Sifat ko‘rsatkichlarining turlari texnik - estetik sport turlarida
musobaqa mashqlarini bajarishning turli aspektlarini qamrab oladi.
Ulami umumiy baholash uchun ijro mahorati ko‘rsatkichlaridan
foydalaniladi.
Biroq, ixtiyoriy kompozitsiyalami yuqori
murakkablik darajasida va mukammal ijro texnikasi namoyish
etilgan hollarda sportchilar ishtirokini sifati bo‘yicha farqlash
imkoniyatini beradigan estetik ko‘rsatkichlar oldingi planga
chiqadi.
Estetik ko‘rsatkichlar insonni obyektiv reallikka estetik
munosabati modeli asosida shakllanadi. Ular musobaqa
qoidalarida aks ettiriladi va mashqlami bajarishning quyidagi
tomonlarini tavsiflaydi:
• birikmalar elementlarining tarkibi (murakkablik, originallik);
• elementlarning bir-biriga bo‘ysunuvchanligi va ulaming
yaxlitligi (alohida qismlar va kompozitsiyalami yaxlit holda
mantiqiyligi, kompozitsiyada elementlar murakkabligini bir tekis
taqsimlanishi, eskirgan va siyqasi chiqib ketgan bogianishlar va
kompozitsion stereotiplaming bo‘lmasligi; (stereotip - bir-biriga
juda yaqin, juda o ‘xshash);
• ijroning dinamikligi (birlashmalami bir nechta element va
kaskadlardan shakllantirilganligi, elementlarning bajarish tempini
o ‘zgarishi);
• kompozitsiyaning badiiy bezatilishi (harakatlaming tez-
korligi - harakatlami musiqaga moslay bilishi, kompozitsiyani
zamonaviy tarzga mosligi, artistizm — harakatlarga imo-ishoralar
orqali ma’noli ohang va tus kiritish, badiiy usullar - takrorlashlar,
keskin farqlanish, kutilmagan elementlar).
Ijro mahorati ko‘rsatkichlari sportchining o‘z jismoniy,
sport-texnik imkoniyatlarini ko‘rsata olish va kompozitsiyani
yaxlit bajarilishida ulami badiiy tavsiflarda ifodalash malaka
va ko‘nikmalarini xarakterlaydi. Ijro mahorati darajasi sport
razryadlari va unvonlariga mos keladi. Bundan tashqari, yuksak
ijro mahorati tushunchasi ham keng qo‘llanadi.