Tarbiyainstituti b. B. Musayev




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

Nazorat uchun savollar
1. Sifat ko‘rsatkichlari deb nimaga aytiladi?
2. Kvalimetriya nima?
3. Ekspert baholash usuli nimalardan iborat?
4. So‘rov o'tkazish usuli nimalardan iborat?
5. So‘rov o‘tkazishning qanday turlarini bilasiz?
6
. To‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rov o‘tkazish usulini ta’riflang.
7. Bilvosita (Shartsiz, Shartli, Ochiq, Yopiq, Yuzma- 
yuz, Sirtdan, Individual, Gumhda, Shaxsiy, Anonim) so‘rov 
o ‘tkazishni ta’riflang.
109


VI bob. SPORTCHILAR USTIDAN NAZORATNING 
INSTRUMENTAL USULLARI
6.1. Tadqiqotlarning instrumental usullari
Tadqiqotlaming 
instrumental 
usullari 
harakatlaming 
kinematik, dinamik, energetik tavsiflarini hamda jismoniy 
mashqlami bajarish paytida bioelektrik faollikni to‘g‘ridan 
-to‘g‘ri qayd etish uchun qo‘llaniladi. Instrumental usullaming 
quyidagi ikkita guruhi: optik, optik-elektron (foto-, kino-, 
videotasvir) va mexanoelektrik (goniografiya, mexanografiya, 
tenzodinamografiya, akselografiya) hamda ulaming turdoshlari 
va birikmalari o‘zaro farqlanadi.
Musobaqalar va mashq qilish sharoitlarida yuqori darajada 
aniq axborot texnologiyalarini qo‘llash mashqlami bajarish 
samaradorligini baholash uchun yangi imkoniyatlami yaratadi
odatdagi tahlil uchun qiyin bo‘lgan harakat amallari tarkibidagi 
nozik o‘zaro aloqalami ajratish imkonini beradi. Instrumental 
usullami, jumladan harakat amallarini boshqarish mexanizmlarini 
o‘rganish o‘quv-mashq jarayonini takomillashtirish uchiln juda 
oddiylaridan to eng murakkablarini ham muvaffaqiyatli qoilash 
bo‘yicha misollar ko‘p.
Zarba harakatlarini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadi-ki, zarbani 
berish momentida ko'rinadigan «zarba beruvchi qo‘lning 
paradoksal tormozlanishi» yangi kelgan sportchilarga xos boMgan 
mudofaa reaksiyasi hisoblanmaydi. Aksincha, u zarba massasini 
oshirish uchun malaka va ko‘nikma sifatida ishlab chiqiladi.
Ikki bo‘g ‘imga ulangan mushaklaming distal va proksimal 
uchastkalarining alohida faolligi to‘g‘risidagi elektrofiziologik 
ma’lumotlar V. M. Dyachkov tomonidan balandlikka sakrash 
paytida depsinishning ancha samarali variantini ishlab chiqishda
110


qoMlanilgan. Ushbu texnikani qoMlash orqali mashhur balandlikka 
sakrovchi sportchi V. Brumel jahon rekordini o‘matgan. Yugurib 
kelib uzunlikka sakrashda depsinishni amalga oshirishning 
shartlarini tanlash uchun vektordinamografiyani qo‘llash yugurib 
kelishdagi oxirgi bosqichlarni bajarish variantini topish imkonini 
bergan. Bunda, depsinish joyiga oyoqni qo‘yish paytida tayanch 
bosimini eng kam yo‘qotish qayd qilingan.
0
‘quv-mashq jarayoni davrida va ayniqsa, musobaqalar 
sharoitida tadqiqotning instrumental usullarini qo‘llash, odatda, 
katta tashkiliy vauslubiy qiyinchiliklar bilan bog‘ liq. Lekin, hozirgi 
vaqtda, uslubiy va tajribaviy jihatdan quyidagi qoida asoslangan: 
tadqiqot qilinayotgan sportchining «hozirgi harakatlari»ga uning 
sun’iy yaratilgan «kelajakdagi harakatlari»dan kelib chiqqan 
holda qarash kerak (ya’ni, biomexanik tadqiqotlami sun’iy 
boshqariladigan muhit, trenajyor va boshqa sharoitlarda o‘tkazish 
kerak), chunki bunda, potensial imkoniyatlami amalga oshirishga 
xalal beradigan sabablar aniq ko‘rinadi va anglanadi.
0
‘quv-mashq jarayonining tabiiy sharoitlarida obyektiv 
axborot olishdagi qiyinchiliklarni kamaytirishga, mashqlar va 
musobaqalar o‘tkaziladigan joylami biomexanik nazorat qiluvchi 
apparatlar bilan statsionar ravishda jihozlash yo‘li bilan erishish 
mumkin.
Hozirgi vaqtda, o ‘quv-mashq jarayonining sifatini yaxshilash 
uchun mo'ljallangan tizimlami ishlab chiqish, axborotni 
kompyuterga avtomatlashtirilgan holda kiritish va uni qayta 
ishlash imkoniyatini beruvchi dasturiy-apparat majmualarini 
yaratish yo‘nalishida ishlar olib borilmoqda.
Mashq qilish jarayonida qo‘llash maqsadida biomexanik 
ko‘rsatkichlaming avtomatlashtirilgan ekspress-nazorat tizimini 
yaratish paytida nafaqat texnik, balki pedagogik muammolar ham 
yuzaga keladi, ya’ni:
- baholash uchun qaysi ko‘rsatkichlarni tanlash lozimligi;
- ulami qanday aniqlikda o ‘lchash lozimligi;
- ulaming qanchalik variativligi;
111


- ko‘rsatkichlaming qanday kattaliklarini me’yor sifatida 
olish lozimligi;
- agar zarurat tug‘ilsa, sportchi alohida ko‘rsatkichlami 
qanday aniqlik bilan boshqara olishi;
- sportchi bir vaqtning o ‘zida ko‘rsatkichlaming nechtasini 
korreksiya qila olishi;
- texnikaning ayrim ko‘rsatkichlari o‘zgargan paytda, 
sportchining natijasi (yoki texnikaning asosiy ko‘rsatkichlari) 
qanday o‘zgarishi mumkinligi muammolari ham yuzaga keladi.
Instrumental tadqiqotlaming materiallari, ya’ni harakat 
amallarini bajarish paytidagi biomexanik jarayonlami yozib 
olish, foto suratlar, kinoplyonka va boshqalar hamda turli 
o‘ziyozarlar tomonidan chizilgan grafiklar ko‘rinishida berilishi 
mumkin. Birinchilarini sharhlash zarur, ikkinchilari amalda 
tayyor ko‘rinishdagi axborotga ega. Har bir holatda, ko‘p sonli 
aniq raqamli ma’lumotlami nima qilish kerak, degan savol 
tug‘iladi. Chunki, axborotning ko‘pligi ham, uning yetishmasligi 
kabi zararlidir. N.G.Suchilinning (1996) fikricha, «...awaliga 
texnikani sifatli tahlil qilish, keyin esa muvaffaqiyatli va xato 
harakatlaming biomexanik tavsiflarini aniqlash bilan son jihatdan 
tahlil qilish maqsadga muvofiq». Natijada, ijrochining bitta 
texnikasi ikkinchisidan «nimasi bilan» va «qanchalik» farq qiladi 
degan savollarga javob olinadi. Bunda, texnikani sifatli tahlil 
qilish xatoliklami quyidagi to‘rtta juftliklarini qo‘llash orqali 
bajariladi:
- «ertaroq-kechroq» — fazaning boshlanishi va yakuni;
- «uzoqroq-qisqaroq» - fazaning davomiyligi;
- «kuchliroq-kuchsizroq» - rivojlantiriladigan kuchlanishlar;
- «yetarlimas-ortiqcha» - chegaraviy holatlar va bo‘g‘im 
burchaklari.
Sport texnikasini son jihatdan tahlil qilish boshqariladigan 
gavda mexanikasi nuqtayi nazaridan bajariladi. Bunda, gavdaning 
biron - bir harakat qilishi va aylanma harakatining dasturlari, 
boshqaruvchi kuchlar va kuchlar momentlari, massalaming
112


o‘zaro zaruriy ko‘chishlari, asosiy va korreksiya qilinadigan 
boshqaruvchi harakatlar, dinamik qaddi-qomatning elementlari 
ketma-ket belgilanadi (
6.1
- rasm ).
Shunday qilib, tajriba va hisoblash yo‘li bilan olingan 
m a’Iumotlaming tahlili odam harakatlarini mukammallashtirish 
qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Odam harakatlarini boshqarish qonuniyatlarini o ‘rganishning 
zaruriy sharti - harakatlaming biologik va mexanik tavsiflarini 
majmuaviy qayd etish hisoblanadi.
Jismoniy mashqda gavda
1 larakatning umumiy dasturil
joyning dasturi: 
l-zveno massusi,
/vcno og'irlik markazi 
ki>i>idiiuilalar. o ‘g'irlik
kuchi momenti 
2-trayektoriya, tezlik, 
navda UOM tezlanishi
Oriyentatsiya
dasturi:
1-Eylar 
burchaklari 
2-burchak te/liklan 
x? 
gavda oqlariiung 
te/lanishlari

Download 4,09 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish