VI BOB. TRANSPORT LOGISTIKASI
Reja:
1. Logistikada transport turlari va vazifalari.
2. Transport turini tanlash omiUari.
3. Transport masalasi va uni yechish tartibi.
4. Transport vositalari va ularning moddiy-texnika bazasi.
5. Xalqaro transport koridorlari.
6. Yuklar tranzitining qonuniy asosi.
6.1. Logistikada transport turlari та vazifalari
Transport moddiy ishlab chiqarish sohasi b o ‘lib, yuk va
odamlami tashishni amalga oshiradi.
Vazifasi bo‘yicha transport ikki turga ajratiladi:
1. Umumiy foydalanish transporti —
yuk va yolovchllarni
tasliib, barcha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadi.
Umumiy foydalanish transporti aholiga va xizmat ko‘rsatish
sohasiga xizmat ko‘rsatadi. Umumiy foydalanish transporti o ‘z
ichiga temir yo‘l, suv transporti (daryo va dengiz) ni, avtomobil,
havo transporti va truboprovod transportini oladi.
2. Umumiy foydalanishga moMjallanmagan transport — ishlab
chiqarish ichidagi transport ham da
notransport tashkilotlariga
tegishli bolgan barcha transport turlari.
Aniq yuk tashish jarayonini uzviy boglangan bosqich va
operatsiyalarga bo‘lingan tizim orqali amalga oshirib,
natijada yuk
tashishda yuqori samaraga erishishga yuk tashish jarayoni texno-
logiyasi deyiladi.
Transport logistikasi — transport tizimlarini optimallashtirish,
transport vositasining
turi va tipini tanlash; turli kanalli yo‘nalish-
dagi mol yetkazib berishlami aniqlash; transport-ombor jarayoni
texnologik birligini ta’minlash.
Transport orqali yuk tashishni tashkil
etish bilan b o g liq
kompleks masalalar transport logistikasining predmetidir.
f
Transport logistikasining asosiy prinsipi xarajatlarni optimal-
lashtirishdir.
Transport logistikasining asosiy vazifalari:
• transport vositalari turini tanlash;
• transport
vositalari tipini tanlash;
• transport jarayonini ombor va ishlab chiqarish jarayoni bilan
birgalikda rejalashtirish;
• har xil turdagi transportda transport
jarayonini birgalikda
rejalashtirish (aralash yuk tashish holatida);
• transport-ombor jarayonining birligini ta’minlash;
• yetkazib berishning ratsional yo'nalishlarini tanlash.
Transport vositasini tanlashda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
• yuklaming yo‘qolmasligi;
• ulaming joylashuvi va yuk ko‘tarish darajasidan samarali
foydalanish;
• yuk tashish xarajatlarini kamaytirish.
.........................
AW i ,
M
/*
HI
П