• 4. Mashg‘ulot tarkibi 4.1. Nazariy qism
  • Fanlararo va fanichi aloqa




    Download 0,9 Mb.
    bet24/36
    Sana19.05.2021
    Hajmi0,9 Mb.
    #14550
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
    3. Fanlararo va fanichi aloqa
    Ushbu temani talabalarga o‘qitish talabalarning anatomiya, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, klinik farmakologiyadan bilimlariga asoslanadi. mashg‘ulotdan olingna bilimlar UASh o‘tilganda va boshqa klinik fanlar o‘tganda foydalaniladi.
    4. Mashg‘ulot tarkibi

    4.1. Nazariy qism

    Bemorlarni o‘qitish temasini muxokamasida shu narsani talabalar o‘rganishi lozimki, bemorlar o‘z kasalliklariga nisbatan o‘zlari ma’suliyatni xi qilishlari lozim, va bemorlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish lozim, chekishni tashlashga yordam berish, sport bilan shug‘ullanishga boshlashga rag‘batlantirish va ratsional ovqatlanish.

    UASh sanitar oqartuv ishlarini xar bir bemorni ko‘rganda olib borishi mumkin. o‘z o‘zidan ma’lumki konsultatsiya bu bemor istagiga ko‘ra, sanitar oqartuv ishlari esa vrach istagiga ko‘ra amalga oshiriladi.

    Konsultatsiya vaqtida vrach taktikasi aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin buni vaziyatga qarab vrach u yoki bu taktikani qo‘llashi mumkin. passiv taktika bemorda kasallikka oid shikoyatlar bo‘lganda amalga oshiriladi. faqatgina passiv taktikada qolish vrach uchun bemorni o‘qitish imkoniyatidan maxrum qiladi.

    Aktiv taktika bemorni olib borish jarayonida vrach intilishiga muvofiq amalga oshadi, bunda vrach xar bir ko‘rikka kelgan bemorni xavf omillarini aniqlashi, ushbu kasallik xaqida bemorga to‘liq ma’lumot berishi, sog‘lom turmush tarzi xaqida sanitar oqartuv ishlarini olib borishi lozim.

    Aktiv taktikaga kiradi:

    bemorni bevosita kuzatuvi, masalan GKda AQBni tez tez o‘lchab turish, qonda qand miqdorini o‘lchash, pixoterapiya o‘tkazish

    Bemor ixtisoslashtirilgan yordamga muxtoj bo‘lganda to‘g‘ri yo‘naltira olish.

    bemorni o‘z salomatligiga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, masalan vrachga murojaat qilmaslik yoki juda ko‘p murojaat qilish.
    sanitar oqartuv ishlarini olib borish uchun zarur:

    - vrachni zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi,

    - adabiyotlar va ko‘rsatma materiallari ,

    - xavf guruxiga mansub bemorlarni konsultatsiyaga aktiv taklif qilish,

    - ovqatlanish, tana massasini kamaytirish, sport bilan shug‘ullanishga oid maslaxatlar berish,

    - emotsional zo‘riqish bilan kurashish.




    Download 0,9 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




    Download 0,9 Mb.