§ 2. Tovar-moddiy qimmatliklarni olishga ishonchnomalar berish




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/38
Sana21.05.2024
Hajmi415,18 Kb.
#247060
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
Tasdiqlash haqida

§ 2. Tovar-moddiy qimmatliklarni olishga ishonchnomalar berish
97. Tovar-moddiy qimmatliklarni olishga ishonchnomalar bankning ixtiyoriga ko‘ra mazkur
Yo‘riqnomaning 
5-ilovasiga
 muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Ishonchnomalar bank rahbari (yoki o‘rinbosari) hamda bosh buxgalter imzolari va bank muhri
bilan tasdiqlanadi.
98. Ishonchnomani berish “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish daftari”da ro‘yxatga
olinadi.
Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish daftari sahifalari raqamlanadi va ip o‘tkazib tikiladi.
Daftarning muqovasida o‘tkazilgan iplar uchi ustidan alohida qog‘ozda bankning rahbari va bosh


buxgalteri tomonidan “Mazkur daftarda ... varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi, yelimlanadi
va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish daftari ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda saqlanishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.
99. Ishonchnomaning amal qilish muddati u asosida ishonchnoma berilgan shartnomalar va
boshqa bitimlar bo‘yicha tegishli qimmatliklarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bog‘liq
ravishda belgilanadi, biroq u 10 ish kuni muddatidan oshmasligi kerak.
Keyingi
 tahrirga qarang.
100. Ishonchli shaxs qimmatliklarni olgandan so‘ng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-
moddiy qimmatliklar omborga (omborxonaga) topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni korxona
buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etishi shart.
Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada
bankka qaytarilishi kerak.
Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi to‘g‘risida Berilgan ishonchnomalarni
hisobga olish daftarida (“Ishonchnoma bo‘yicha topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risidagi qaydlar”
ustunida) qayd etiladi. Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar “foydalanilmagan” yozuvi
bilan so‘ndiriladi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar bo‘lgan shaxs tomonidan hisobot yili
oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli
dalolatnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Amal qilish muddati tugagan
ishonchnomalardan foydalanish xususida hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar
berilmaydi va muddati o‘tgan ishonchnomani qaytarib berilmaganligi sababi o‘rganiladi.
Suiiste’mol holati aniqlanganda qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘rilishi shart.
Keyingi
 tahrirga qarang.
101. Ishonchnomalar tovar-moddiy qimmatliklarning dastlabki berilishida mol yetkazib
beruvchida qoldiriladi.
Tovar-moddiy qimmatliklar berib bo‘lingandan keyin ishonchnoma ishonchnomalar bo‘yicha
topshirilayotgan qimmatliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga
topshiriladi.

Download 415,18 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ 2. Tovar-moddiy qimmatliklarni olishga ishonchnomalar berish

Download 415,18 Kb.
Pdf ko'rish