Egiluvchanlik nazorati va oMchash usullari




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

8.3. Egiluvchanlik nazorati va oMchash usullari
Harakatni 
katta 
amplituda 
bilan 
bajarish 
qobiliyati 
egiluvchanlik deyiladi.Demak, ushbu harakatlanish sifatining 
rivojlanganlik darajasini baholash uchun harakat amplitudasini 
oMchash kerak.
Buni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin::
1
) mexanik (goniometrik) usul,
2
) mexanoelektrik (elektrogoniometrik) usul,
3) optik usul,
4) rentgenografik usul.
Birinchi holda egiluvchanlik mexanik goniometr - uglomer 
yordamida oMchanadi. Uning oyoqchalaridan biriga transportir 
mahkamlangan boMadi. Goniometr oyoqchalari payni tashkil 
qiladigan segmentlaming bo‘ylama o‘qiga mahkamlanadi.
128


Harakatni (egilish, tiklanish, aylanish va shu singarilar) amalga 
oshirganda segmentlar o ‘qlari orasidagi burchak o ‘zgaradi va 
goniometr o‘zgarishni qayd etadi.
Agar transportirni potensiometrik datchik bilan almashtirilsa, 
u holda elektrogoniometr hosil bo‘ladi. Uning yordamida amalga 
oshirilgan o‘lchashlar egiluvchanlikning grafik tasvirini (harakat 
goniogrammasi ko‘rinishida) beradi. 
Nazoratning ushbu usuli 
ancha aniq; bundan tashqari u harakatning turli fazalarida pay 
burchaklari o‘zgarishini kuzatib borish imkoniyatini beradi.
Egiluvchanlikni o‘lchashning optik usullari foto-, kino- va 
videoqayd etish qurilmalarini qo‘llashga asoslangan. Sportchi 
gavdasining pay nuqtalarida datchik-markerlar mahkamlanadi
harakat amplitudasining turli nuqtalarida ulaming o‘zaro 
joylashishining o‘zgarishi qayd etuvchi qurilmalar yordamida 
qayd etiladi. Fotosuratlar yoki fotoplyonkalarga bundan keyingi 
ishlov berish egiluvchanlikning rivojlanganlik darajasini aniqlash 
imkonini beradi.
Rentgenografik usul pay tuzilishining rentgenologik tahlili 
asosida hisoblanadigan harakat amplitudasining mumkin bo‘lgan 
nazariy qiymatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Egiluvchanlik quyidagi birliklarda ifodalanadi:
1
) burchak graduslarida,
2
) chiziqli o‘lchamlarda.
Ikkinchi holda test (masalan, tayoq bilan aylanish) 
bajarayotganda 
sportchining 
katta 
barmoqlari 
orasidagi 
eng kichik masofa (sm larda) uning mazkur mashqdagi 
harakatlanuvchanligini xarakterlaydi. Egiluvchanlikning chiziqli 
ko‘rsatkichlaridan foydalanganda o‘lchash natijalariga turli 
insonlarda bir xil bo‘lmagan gavda o‘lchamlarini (qo‘l yoki 
oyoq uzunligi va hokazolami) hisobga olgan holda tuzatmalar 
kiritish kerak.
Faol va passiv egiluvchanlik bir-biridan farqlanadi. 
Faol 
egiluvchanlik mushaklar faolligi hisobiga organizmning katta 
amplituda bilan harakatlami bajarish qobiliyatini xarakterlaydi.
129


Passiv egiluvchanlik tashqi kuch hisobiga erishilishi mumkin 
bo‘lgan eng katta amplituda bilan aniqlanadi (8.2.-rasm). Mazkur 
kuchning qiymati barcha o'lchashlar uchun bir xil bo‘lishi kerak; 
faqat shu holdagina passiv egiluvchanlikning obyektiv bahosini 
olish mumkin.

Download 4,09 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Egiluvchanlik nazorati va oMchash usullari

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish