0 ‘yinlar va yakkakurash sport turlarida bevosita o‘lchanadigan
kattalikning o‘zi yo‘q.
Shuning uchun, ularda bosqichli nazorat
testlari aniq bir sportchi natijalarini, sportchilar guruhi uchun
aniqlangan o‘rtacha ma’lumotlar bilan taqqoslash asosida
tanlanadi. Masalan: bokschining
maxsus reaksiya vaqtining
qiymati va futbolchilaming 15 metr masofaga startdan va
yurishdan yugurishga o ‘tish vaqtining qiymati yuqori malakali
sportchilarda eng kichik bo‘ladi. Shuning uchun, bu qiymatlardan
boks va futbolning bosqichli nazoratida mezon sifatida foydalanish
mumkin.
Bosqichli nazorat testlari aniq bir sportchining turli vaqtlarda
ko‘rsatgan natijalarini o‘zaro taqqoslash asosida ham tanlanishi
mumkin. Masalan: agar sportchining 100 metrga yugurish
natijasi kamaygan va bir vaqtning o ‘zida
Fmay ning yutuq vaqti
ham kamaygan bo‘lsa, u holda, oxirgi natija bosqichli nazorat
uchun test sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu holda, sportchining
holatini baholashda qiyosiy m e’yorlardan emas, balki individual
me’yorlardan foydalanish zarur.
Bosqichli nazorat testlarining ishonchliligi individlar ichidagi
va individlararo o‘zgaruvchanlik nisbati bilan aniqlanadi. Agar
ko‘pchilik sportchilaming testdagi natijalarining individlararo
farqi katta bo‘lsa (masalan, sportchilaming birini kuchi 1000
N, ikkinchisi - 2500 N), bir sportchining
qayta urinishlaridagi
o‘lchash seriyalari natijalari orasidagi farqlar kichik bo‘lsa
(masalan, birinchi urinish natijasi - 1000 N, ikkinchisida - 1030
N, uchinchisida - 980 N), u holda, ushbu testning ishonchliligi
(qaytaruvchanligi) katta bo‘ladi. Agar, individlar orasidagi farq
katta bo‘lmasa, individlararo farq esa sezilarli darajada katta
bo‘lsa, u holda, bunday testni bosqichli nazorat uchun qo‘llash
yaramaydi.
Bosqichli nazorat trenirovka jarayonining m a’lum bosqichini
boshlanishi va yakunidagi musobaqa
mashqlari va testlardagi
yutuqlami qayd etishni ko‘zda tutadi. Bunday bosqichning
davomliligi 2-5 kichik sikllardan (20-40 kun) bir yilgacha
149
oraliqda boMishi mumkin. Nazorat natijalarining tahlili, bir
tomondan,
musobaqa mashqlari va testlardagi yutuqlaming
o ‘sishlari orasidagi bog‘lanishni
baholash asosida, ikkinchi
tomondan, bosqichdagi xususiy yuklama hajmlarini baholash
asosida amalga oshiriladi. Buning uchun, maxsus va nomaxsus
yuklamalaming hamda turli yo‘nalishlardagi yuklamalaming
xususiy hajmlari kumulativ trenirovka samarasi ko‘rsatkichlari
bilan taqqoslanadi. Shuni ta’kidlash lozimki,
bu ish yoki oddiy
grafik yordamida yoki ko‘po‘lchamli statistik tahlil usullari
yordamida bajariladi. Taqqoslash jarayonida qo‘llanishida sport
natijalarini, ishlash qobiliyatini va shu kabilaming ortishiga
olib keladigan yuklamalar sohalari va (mos ravishda) mashqlar
sohalari topiladi.
Bosqichli
nazoratni tashkil etishda, tayyorgarlikning barcha
bosqichlarida sportchining holatidagi o‘zgarishlami baholash
oson bo‘lishi uchun bir xil testlardan foydalanish zarur. Masalan:
harakat maksimal tezlik bilan bajariladigan (sprint yugurishi,
nayza uloqtirish, irg‘ itish va shu kabilar)
sport turlarida jarohat
olish xavfi sababli sportchilar yil davomida ko‘pgina nazorat
mashqlarini maksimal tezliklarda bajara olmaydilar. Bunday
hollarda turli davrlardagi bosqichli nazoratning mazmuni
o‘zgartiriladi. Testlar shunday tanlanadi-ki,
tayyorgarlikning
ushbu bosqichidagi asosiy masala qanchalik muvaffaqiyatli hal
etilganligini baholash imkoni bo‘lsin. Masalan: agar kuch sifatlari
darajasini oshirish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda, kuchni
rivojlantirish xarakteridagi testlar qo‘llanadi va hokazo.