VIII
BOB.SPORTCHILAR JISMONIY
TAYYORGARLIGINING METROLOGIK ASOSLARI
8.1. Nazoratning umumiy talablari
Jismoniy tayyorgarlikning nazorati sportchini tezlik, kuch,
chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, muvozanatni saqlash va
shu kabi sifatlarining rivojlanish darajasini o‘lchashni o‘z ichiga
oladi. Jismoniy tayyorgarlikni nazorat qilish uchun o‘tkaziladigan
testlar quyidagi uch asosiy variantlarga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin :
1
) keng doiradagi turli-tuman testlarni qo ‘ llagan holda j ismoniy
tayyorgarlikni kompleks baholash (masalan, «Alpomish» va
«Barchinoy» komplekslari yutuqlari va natijalarini o‘lchash);
2
) qandaydir bitta sifatning rivojlanish darajasini baholash
(masalan, yuguruvchi yengil atletikachilaming chidamkorligini
baholash);
3) harakatlanish sifatlari namoyon bo‘lish shakllaridan birini
rivojlanish darajasini baholash
(masalan, yuguruvchi yengil
atletikachilaming tezlikka chidamkorlik darajasini baholash ).
Yuqori kvalifikatsiyali velosipedchilar uch kun davomida
turli sharoitlarda topshirgan test natijalarini (
8
.
1
-jadval) qarab
chiqamiz.