8.1-rasm. Dinamogrammaning sxemasi:
Fmax- kuchning eng katta qiymati,
tmax - unga erishish vaqti,
Tmnm- kuch ta’sirining umumiy vaqti,
Fo.r- o ‘rtacha kuch,
J - kuch impulsi;
I. Asosiy ko‘rsatkichlar :
a) harakatning biron-bir momentida kuchning oniy qiymati,
xususan,
maksimal kuch;
b) o‘rtacha kuch.
II. Integral ko‘rsatkichlar- kuch impulsi.
III. Differensial ko‘rsatkichlar - kuch gradiyenti va shu kabi
lar.
Amaliyotda kuchni dinamometrdan foydalanib o‘lchash eng
keng tarqalgan.
Mutlaq ko‘rsatkichlami qayd qilish bilan bir qatorda nisbiy
(sportchi gavdasi massasini hisobga olgan holda) ko‘rsatkichlar
ham hisobga olinadi.
Maksimal kuchning bahosi statik tartibda ishlashda oshirilgan
bo‘lishi mumkin. Shu maqsadda, mushak guruhlaridagi maksimal
kuchlami tanlab
baholovchi turli mexanik, tenzonometrik
dinamograf va dinamometrlardan foydalaniladi.
127
Shuni
hisobga olish kerak-ki, statik kuch ko‘pgina sport turlari
faoliyatiga nisbatan o‘ziga xos bo‘lmagan munosabatda boMadi.
Sezilarli holda ushbu sifatlaming potensial bazasini aks ettirgan
holda statik kuch maxsus tayyorgarlik jarayonini
bajarishda va
musobaqa mashqlaridagi kuch qobiliyatlarining yuqori darajasini
kafolatlaydi.
Shuni bilish muhim-ki, statik tartibdagi
kuch imkoniyatlarini
tadqiq etish harakat amplitudasining aniq nuqtalarida qoMlangan
holda aniqlanadi va belgilangan amallar (masalan, oMchashlar va
b.) uning butun diapazonida o ‘tkazilishi mumkin.
Dinamik tartibda ishlovchi mushaklarda o‘tkazilayotgan
oMchash natijalarining informativligi yuqori ekanligi maMum
boMdi. Ammo, bu informativlikning kattaligi ko‘pchilik hollarda
qayd qiluvchi kuch usuliga bogMiq.
Kuch sifatlarining aniq bahosi
izokinetik tartibdagi ishda
ko‘tariladi. Hozirgi vaqtda izokinetik trenajyorlar va ular asosida
tayyorlangan diagnostika asboblari zamonaviy amaliyotda keng
qoMlanmoqda.