Nazorat uchun savollar




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/110
Sana03.12.2023
Hajmi4,09 Mb.
#110476
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
Bog'liq
Sport metrologiyasi Musayev B. B.

143


Nazorat uchun savollar
1. Jismoniy tayyorgarlik nazoratini baholash nima maqsadda 
o‘tkaziladi?
2. Kuch sifatlarining nazorati qanday maqsadlarda amalga 
oshiriladi?
3. Kuch sifatlarini o ‘lchash usullarini tushuntirib bering.
4. Egiluvchanlik nazoratidan maqsad nima?
5. Egiluvchanlik 
nazoratidagi o‘lchash usullari haqida 
ma’lumot bering.
6. Tezlik qobiliyatining nazoratini tushuntirib bering.
7. Sport bellashuv faoliyatining ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda 
chidamkorlikni baholash uchun qanday testlar qo'llanilmoqda?
8. Nazoratni tashkil qilish va tezlikni baholash uchun 
ko‘rsatkichlar tanlashda qanday umumiy holatlami hisobga olish 
kerak?
144


IX bob. BOSQICHLI, JORIY VA TEZKOR NAZORAT
9.1. Sportchi holati va nazorat turlari
0 ‘quv-mashq jarayonini boshqarish uch bosqichdan tashkil 
topgan:
1. MaTumotlami to‘plash;
2. To‘plangan ma’lumotlami tahlil qilish;
3. Zarur qarorlar qabul qilish (rejalashtirish).
Odatda, m a’lumotlami to‘p!ash, quyida keltirilgan obyektlar 
ustidan o‘tkaziladigan majmuaviy nazorat paytida amalga 
oshiriladi:
1) musobaqa faoliyati;
2) trenirovka yuklamalari;
3) sportchining ahvoli.
Bir holatdan ikkinchi holatga o ‘tish uchun zarur bo‘lgan vaqt 
oralig‘ining kattaligiga bog‘liq holda sportchi holati quyidagi uch 
turga bo‘linadi:
1. Bosqichli holat (yoki permanent - lotincha permanent 
so‘zidan olingan bo‘lib, doimiy, uzoq davom etadigan m a’nosini 
anglatadi), ya’ni ancha uzoq - bir necha hafta yoki oylar 
davom etadigan holat. Sportchining sportdagi yutuqlarini 
namoyon qilish imkoniyatlarini ifodalaydigan bosqichli (yoki 
permanent) holatining majmuaviy tavsifi - uning tayyorgarligi 
deb, sportchining (mazkur trenirovka sikli uchun) optimal 
tayyorgarligi esa - sport formasi deb aytiladi. Bir yoki bir necha 
kun davomida yuqori sport formasiga erishish yoki uni yo‘qotish 
mumkin emasligi tabiiy holdir.
2. Bir yoki bir nechta mashg‘ulot ta’siri natijasida o‘zgaradigan 
joriy holat. K o‘p hollarda, musobaqalarda ishtirok etishning yoki 
trenirovka mashg‘ulotlaridan birida bajarilgan ishning asorati bir
145


necha kun davom etishi mumkin. Bunday holatda sportchi, odatda, 
o‘ziga ushbu holatni salbiy hodisa (masalan, mushaklaming 
og‘rishi) deb ham, ijobiy hodisa (masalan, yuqori ishlash 
qobiliyati ahvoli) deb ham belgilaydi. Bunday o ‘zgarishlami 
to‘xtatilgan trenirovka samarasi deb aytiladi.
Sportchining joriy holati yaqin istiqboldagi trenirovka 
mashg‘ ulotlari xarakterini va ushbu trenirovka mashg1 ulotlaridagi 
yuklama miqdorini belgilaydi. Musobaqa mashqlari yaqinlashgan 
kunlarda maksimal natijaga yaqin bo‘lgan natija ko‘rsatishga 
tayyorgarligini tavsiflaydigan joriy holatning xususiy holi joriy 

Download 4,09 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish