Masalan, agar sapchishda, gorizontal tezlik 0,22 m/s ga teng
bo‘lsa (B guruh), sakrashda esa - 0,69 m/s ga teng bo‘ladi.
Standart og‘ishning bunday sezilarli darajada ortishi, ayrim
sakrovchi sportchilarda
V
ko‘rsatkichining keskin kamayishi
to‘g‘risida dalolat beradi;
3)
depsinishning ancha yuqori vertikal tezliklari yuqori malakali
sportchilami, o‘zlarining maksimal gorizontal tezliklarini optimal
tezlikka aylantirishni uddalay olishlari to‘g‘risida dalolat beradi.
Kuzatishlar jarayonida olingan m a’lumotlar 18 metrga sakrash
uchun (G guruh) zarur bo‘lgan kerakli tezliklaming istiqbolini
belgilash uchun qo‘llanilgan.
Vyer/ va
V
hisoblash qiymatlari
oriyentir hisoblanadi, ularga musobaqaga tayyorlanayotgan
sakrovchi sportchi erishishi nazarda tutilgan.
Sportning asiklik turlarining tarkibiy tuzilmasi har xil va
shuning uchun, musobaqa faoliyatini nazorat qilishda ularda
turli mezonlar ishlatiladi. Ulaming informativligini baholash
musobaqalardagi natijalar bilan mezonlaming qiymatlari
o‘rtasidagi korrelatsiya koeffitsiyentining kattaligi bo‘yicha
o‘tkazilishi kerak.