Sportchining tezlik sifatlari minimal vaqt oralig‘ida amalga
oshirilishi mumkin boMgan harakatlarda namoyon bo‘ladi. Tezlik
sifatlarining namoyon bo‘lishining quyidagi ikkita turi mavjud :
1
) elementar tezlik sifatlari;
2
) kompleks tezlik sifatlari.
Elementar tezlik sifatlari quyidagilami o‘z ichiga o la d i:
a) reaksiya vaqti;
b) yakka holda harakatlanish vaqti;
d) lokal harakatlar chastotasi (tempi).
Kompleks tezlik sifatlari sport harakatlarini bajarish tezligi
(sprinteming yugurish vaqti, futbolchi yoki xokkeychining tezkor
yugurish vaqti, bokschining zarba berish vaqti va hokazolar)
bilan xarakterlanadi.