5.2. Sifat ko‘rsatkichlarining turlari
94
Harakatlar go‘zalligi ijro mahoratini majmuaviy ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Ko‘rkamlik va latofatlik go‘zallikning asosiy tashkil
etuvchilari hisoblanadi.
Quyidagilar ijro mahoratining xususiy ko‘rsatkichlari sifatida
xizmat qiladigan go‘zallik komponentalari hisoblanadi:
• tomoshaboplik - umumiy ko‘rgazmali taassurot hosil qilish
imkoniyati;
• samaradorlik - ijroning ayrim momentlari taassurotlari;
• o ‘zaro moslashuvlik - yagona yaxlitning alohida sifatlar,
qismlaming o ‘zaro mosligi;
• tabiiylik - ijro davomida yengillik, erkinlik, soddalik;
• texnik mahorat - sportchi harakatlarining maksimal sama-
radorligi, kerakli harakatlanish malaka vako‘nikmalarito‘plamini
egallaganlik darajasi;
• ifodalanuvchanlik - harakatlarda ma’no, his-hayajon, kay-
fiyatni ifodalash qobiliyati;
• musiqaviylik - harakatlaming musiqa xarakteriga mosligi,
asaming tempi va ritmiga rioya etilishi.
Zikr etilganlardan tashqari, harakatlar madaniyati, aniqligi,
mohirligi, egiluvchanligi, nafisligi va boshqalar ijro mahorati
ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
5.3. Ekspert baholash usuli
Ekspert baholash deb mazkur sohaning yetuk mutaxassislari
fikrini o‘rganish yo‘li bilan olinadigan baholarga aytiladi.
«Ekspert» (lotincha expertus - tajribaviy ma’nosini anglatadi) -
mazkur sohaga oid maxsus bilimlarga ega bo‘lgan va qo‘yilgan
masalani yechish uchun taklif etilgan yetakchi mutaxassis - shaxs
hisoblanadi.
Mazkur usul maxsus tanlangan shkaladan foydalanib
mutaxassis-ekspertlaming subyektiv baholashlari bilan zarur
bo‘lgan o‘lchashlami amalga oshirish imkonini beradi. Bunday
baholar- tasodifiy kattaliklar bo ‘ lib, ularga ko ‘p o‘ lchamli statistik
tahlilning ba’zi usullari yordamida ishlov berilishi mumkin.
95
Ekspert baholash yoki ekspertiza, odatda, ekspertlar guruhi
bilan so‘rov yoki anketa o‘tkazish shaklida o‘tkaziladi.
Ko‘pchilik hollarda m a’lum bir masalalami o ‘rganishga
ixtisoslashgan ekspertning xulosasi ayrim oMchashlar va hisob-
kitoblarga nisbatan ancha muhim bo‘lishi mumkin. Ekspert,
odatda, mazkur sohaning tajribali va yetuk mutaxassisi
hisoblanadi, shuning uchun, ulaming fikri yo tadqiqot natijasi
yoki o‘rganilayotgan obyektning tahlili yoki uning holatini,
hodisani istiqboli sifatida qabul qilinishi mumkin.
Shunday qilib, ekspert baholash usuli (ekspertizaning vazifasi
va mazmuniga bog‘liq holda) analitik usul yoki istiqbolni
belgilashga qaratilgan usul sifatida izohlanishi mumkin.
Ekspertizaga xarakterli misollar: gimnastikada va konkida
figurali uchish musobaqalarining yoki «eng yaxshi ilmiy ish»
ko‘rik tanlovining hakamlari va shu singarilar.
Ushbu usul ko‘p sonli baholash natijalari (kattaliklar) sifatida
izohlanadi, chunki ekspert baholash uchun, odatda, bir nechta
ekspertlar taklif qilinadi. Nazariy jihatdan, ekspertlar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, xulosa shunchalik aniq bo‘ladi. Bu aniqlik,
statistikaning umumiy tamoyili bilan to‘g ‘ri keladi: dastlabki
statistika qanchalik to‘liq bo‘lsa, natija shunchalik aniq bo‘ladi.
Agar, ekspertlaming fikrlari bir-biriga to ‘g‘ri kelsa, ekspertiza
amalga oshgan hisoblanadi, ular bir ovozdan ma’ qullagan umumiy
fikr ekspertizaning natijasi deb qabul qilinadi. Agar, ulaming
fikrlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, ya’ni tadqiqot obyekti qarama-
qarshi (ayrim paytlarda diametral qarama-qarshi) fikrlar bilan
baholansa, unda ekspertiza amalga oshmagan deb hisoblanadi.
Bunday holatda, muammoning yechimini topish uchun
boshqa yondashishlami topish zarur: yo tadqiqotning boshqa -
mukammalroq usulini qo‘llash yoki ekspert guruhi tarkibini (agar
tarkibda mazkur soha yoki muammodan yiroq ekspertlar soni
ko‘p bo‘lsa) almashtirish yoki boshqa muammolami ko‘tarish
kerak.
Bundan shunday xulosa chiqadi-ki, ekspertlar qanchalik ko‘p
bo‘lsa, umumiy qarorga kelish shunchalik qiyin bo‘ladi.
96
Amaliyot shuni ko‘rsatadi-ki, odatda, agar ekspertlami
tanlashda to‘g‘ri va obyektiv yondashilgan bo‘lsa, ular alohida
xulosa qiladi-mi yoki jam oa qarori sifatida fikr bildiradi-mi,
ulaming fikri bir-biriga juda ham yaqin bo‘ladi.
Ekspert baholash usulining hisob-kitob qismi shundan iborat-
ki, unda ekspertlar fikrlarining kelishilganligini ta’minlashga
erishish lozim va ekspertlarning fikrlari ma’lum bir birliklar:
ballar, ochkolar, foizlar, qismlar va boshqalarda ifodalanishi
lozim.
Shunday qilib, zamonaviy ekspert baholash yoki ekspertiza
- bu soha yetuk mutaxassislaridan ma’lumotlar olishga va
optimal yechimlar qabul qilish maqsadida ulami tahlil qilishga
yo‘naltirilgan tashkiliy, mantiqiy va matematik - statistik muolaja
(protsedura) lar tizimidir. Va bir vaqtda ekspert - bu, ham o‘z
xususiy tajribasiga, ham ilg‘or fan yangiliklariga, ham boshqa
odamlar bilimlariga tayangan mutaxassis, ya’ni eng yaxshi
murabbiy (pedagog, rahbar va shu singarilar) bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar tomonidan ekspertiza o ‘tkazish quyidagi asosiy
bosqichlami o‘z ichiga oladi:
- ekspertizaning maqsadi shakllantiriladi va aniqlanadi;
- ekspertlar guruhi tanlanadi;
- ekspertiza o‘tkazish uslubi tanlanadi;
- ekspertlar fikrini belgilaydigan miqdoriy o‘lchovlari ifo-
dalanadi;
- ekspertiza o ‘ tkazishning mazmuni va shakli bilan ekspertlami
tanishtirish amalga oshiriladi;
- ekspertizaning muolajalari amalga oshiriladi;
- ekspert baholash natijalari yakunlanadi: olingan natijalarga
ishlov beriladi. Jumladan, ekspertlarning individual baholarining
o ‘zaro mosligi - konkordatsiya koeffitsiyentining qiymati
aniqlanadi.
Ekspertlar o‘rganilayotgan obyekt yoki uning m a’lum alomati
(sifati) to‘g‘risidagi o ‘z fikrlarini variatsion qatomi tashkil
qiladigan shartli birliklarda ifodalaydilar, bunda tanlanmaning
97
markaziy yo‘naluvchan!igini xarakterlaydigan asosiy statistik
ko‘rsatkichlari (o‘rtacha arifmetik qiymat X , moda Mo va
medina A /) hamda tebranuvchanlik darajasi (dispersiyacr2,
o‘rtacha kvadratik (yoki standart og‘ish) og‘ish c r, variatsiya
koeffitsiyenti Vva o‘rtacha arifmetik qiymatning standart xatoligi
S- ) aniqlanadi. Shuningdek, ekspertlar fikrining o‘zaro mos
kelish darajasi - konkordatsiya koeffitsiyentini hisoblab, uning
asosida ekspertiza sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
E kspertlarn i tanlash - ekspertizaning muhim bosqichi
hisoblanadi, chunki har qanday mutaxassisdan ham ishonchli
ma’lumotlami olish mumkin bo‘lavermaydi.
Quyidagi sifatlarga ega bo‘lgan inson ekspert bo‘lishi mumkin:
1) yuksak darajadagi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak;
2) o‘tmish va hozirgi voqelikni tanqidiy tahlil qilish hamda
kelajakni istiqbollash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
3)
psixologik jihatdan barqaror bo‘lishi va kelishuvchilikka
moyilligi bo‘lmasligi kerak.
Yuqori toifali (mahoratli) ekspertlarga kasbiy kompetentlik,
hissiyotlarga berilmaslik, yuqori intuitsiya, dunyoqarashining
kengligi va fikr - mulohazalarining mustaqilligi va teranligi
singari xususiyatlar xos.
Masalan, ekspertning kasbiy kompetentligi quyidagilar bilan
aniqlanadi:
a) u qayd etgan baholaming guruhdagi o‘rtacha arifmetik
qiymatga yaqin bo‘lishi;
b) bajarilayotgan test masala (topshiriq) larini bajarish
tartibi va jarayoni ekspert tomonidan yetarlicha yuqori darajada
o‘rganilgan bo‘lishi kerak.
Ekspertlar kompetentligini obyektiv baholash uchun maxsus
anketa yaratilishi mumkin va ekspertlikka da’vogarlar aniq
ajratilgan vaqt davomida ushbu anketa savollariga javob berib,
o ‘z bilimlarini namoyish etishlari va shu yo‘l bilan ekspertlikka
layoqatlarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, ularga o ‘z bilimlarini o‘zlari baholaydigan
anketani to‘ldirishni taklif etish foydalidir. Tajribalar o‘ziga
98
talabchan va o‘z bilimlarini yuqori baholaydigan shaxslar
boshqalarga nisbatan kamroq yanglishishlarini ko‘rsatadi.
Ekspertlami tanlashdagi boshqa bir yondashuv ulaming
faoliyatieffektivligini aniqlashdan iborat. Ekspert faoliyatining
|