• 5.4. Ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini rejalashtirish
  • Buyurtmali uslub
  • 5.1-rasm. Ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini rejalashtirish usullari. 79
  • Rejadagi vazifalar asosida moddiy ta’minot.
  • Ta’lim vazirligi d. M. Umarova, M. A. Bo‘ronova logistika




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/173
    Sana17.12.2023
    Hajmi8,34 Mb.
    #121531
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173
    Bog'liq
    ARMUmarova D.M.Logistika
    2 5373000144516027009, wordpress dasturida fargona shaxar 5-umumiy orta talim maktabining web saytini yaratish, RAQAMLI IQT, Betlik, Excel dasturi bilan ishlash bo\'yicha qo\'llanma. Excelda formulal, 11-mavzu Prosessorning sovutish tizimi ShK prosessor hususiyatla, PDF 1710924799969
    78


    f
    Yuqori о ‘ zgaruvchanlikka ega b o lg a n logistika ham qisqa 
    muddatli, ham uzoq muddatli omil bolgani sababli ular orasidagi 
    farqni belgilash juda murakkab. Biroq logistikaga qilinadigan 
    moliyaviy va moddiy xarajatlar miqdori , shuningdek, logistikaning 
    korxona raqobatbardoshligiga ta ’sir ko‘rsatish darajasi bunday 
    farqni aniq belgilashni talab etadi, ayniqsa, umumiy biznes-rejaga 
    logistika elementlari kiritilishi zarur bolgan hollarda.
    5.4. Ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini 
    rejalashtirish
    Korxona ishi amaliyotida, ishlab chiqarish moddiy ta’minotini 
    rejalashtirishning bir qancha usullari ishlatiladi (5.1-rasm):
    — 
    buyurtmaM; rejadagi vazifalar asosida; amalga oshirilayotgan 
    ehtiyojlar asosida.
    Buyurtmali uslub
    talab etilayotgan xomashyoni faqatgina ehtiyoj 
    tug‘ilganda sotib olishni nazarda tutadi, shuning uchun ham 
    ombor zaxiralari hosil qilinadi. Bu uslub donalab va mayda 
    seriyalab ishlab chiqarishni, omborlashtirilishi qiyin bolgan, yuqori 
    sifatli materiallarga va ko‘p joy egallaydigan detallarga hamda 
    sozlash ishlarini olib borish uchun zarur materiallarga bolgan 
    ehtiyojni qoniqtirish uchun qo‘llaniladi.
    5.1-rasm. Ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini 
    rejalashtirish usullari.
    79


    Buyurtmalar asosida moddiy ta ’minot alohida va bir qancha 
    pozitsiyalar bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Bir qancha 
    pozitsiyalar bo'yicha moddiy ta ’minot bir xil vaqt oraliqlaridan 
    (masalan haftalardan) keyin amalga oshiriladi, bunda berilgan 
    davr bo‘yicha kelib tushgan arizalarni hisobga olgan holda bitta 
    umumiy buyurtma shakllantiriladi.
    Rejadagi vazifalar asosida moddiy ta’minot. Bu uslub material- 
    larga bo'lgan ehtiyojning determinant hisobiga asoslanadi. Bunda 
    ma’lum davrda vujudga keladigan birlamchi va ikkilamchi ehtiyoj - 
    larni aniqlash imkonini beruvchi mahsulot strukturasini hamda 
    qo‘shimcha ehtiyojlaming ma’lum bo'lishi nazarda tutiladi.
    Rejadagi vazifalar asosida xomashyo bilan ta ’m inlashda 
    buyurtmalar hajmi netto ehtiyojdan kelib chiqqan holda aniqlanadi, 
    bunda rejalashtirilayotgan kelib tushishlar va omborda mavjud 
    m ateriallar miqdori hisobga olinadi. Bu hisob ketma-ketligi
    5.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Materiallarga buyurtmalar faqatgina 
    umumiy ehtiyoj mavjud zaxiralardan oshsa beriladi.
    Ombor zaxirasi, ko'zlangan zaxira va sex zaxirasi tushun- 
    chalariga tasnif beramiz. Ombor zaxirasi — bu ishlab chiqarishga 
    mo‘ljallagan va buxgalteriya hisobida keltirilgan mavjud materiallar 
    miqdori. Materiallarga haqiqiy ehtiyojni aniqlash maqsadida ombor 
    zaxirasi ikki qismga ajratiladi: belgilangan ishlab chiqarish dasturi 
    ixtiyoriga berilgan, lekin sex tomonidan ishlatilmagan materiallar 
    hamda olinishi mumkin bo‘lgan materiallar (mavjud zaxira).
    K o‘zlangan zaxiralar — bu realizatsiyaga m o‘ljallangan va 
    shuning uchun qo‘1 ostida mavjud deb olinmaydigan materiallar 
    miqdori. Sex zaxirasi - bu ombordan olingan va qayta ishlash 
    maqsadida sexda joylashgan materiallar.

    Download 8,34 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   173




    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim vazirligi d. M. Umarova, M. A. Bo‘ronova logistika

    Download 8,34 Mb.
    Pdf ko'rish