• 8.4. Tezlik qobiliyatlari nazorati 132
  •  Reaksiya vaqtini nazorat qilish




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/110
    Sana03.12.2023
    Hajmi4,09 Mb.
    #110476
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
    Bog'liq
    Sport metrologiyasi Musayev B. B.

    8.5. Reaksiya vaqtini nazorat qilish
    Har qanday mashqni bajarish uchun sarflangan vaqt, odatda, 
    quyidagi ikkita o‘zgaruvchi tashkil etuvchilar yig‘indisidan iborat 
    b o ia d i:
    -
    reaksiya vaqti (RV);
    -
    harakat vaqti (HV).
    Masalan, 10,5 s ga teng bo‘lgan 100 metr masofaga yugurish 
    natijasi sportchining (0,15 s ga teng bo‘lgan) startdagi reaksiya 
    vaqti va (10,35 soniyaga teng boigan) masofani yugurib o ‘tish 
    vaqtining yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
    RVning «Solishtirma vazni» uning qiymati reaksiya 
    belgilangandan keyingi harakatni bajarish vaqti bilan solishtirish 
    mumkin bo‘lgan mashqlarda eng katta bo‘ladi (bunday vaziyat 
    sport o‘yinlari va yakkakurash sport turlarida ko‘p uchraydi). 
    Masalan, bokschi va qilichbozlarda ixtisoslashgan reaksiya 
    vaqtining qiymati 0,3-0,7 s oraliqda, zarba yoki hujumni amalga 
    oshirish vaqtining qiymati esa 0,25-0,47 s oraliqda tebranadi.
    8.4. Tezlik qobiliyatlari nazorati
    132


    Bundan shu narsa aniq ko‘rinib turibdi-ki, mashqni bajarish vaqti 
    umumiy sarflangan vaqtning taxminan 50%ini RV tashkil etadi.
    Siklik xarakterdagi sport turlarida RVning natijadagi «ulushi» 
    katta emas: masalan, 100 metrga yugurishda u 2—3%ni, 1000 
    metrga yugurishda u 0,02%ni tashkil etadi.
    Aytib o ‘tilganlar RV ko‘rsatkichlarining informativligi o‘yin 
    va yakkakurash sport turlarida eng katta qiymatga, uzoq davom 
    etadigan siklik xarakterdagi mashqlarda kichik qiymatga ega 
    bo‘ladi deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
    Oddiy va murakkab reaksiya vaqtlari bir-biridan farqlanadi: 
    murakkab reaksiya vaqti, o‘z navbatida, tanlash reaksiyasiga va 
    harakatlanuvchi obyektga nisbatan reaksiyaga (HOR) boiinadi.
    Oddiy reaksiya vaqtini signalning turi ham, javobning usuli 
    ham oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda o'lchanadi (masalan, 
    lampochka yonganda tugmachani qo‘yib yuborish, start 
    beruvchining o‘q otishi bilanoq yugurishni boshlash). Oddiy 
    reaksiyalaming davomliligi nisbatan katta bo‘lmaydi va uning 
    qiymati, odatda, 0,3 soniyadan ortmaydi.
    Laboratoriya 
    sharoitlarida 
    RVni 
    o‘lchash 
    reaksiomer 
    (xronorefleksometr)lardan foydalanib amalga oshirilishi mumkin. 
    Signal (tovush, yorug‘lik yoki taktil signallar) standart bo‘lishi 
    kerak.
    0 ‘lchash kompleksining xatoligi millisoniya birliklaridan 
    ortib ketmasligi kerak. Masalan, yorug‘likka nisbatan sezgirlik 
    RV oMchanganda quyidagilar standartlashtirilishi kerak: sportchi 
    va signal orasidagi masofa, signalning shakli, rangi va yorqinligi, 
    u namoyon bo‘ladigan fon, binoning yoritilganligi, datchikning 
    oMchamlari va shakli, datchikka beriladigan kuchlanish, javob 
    qaytarish usuli (bosish yoki uzish).
    Musobaqa sharoitlarida reaksiya vaqtini o‘lchash usuli start 
    paytidagi vaziyat yoki musobaqa mashqlarining elementlarini 
    bajarish shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, start 
    maydonchalarida (suzish havzasining start tumbalarida va shu 
    singarilarda) ishga tushishining ruxsat etiladigan xatoligi 1 - 
    millisoniyadan ortmaydigan kontakt datchiklari joylashtiriladi.
    133


    Start pistoleti, datchiklar va vaqtni oichaydigan qurilma 
    (VO‘Q) bir-biri bilan o ‘zaro shunday ulangan-ki, pistolet otilishi 
    bilanoq VO‘Qni ishga tushiradi, kontaktning ulanishi (yoki 
    uzilishi) vaqtni hisoblashni boshlaydi (yoki to‘xtatadi).
    Murakkab reaksiya signalning turi va uning ta’siriga bo‘ ladigan 
    javob usuli noaniqligi bilan xarakterlanadi (bunday reaksiyalar 
    asosan sportchining javob harakatlari yaxlitligicha raqibning 
    harakatlari bilan aniqlanadigan o‘yinlar va yakkakurash sport 
    turlariga xos). 
    Musobaqa sharoitlarida bunday reaksiyaning 
    vaqtini qayd etish juda qiyin.
    Laboratoriya sharoitlarida tanlov reaksiya vaqti, odatda, 
    quyidagicha oichanadi: sportchiga o‘yin yoki jangovar vaziyatli 
    slaydlar namoyish etiladi. Ekspozitsiyaning davomliligi yoki 
    ekspozitsiyalar orasidagi vaqt intervallari standartga mos bo‘lishi 
    kerak.
    Vaziyatni baholagan sportchi kerakli qarorni qabul qiladi va 
    pultdagi ma’lum bir tugmachani bosadi (har bir tugmachaga 
    mazkur vaziyatda aniq va maqsadga yo‘naltirilgan taktikaviy 
    yechim mos keladi: masalan, birinchi tugmachani bosish o ‘ng 
    tomonga koptokni oshirishni anglatadi, ikkinchi tugmachani 
    bosish koptokni savatga tomon yo'naltirishni anglatadi, uchinchi 
    tugmachani bosish esa koptok bilan haraktni anglatadi va hokazo).
    Slayd ekspozitsiyalarining boshlanishini vaqt intervalli 
    qurilma (VIQ) ishga tushiradi.
    Bunday testlaming natijalari quyidagilar boiadi:
    1) reaksiya vaqti;
    2) qabul qilingan qaroming aniqligi (bu holda aniqlik etaloni 
    sifatida ekspertlarning mazkur vaziyatda qanday harakatlanish 
    kerakligi to‘g ‘risida o ‘zaro kelishilgan fikri qabul qilinadi).
    Ta’sirga reaksiya qilish (reagirovanie) ning quyidagi to‘rtta 
    varianti b o iish i mumkin:
    1) tez va aniq;
    2) tez va noaniq;
    134


    3) sekin va aniq;
    4) sekin va noaniq.
    Reaksiya vaqtini va qaromi qabul qilish aniqligini birdaniga 
    aniqlashda mazmuniga ko‘ra turlicha, biroq murakkabligi 
    bo‘yicha o‘zaro teng bo‘lgan vaziyatlar talab qilinadi.
    Harakatdagi obyektga nisbatan reaksiya vaqtini 
    0
    ‘lchash 
    quyidagicha amalga oshiriladi: 
    sportchi ko‘rish maydonida 
    ma’lum harakat bilan javob harakati (reagirovat) qiladigan 
    obyekt (bu raqib, koptok, shayba, ekrandagi nuqta va shu 
    singarilar bo‘lishi mumkin) paydo bo‘ladi. Bunday reaksiyaning 
    davomliligi 0 ,3 -0 ,8 soniyani tashkil etadi. Raqib yoki koptokning 
    harakatini oldindan sezadigan tajribali sportchilarda (masalan, 
    darvozabonlarda) harakatdagi obyektga nisbatan reaksiyasi ancha 
    qisqa bo‘ladi.
    Hamma turdagi reaksiyalaming davomliligi ko‘p omillarga 
    (sport turi, sportchining yoshi, kvalifikatsiyasi va reaksiya 
    vaqtini o ‘lchash paytidagi holatiga, signalga javob reaksiyasi -
    harakatining murakkabligi va qay darajada o ‘zlashtirilganligi, 
    signalning turi va shu kabilarga) bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat 
    bilan reaksiya vaqtining variativligi tezlik sifatlari (individlar 
    ichida ham, individuallar orasida ham) ko‘rsatkichi sifatida ancha 
    ahamiyatli bo‘ladi.
    Reaksiya vaqtining ko‘p omillar orqali shartliligi uning 
    ishonchliligi (stabilligi) darajasiga ta’sir etadi. 
    Hattoki 
    takroriy o‘lchashlar juda ko‘p marta bajarilganda ham reaksiya 
    vaqtining stabilligi, odatda, uncha katta boim aydi: 3-5 marta 
    takrorlanganda qayta tiklanish takrorlanuvchanlik koeffitsiyenti
    0,40 dan ortmaydi; 7-11 marta takrorlanganda esa - 0,60-0,70 
    oralig‘ida; 
    19-25 marta takrorlanganda - 0,75-0,85 oralig‘ida 
    bo‘ladi.
    Natijasi reaksiya vaqtining stabilligi bilan ahamiyatli darajada 
    bog‘liq bo‘lgan sport turlari bundan mustasno hisoblanadi.
    Reaksiya vaqtining informativligi quyidagi ikki usul bilan 
    aniqlanadi.
    135


    B irinchi usulda musobaqa natij asini aniqlaydigan mashqlaming 
    strukturasi va omillaming mantiqiy tahlili asosida reaksiya vaqti 
    testlari informativligining taqribiy miqdori belgilanadi.
    Kuch sifatlari nazorati uchun tey p in g -te st deb ataladigan 
    bilakni harakatlantirish chastotasi, maksimal tezlikka erishish 
    vaqti singari testlar past informativ va, demak, nazorat uchun 
    yaroqsiz hisoblanadi.
    Tezkorlik testlarining informativligi universallik xarakteriga 
    ega emas; uning qiymati turli kvalifikatsion guruhlardagi 
    sportchilar uchun sezilarli darajada farq qiladi. 8.2-jadvalda 
    buni tasdiqlovchi ma’lumotlar keltirilgan. Yangi sportchilarda 
    ixtiyoriy bir ko‘rsatkich o‘rtacha yoki yuqori informativlik bilan 
    xarakterlanadi, shu bilan birga kvalifikatsiyaga ega boigan 
    sportchilarda bunday ko‘rsatkichlar faqatgina ikkita - Um^ 
    va 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish