Oʻzbekiston – Koreya Respublikasi munosabatlari




Download 321.56 Kb.
bet6/6
Sana27.02.2024
Hajmi321.56 Kb.
#163301
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mm
12 -МАЪРУЗА ИНФОК.01.01.22., Radiobiologiyadan test savollari banki, Yangilanayotgan-WPS Office, ogohlantirish xati......, Ishchi kuchi va uning bandligi, Loyiha ishi 613-614-615-22 guruhlari (2), 5-amaliy mashg‘ulot Mavzu Terminlarning yasalishi. Reja Sohavi, XURBOYEVA LATIFAXON YUSIVA26Dekabr202209 39, SMPiHQ2JHqQnGcVtO2zPSFnqCjWLEueJFqZPyrU5, 1682662950 (1), InformationSecuritymanagementsystemaldha, FF2, Fizika, sug\'urta uz 02.10.2020, 23. Psixodiagnostika (N.G) @profayling uz
Oʻzbekiston – Koreya Respublikasi munosabatlari. Koreya Rerpublika 1991-yil 30-dekabrda Osiyo – Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi. Oʻzbekiston bilan KR oʻrtasida 1992-yil yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning 1992, 1995, 1999-yillarda Koreya Respublikasiga va Koreya Respublikasi prezidentining 1994-yilda Oʻzbekistonga rasmiy tashriflari chogʻida imzolangan hujjatlar oʻzaro hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratdi. 1999-yilda oʻzaro tovar aylanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AQSH dollariga yetdi. Koreya Respublikasi Oʻzbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr asbob-uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy oʻgʻit olib, Oʻzbekistonga transport vositalari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari, boʻyoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, toʻqimachilik mahsulotlari yuboradi.
Oʻzbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona boʻlib, ular transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, toʻqimachilik kabi sohalarga mansub. „OʻzDEU avto“, „OʻzDEUelektroniks“, „Kabul-Oʻzbek kompani LTD“, „OʻzSamsoʻngelektroniks“ kabi qoʻshma korxonalar shu jumlaga kiradi. Ular avtomobil, xalq isteʼmol mollari, radio elektron maqsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Nurafshondada va Toshkentning „Koʻkcha“ dahasida qurilgan toʻqimachilik korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinmoqda. Fargʻona va Namangan shaharlarida ham shunday korxonalar barpo etiladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining 19 ta kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi da oʻz vakolatxonasini ochgan. 1994-yildan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya va Koreya-Oʻzbekiston qoʻshma qoʻmitasi ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Koreya Respublikasining 10 ta banki bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bir necha yillar davomida respublika vazirliklari va idoralari bilan faol aloqa qilmoqda. Shu tashkilot yoʻli bilan oʻzbek yigit-qizlari muntazam ravishda Koreya Respublikasida malaka oshirishmoqda. Toshkent iqtisodiyot universitetida va Moliya instituti huzuridagi litseyda kompyuter sinflari tashkil etilgan. Oʻzbekistondagi boshqa litsey va kollejlarni oʻquv asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Koreya Respublikasi Maorif vazirligining 1992-yil maydan beri ishlayotgan Toshkentdagi koreys taʼlim markazida oliy oʻquv yurtlari muallimlari va talabalari uchun tanlov asosida malaka oshirish yoʻlga qoʻyilgan. 1993-yil martda Toshkent sharqshunoslik institutida koreyashunoslik fakulteti ochilgan. Oʻzbekiston jahon tillari universitetida „Koreys tili markazi“, Samarqand chet tillar institutida „Koreys tili va madaniyati markazi“ ishlaydi. Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot va video hamda audio kassetalar bilan jihozlagan.
Oʻzbekiston — Janubiy Koreya munosabatlari
Ikki mamlakat oʻrtasida madaniy aloqalar tobora kengayib bormoqda. Oʻzbek madaniyat va sanʼat arboblari Koreya Respublikasida oʻz mahoratlarini namoyish etish, Oʻzbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini oʻtkazish odat tusiga aylanmoqda. 1998 va 1999-yillardagi ana shunday xaftalik doirasida Toshkentda koreys kitoblari va fotosuratlari koʻrgazmasi, koreys sanʼat arboblari va rassomlari koʻrgazmasi uyushtirildi. Sport turlari va koreys anʼanaviy oʻyinlari namoyish etildi. Kinofilmlar koʻrsatildi, nihoyat Alisher Navoiy nomidagi teatrda mashxur koreys ashula va raqs ansambllari katta tomosha koʻrsatishdi.
Download 321.56 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 321.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston – Koreya Respublikasi munosabatlari

Download 321.56 Kb.