• «Dumaloq stol» metodi
  • www.scientificprogress.uz




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana23.03.2024
    Hajmi0.54 Mb.
    #175634
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    tarbiya-darslarida-interfaol-metodlardan-foydalanish (1)
    2-amaliy ta\'lim nazariyasi, TEX. JIH.TAR. Agentligi haqida, Internet, MURAKKAB TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI IMMITATSION OBYEKTLARINI QURISH, 11, Adobe Photoshop, 650-21, Aminova Hafiza Obidovna (1), RаqаmlI MUSTAQIL ISH, Rаqаmli nаqd pullar MUSTAQIL ISH SSV to\'liqn, MUSTAQIL ISH, Lecture 8, kompyuterTohirovv, Bahodirov S 151-21, zanjiri
    www.scientificprogress.uz
     
    Page 1031
    Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining 
    maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat 
    qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. 
    To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini 
    qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi
    O’quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi 
    o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat 
    yuritishiga olib keladi. Bu esa o’qituvchidan ko’proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy 
    sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar 
    yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga 
    intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat 
    yaratadi.Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovasion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi 
    muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini 
    o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin 
    fikrlaydigan shaxslar kerak. 
    Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy 
    o’qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati 
    beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar
    tajriba o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. 
     «Dumaloq stol» metodi:Topshiriq yozib qo’yilgan qog’oz varag’i davra bo’lab 
    aylantiriladi. Har bir talaba o’zining javob variantini yozib qo’ygach, varaqni boshqa 
    talabaga uzatadi. Keyin muhokama bo’ladi: noto’g’ri javoblar o’chiriladi, to’g’ri 
    javoblarning soniga qarab talabaning bilimlariga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma 
    shaklda emas, balki og’zaki shaklda ham qo’llash mumkin. 
    Berilishi mumkin bo’lgan topshiriqlarga misollar: 
    – tarbiyaning tarkibiy qismlari qaysilar?; 
    – aqliy tarbiyaning hozirgi davr talabi nimada?; 
    – axloqiy tarbiya vazifalari qaysilar?; 
    – ekologik tarbiyaning mohiyati nimada?; 
    – mehnat va iqtisodiy tarbiyaning muhim vazifalarini izohlang; 
    – estetik tarbiyaning vazifalarini ayting; 
    – jismoniy tarbiyaning bugungi kundagi ahamiyati; 
    – huquqiy tarbiyaning muhim belgilari qaysilar? 
    Shuni esda tutish kerakki, yaxshi qo’yilgan savol, bu – javobning yarmisini 
    o’zida jo etgan savoldir. 

    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish