absolut cffektivligi ushbu mutaxassis tomonidan voqealaming
keyingi rivojlanishini oldindan istiqbolli to ‘g ‘ri aytganlari
sonini u qatnashgan umumiy ekspertizalar soniga nisbati bilan
aniqlanadi. Masalan, ekspert 10 ta ekspertizada ishtirok etgan
va ularda uning fikri-nuqtayi nazari 6 marta tasdiqlangan bo‘lsa,
u holda bunday ekspert faoliyatining absolut intensivligi 0,6 ga
teng bo‘ladi.
Ekspert faoliyatining nisbiy effektivligi - bu mazkur ekspert
faoliyati absolut intensivligini ekspertlar guruhi faoliyatining
absolut intensivligi o‘rtacha arifmetik qiymatiga nisbatidir.
Ekspert faoliyatining absolut va nisbiy intensivligi qanchalik
yuqori bo‘lsa, ushbu ekspertning qimmati shunchalik yuqori
bo‘ladi, albatta. Ekspertiza sifati darajasini oshirish uchun tahlil
qilinayotgan muammo bo‘yicha maxsus o'qishlar, mashg‘ulotlar
va imkon qadar kengroq obyektiv ma’lumotlar bilan tanishishni
tashkil etish yo‘li bilan ekspertlarning mahorati (toifasi)
ni ko‘tarishga harakat qiladilar.
Ko‘pchilik sport turlarida
hakamlami sportchilaming mahoratini (masalan, gimnastikada)
yoki bellashuvning borishini baholaydigan o‘ziga xos ekspertlar
(masalan, boksda) sifatida qarash mumkin.
Ekspertiza usulida (ekspert baholash usulidan foydalanganda)
ekspertlar fikrlarining o‘zaro mos kelish d arajasi katta
ahamiyatga ega.
Agar ekspertizada ikkita ekspert ishtirok
etsa, u holda ular fikrlarining o ‘zaro moslik darajasini rangga
oid Spirmen korrelatsiya koeffitsiyentini hisoblash yo‘li
bilan baholash mumkin. Agar ikkitadan ko‘p sonli ekspertlar
ishtirok etsa, u holda ulaming
fikrlarini
o ‘zaro mos kelish
darajasi konkordatsiya koeffitsiyentidan foydalanib aniqlanadi.
Sportchilaming (ulaming soni n ta) musobaqadagi chiqishlarini
m ta ekspert (masalan, konkida figurali uchishdagi hakamlar)
99
kuzatdilar va baholadi (ranglar - o‘rinlar bo‘yicha taqsimladi) lar
deb faraz qilaylik. U holda ekspertlar fikrlari uchun konkordatsiya
koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: