Tarbiyainstituti b. B. Musayev




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

savollar deb aytiladi. 
Masalan, «Siz qaysi faoliyat sohasi 
bo‘yicha ixtisoslikni tanlagan bo‘lardingiz?», «Sport to‘g‘risida 
sizning fikringiz?», «So‘nggi futbol o‘yini to‘g‘risida sizning 
fikringiz?» va shu kabilar. Yopiq savol esa, aksincha, oldindan 
belgilangan javob variantlarini nazarda tutadi. Masalan, «Insti- 
tutni bitirgandan keyin Siz qaysi lavozimda ishlashni xohlaysiz?
a) murabbiy; 
b) o ‘qituvchi; 
d) ilmiy xodim; 
e) tashkiliy 
ish-lar bo‘yicha mas’ul xodim»; «Sportning qaysi turi sizga
106


ko‘proq yoqadi: futbol, suzish, yengil atletika», «Siz sportdagi 
qanday ishlar bilan shug‘ullangan bo‘lardingiz. Sport o‘yinlari, 
trenajyorlardagi mashg‘ulotlar, yakkakurash sport turlari», 
«Sport bilan quyidagilardan qay biri ko‘rinishida shug‘ullanishni 
yoqtirasiz: individual, kichik guruhda, jamoada» va shu singarilar.
To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) anketa o ‘tkazish javoblari res- 
pondentdan tadqiqot obyekti to‘g‘risidagi bevosita ma’lumotlarni 
beradigan savollardan tashkil topgan hamda bu savollar bevosita 
tadqiqot masalalarini yechishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan: 
«400 metr masofaga yuguruvchilar mashg‘ ulotida tezkorlik -
kuch tayyorgarligini roli qanday?», «Siz mashg‘ulotlar o'tkazish 
usullari to‘g‘risida qanday fikrdasiz?», «Sizga mashg‘ulotlarimiz 
dasturi yoqadi-mi?», «Basketbol o‘yinini yaxshi ko‘rasiz-mi?», 
«Futbol o‘yiniga qiziqasiz-mi?» va shu kabilar.
Yuqoridagi birinchi (yuguruvchi) holda bilvosita anketa savoli, 
masalan, quyidagicha qo‘yilishi mumkin: «400 metr masofaga 
yuguruvchilar tayyorgarligi tizimida chidamkorlikni va tezkorlik
- kuch sifatlarini tarbiyalashning qiyosiy muhimligi to‘g‘risida 
Sizning fikringiz?», «Yangi mashqlami qo‘shish dasturning 
yaxshilanishiga olib keladi-mi yoki yomonlanish tomoniga-mi?», 
«Sizning fikringiz-cha, yuklama hajmining ortishi qanday: ijobiy 
yoki salbiy samaraga olib keladi?», «Yangi mashqlar kompleksini 
qanday baholaysiz? a) samarali, b) samarasiz yoki d) kichik 
samara bilan» va shu singarilar.
S h a r t s i z so‘ r o v - anketa o‘tkazish hech qanday shartlar 
qo‘yilmagan holda javob beriladigan savollardan tashkil 
topgan bo‘ladi, masalan: «SIZ o‘z o‘quvchilaringizni testdan 
o‘tkazganmisiz?», «
0
‘z xususiy dasturingiz bo‘yicha ishlayapsiz- 
mi?», «Ertalabki badan tarbiya bilan shug‘ullanasiz-mi?» va shu 
kabilar.
Shartli 
savollar 
shartsiz 
savollardan 
farqli 
o‘laroq, 
respondentning 
ma’lum 
shart-sharoitlarda 
sodir 
bo'lishi 
muumkin bo‘lgan hodisalar to‘g‘risida o‘z fikrini bayon etishini 
nazarda tutadi. Shartli anketa o‘tkazish respondentning ma’lum 
bir shartlarga rioya qilgan holda javob beriladigan savollarni
107


o‘z ichiga oladi, masalan: «Agar o‘tkazilgan test natijalari 
chidamkorlik 
darajasining 
keskin 
o‘zgarishini 
ko‘rsatsa, 
mashg‘ulotlar xarakterini o‘zgartirish kerak-mi?», «Agar 
o‘quvchilar hali sport seksiyalarida shug‘ullanmagan bo‘lsalar, 
o ‘quv yilining boshida musobaqa o‘tkazish kerak-mi?», «Agar 
jamoa bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsa, keyingi o‘yinda jamoa 
qanday tarkib bilan maydonga tushadi?» va shu singarilar.
Yuzma-yuz so‘rov (anketa) o‘tkazish - bu tadqiqotchi 
ishtirokida anketani to‘ldirish usuli. Bu holda respondent 
anketa to‘ldirish savollari bo‘yicha maslahatlar olish, boshqa 
respondentlar fikrlarini bilib olish imkoniyatiga va shu kabilarga 
ega boMadi.
Sirtdan anketa o‘tkazish - respondentning xohishiga ko‘ra 
anketa to‘ldirish. Anketa pochta orqali jo ‘natilishi ham mumkin.
Individual anketa o‘tkazish - anketa bitta shaxs tomonidan 
to‘ldiriladigan respondentning ishlash usuli.
Anonim anketa o ‘tkazish respondentga har qanday savolga 
to‘lig‘icha ochiq-oydinlik bilan javob berish imkonini beradigan 
ishlash usuli, chunki respondentning pasport va boshqa 
ma’lumotlari qayd etilmaydi.
Anketa o ‘tkazilgandan keyin respondentlaming ovozlari 
hisoblab chiqiladi, ya’ni anketa natijalari umumlashtiriladi, 
olingan natijalar yakunlanadi va uning bazasida o‘rganilayotgan 
obyekt to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Hisoblangan ovozlar 
maxsus jadvalga, ya’ni matritsaga kiritilishi kerak, uning hajmi 
so‘rovnomaning demografik va asosiy qismlariga bog‘liq.
Anketa tuzuvchidan yuksak kasbiy kompetentlik, har 
tomonlama bilimdonlik talab qilinadi. Anketa savollari qisqa 
va aniq bo‘lishi hamda respondentlaming bilim (ma’lumot) 
darajasiga mos kelishi kerak. Anketaning boshlang‘ich qismida 
uncha qiyin bo‘lmagan va respondentlami qiziqtirishi mumkin 
bo‘lgan savollar, anketaning o‘rtasida esa «o‘z mohiyatiga» ko‘ra 
savollaming asosiy qismini joylashtirish maqsadga muvofiq.
Agar so‘rov o ‘tkazishni boshlanishidan oldin ishlab chiqilgan
108


anketani ekspert baholash va ekspertlarning fikrlarini inobatga 
olgan holda uni takomillashtirish amalga oshirilsa, u holda 
anketaning sifati ortadi.

Download 4,09 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish