , 
makrodarajada logistik jarayonlarning qulay ravishga keltirilishi 
bozorda katta miqdordagi vositachilarning mavjudligini ta’minlaydi. 
Hozirgi sharoitda «vositachi» iborasiga ayrim hollarda salbiy nazar 
bilan qaraladi: ba’zan tovarga uning bir bo‘g‘ini deb qaraladi. 
Logistika doirasida esa, zamonaviy, iqtisodiy jihatdan o ‘zini 
oqlagan vositachilik nazarda tutiladi.
Vositachining xizmatiga muhtojlik qaysi bir ishni bajarishda 
xususiy xarajatlar uning xarajatlariga nisbatan ortib ketgan taqdirda 
seziladi. Vositachi xizmatidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi 
xususiy xarajatlar va vositachi xizmatining qiymatlari o‘rtasidagi 
farqi asosida aniqlanadi.
Taqsimot shoxobchasini qulay holga keltirish, undan so‘ng 
logistik zanjirni qulaylashtirish tovar bozorida katta miqdordagi 
ulgurji vazifani bajaruvchi korxonalarning mavjudligiga imkoniyat 
yaratadi. Iqtisodiy faoliyatni huquqiy jihatdan ta’minlash xo‘jalik 
aloqalarining shakllanishini va amalga oshirilishini yengillashtirishi 
kerak, axborot tarmoqlari esa — tezkor ravishda axborot almash- 
tirish, moliyaviy tizim, moliyaviy vositalarning tezda o‘tishini 
ta’minlashi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati tovar bozori infratuzil- 
malarini rivojlantirish dasturini belgilagan tashkillashtirish tizimi 
bo‘lib, ular tovar bozorlari va tarkibiy qismlar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalarni ta’minlaydi va tovarlarning erkin harakatiga ko‘mak- 
lashadi, uzluksiz ravishdagi qayta ishlab chiqarish jarayonlari va 
iste’moi sohasining uzluksiz faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. 
Bunday asosdagi Dasturni amalga oshirish quyidagi natijalami 
amalga oshrishni nazarda tutadi:
69


— ishlab ehiqaravchidan iste’molchiga olib borish jarayonida 
tovarlarning tegishli sifatini saqlash;
— iste’molchilar tomonidan zarur hajmda tegishli sifat, turlari, 
sortlari bilan butlanganligi.
Tizimli yondashuv usullariga, asosan, taqsimot tizimini shakl- 
lantirishda quyidagi ketma-ket harakatlar qoilaniladi (4.3-rasm).
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa — «eshikdan eshikkacha» tizimi bo‘yi- 
cha tovar yetkazib beruvchidan iste’molchiga omborxonalarga 
tushmasdan yetkaziladi.
K atta m iqdorda yoki noyob mahsulotlar sotib olinganda 
mazkur shakldan foydalaniladi. Bu shakl transport xarajatlari va 
tovarlarni omborxonalarda saqlashga sarflanadigan chiqimlami eng 
kam miqdorga yetkazilishiga imkon beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aloqalar yaqin joylashgan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda 
samara beradi.

Download 8,34 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   173




Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish