0 ‘rganish tarixi. Antarktida boshqa materiklarga nisbatan eng keyin
kashf etilgan. Bunga sabab dengiz suvlarining uzoq muddat muzlashi,
aysberglarning ko‘pligi, boshqa materiklardan uzoqligidir.
Antarktidani 1820-yilning 16-yanvar kuni rossiyalik dengizchilar
F. Bellinsgauzen va M. Lazarevlar kashf etishdi. Norvegiyalik R. Amundsen
1911- yilning 14- dekabr kuni birinchi bo‘lib, undan bir oycha keyin
ingliz R. Skott ikkinchi boiib qutbga bordi. Hozir Janubiy qutbda Amundsen—
Skott nomi bilan ataladigan ilmiy stansiya (AQSH) ishlab turibdi.
Antarktidani keng ko‘lamda mukammal o‘rganish Xalqaro geofizik
yil dasturini joriy qilish (1957—1959) munosabati bilan boshlandi.
1959- yilda 11 ta mamlakat o4rtasida „Antarktida to‘g‘risida shartnoma“
qabul qilindi. Unga ko‘ra, materikdan faqat ilmiy va turistik maqsadlarda
foydalanishga kelishib olindi. Ayni paytda 16 mamlakat olimlari materik
tabiatini, qirg‘oq chizig‘ini, geologik tuzilishini, muz tagi relyefini,
iqlimini, organik dunyosini, materik tabiatining odam organizmiga
ta’sirini o ‘rganishmoqda.